17.18-Amaliy mashg’ulot
Maydalash qurilmalari va uskunalari
Maydalash jihozlari shartli ravishda ikki guruhga bo’linadi:
- materiallarni yirik, o’rtacha va mayda bo’laklarga ajratuvchi yanchish
mashinalari;
- materiallarni yupqa va o’ta yupqa maydalaydigan tegirmonlar.
Ishchi sikliga ko’ra ochiq va chegaralangan sikllarda ishlovchi mashinalar
mavjud.
Ochiq siklda ishlovchi mashinalarda material bir marotaba maydalanadi.
Chegaralangan siklda ishlovchi mashinalarda esa yanchilgan aralashma
tarkibidan materialning katta bo’laklari ajratib olinadi va ikkinchi marotaba
maydalash uchun mashinaga qaytariladi.
Valikli yanchish mashinalarida (1-rasm) material bir-biriga qarama-qarshi
yo’nalishda aylanuvchi valiklar orasida o’rtacha, mayda va yupqa yanchish turlarini
tavsiflovchi o’lchamlargacha yanchiladi (eziladi).
Valikli yanchish mashinalarining ko’plab turlari bug’doy donidan un
tayyorlash, o’stirilgan arpa doni solodini archish va yanchish, kunjarani
yaproqsimon shaklda ezish kabi texnologik maqsadlarda keng qo’llaniladi.
1- rasm. Valikli maydalash mashinasi: 1- korpus; 2-
prujina; 3- qo’zg’aluvchi valik; 4- bunker; 5-
qo’zg’almas valik.
Valiklarning diametri va aylanish tezliklari bir xil (n1=n2, d1=d2) yoki
aksincha, har xil (n1≠n2, d1 ≠d2) bo’lishi mumkin.
Valiklar cho’yandan quyiladi, so’ngra ularning yuzasi bo’ylab ishqalanishga
chidamli po’lat qoplama qoplanadi. Valiklar yuzasi silliq, taram-taram kanalli yoki
tishli bo’lishi mumkin. Valiklar soni bittadan sakkiztagacha, ularning chiziqli
tezliklari esa υ=2ч4,5 m/s gacha (max 7 m/s) bo’ladi.
Valikli mashinalarda mo’rt materiallarning maydalanish darajasi i=10ч15,
qattiq materiallar uchun esa i<(3x4) oraliqlarda bo’ladi. Valiklar diametri
D>(20ч25) do’rt chegaralarda, mahsulotni ushlanib qolish burchagi esa α<30
o
bo’ladi. SHu bilan birga, loyihalash jarayonlarida ushbu burchak qiymatini quyidagi
ifodadan aniqlash tavsiya etilgan
tg α/2 = f ,
bu yerda f- tashqi ishqalanish koeffitsienti, don mahsulotlari uchun
f=0.28……0.37.
Valiklarning aylanish tezligi (min-1) quyidagicha hisoblanishi mumkin
n = 616√f/(ρd1D)
yoki
ω = πDn/60 m/sek ,
bu yerda d1- maydalanayotgan materialning dastlabki o’lchami, m.
Agar D1=D2=D va n1=n2=n bo’lsa, u holda valikli mashinaning ish
unumdorligi (kg/soat)
Q = 60πδnDLρµ ,
bu yerda δ- valiklar orasidagi tirqishni kengligi, m; L va D- valikning uzunligi
va diametri, m; n- valikning aylanish tezligi, min-1; µ= 0,2….0,3.
Agar valiklar tezligi turlicha (n1≠n2) bo’lsa
Q = 3600δLvm ρµ ,
bu yerda υm-mahsulotning valiklar orasidan o’tish tezligi, υm= (υ1+υ2)/2;
υ1- tez aylanuvchi (etaklovchi) valikning tezligi; υ2- sekin aylanuvchi (ergashuvchi)
valik tezligi.
Maydalash mashinasining validagi quvvat (kVt) qiymati
N = (DLn/35300)(d1/2 + D2/24000).
Ushbu tenglamadagi barcha geometrik o’lchamlar birligi santimetrlarda
olinadi.
Bolg’ali yanchish mashinasining (2-rasm) asosiy ishchi organi plastinka
shaklidagi po’lat bolg’achalardan 2 iborat bo’ladi. Bolg’achalar disklarga 3
o’tkazilgan o’qlarga erkin holatda osiladi. Bunday mashinalarda materialga
beriladigan oniy zarba markazdan qochma kuchlar ta’sirida amalga oshiriladi.
Mashinaning ishchi organlari o’ta tez harakatlanishi (υ=30ч55 m/sek) sababli
materialga bolg’achalar vositasida zarba berish vaqti o’ta qisqa bo’ladi. Mahsulotni
maydalanish darajasi i=10…..15. Bolg’achalar zarbasi ostida material mashina
korpusiga qoplangan zixrli plitaga 5 urilib, elakka 6 ishqalanishi tufayli
maydalanadi. Turli diametrli elaklarni almashlab joylashtirish yo’li bilan
mashinadan chiqayotgan yanchilma o’lchamlari (yoki i qiymati) tanlanadi.
Bolg’ali yanchish mashinasining ish unumdorligi (tn/soat):
Q = 3600 kD2Ln2/(i-1)
bu yerda D va L-rotorning diametri va uzunligi, m; n- rotorning aylanishlari
soni, min-1, k=4ч6.2- empirik koeffitsient.
Jihoz elektrodvigatelining quvvati (kVt) quyidagi empirik tenglamadan
topiladi
N = 0,15Qi .
Bolg’ali yanchish mashinalari suyaklarni maydalash, omuxta yem va don
yormasi tayyorlash kabi jarayonlarda keng qo’llaniladi.
Sharli tegirmonlar (3-rasm) o’z o’qi atrofida aylanuvchi gorizontal baraban
shaklida tayyorlanadi. Bunday mashinalar mahsulotni kukunsimon shaklda
maydalash uchun foydalaniladi.
2-rasm. Bolg’ali yanchish mashinasi sxemasi: 1- korpus; 2- bolg’a; 3- disk; 4- val;
5- zixrli plita; 6- kolosnikli panjara (elak).
3-rasm.Sharli tegirmon sxemasi. 1- barabansimon korpus; 2- zixrlangan
qoplama; 3- tuynik; 4-etaklanuvchi tishli g’ildirak; 5- panjara; 6, 9- qopqoqlаr; 7-
trubаsimon sаpfа; 8- yo’nаltiruvchi кonus; 10- mеtаll shаrlаr.
Baraban hajmi diametri 35…..175 mm bo’lgan metall yoki farfor sharlar bilan
30…35% gacha to’ldiriladi. Baraban ichiga xom-ashyo va sharlar bir paytning
o’zida yuklanadi. Aylanayotgan barabanda material va sharlar ma’lum balandlikka
ko’tarilgach, o’z og’irliklari tasirida pastga, materialning asosiy qatlamiga qulaydi.
Maydalanayotgan material sharlarning doimiy zarbasi ostida bo’ladi va o’zaro
to’qnashayotgan sharlar orasida ishqalanib eziladi.
Barabanning kritik nkr va ishchi nish aylanishlari soni (min-1) quyidagi
empirik tenglamalar yordamida aniqlanadi:
nkr= 42.4 D ; nish = 0,75πkr= 32/ D .
Sharli tegirmon elektrodvigatelining quvvati (kVt) esa quyidagi ifoda asosida
hisoblanadi:
N = 6,1Msh D ,
bu yerda Msh- sharlarning umumiy massasi, tn.; D- baraban diametri, m.