“Fizika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun Xayrullayev Sardor Shayxiddin o’g’li Qattiq sorbentlarning klassifikasiy va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish mavzusidagi


II BOB. ADSORBENTNING ELEKTR XOSSALARI



Download 129,92 Kb.
bet7/22
Sana23.04.2022
Hajmi129,92 Kb.
#578003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Qattiq sorbentlarning klassifikasiy va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish

II BOB. ADSORBENTNING ELEKTR XOSSALARI.
2.1 Qo’sh elektr qavat haqida tushuncha.
Fazalararo sirtda sodir bo’ladigan elektr hodisalarni (xuddi adsorbtsiyadagi singari) ortiqcha sirt energiyasining mavjudlik oqibati fazalar orasidagi o’zaro ta’sirlarning samarasi deb qarash mumkin. Gemerogen sistema o’zining sirt energiyasini kamaytirishga intilishi natijasida sirt qavatdagi qutbli molekula, ion va elektronlarning harakati ma’lum yo’nalishda o’zgaradi, masalan, ionlar ximiyaviy potensiali kichik bo’lgan fazaga o’tadi; oqibatda bir-biriga tegib turgan fazalar chegarasida kattalik jihatidan o’zaro teng, lekin qarama-qarshi ishorali zaryadlar hosil bo’ladi. Shuning uchun o’zining potensialiga, zaryadiga va boshqa xossalariga ega bo’lgan qo’sh elektr qavat vujudga keladi va muvozanat holat qaror topad (chunki hosil bo’lgan potensial ionlarning bir fazodan ikkinchi fazoga o’tishiga qarshilik ko’rsatadi). Fazolararo elektr hodisalar dispers sistemalarning stabillanish, koagullanish, elektrokapilyar va elektrokinetik hamda ion almashishning xossalarini tushunish uchun ahamiyatga ega bo’lganidan bu prosesslarning umumiy nazariyasi kalloid ximiya kursida mufassal bayon etiladi, ular ilm fanning boshqa sohalarida (masalan, elektrod jarayonlar nazariyasida, katalitik jarayonlar va biologiya sohalarida) ham katta ahamiyatga ega.
Qo’sh elektr qavatning hosil bo’lishi haqida 3 xil mexanizm taklif qilingan. Ulardan birinchisi ion yoki elektron tarzidagi zaryadning bir fazadan ikkinchi fazaga o’tishidan iborat. Masalan, gaz faza bilan chegaralanib turgan metall o’z ionlarini gaz fazaga bera oladi. Bu jarayon vaqtida bajarilgan ishning kattaligi metalldan elektronni chiqarib yuborish uchun kerakli ish qiymati bilan o’lchanadi. Metalldan elektronning chiqib ketishi intensivligi temperatura ortgan sari orta boradi; bu hodisa fizika kursida termoelektron emissiya deb ataladi. Uning oqibatida metall musbat zaryadga, gaz faza manfiy zaryadga ega bo’lib qoladi.
Chegara sirtda hosil bo’lgan elektr potensial elektronlarning metalldan yanada chiqib ketishiga qarshilik ko’rsatadi va sistemada muvozanat qaror topadi. Gaz fazada metall sirtidagi musbat zaryadga teng manfiy zaryad paydo bo’ladi; binobarin, qo’sh elektr qavat hosil bo’ladi. Bir xil zaryadli ionning bir fazadan ikkinchi fazaga ko’proq o’tishi natijasida qo’sh elektr qavat hosil bo’lishi uchun suvda kam eriydigan kumush yodid cho’kmasi bilan suv orasidagi sirt, qavat misol bo’la oladi. Kumush ionlari yod ionlariga qaraganda ko’proq gidratlanishi tufayli kumush ionlari suv fazaga nisbattan ko’proq o’tadi. Shuning uchun kumush yodid sirtiga manfiy zaryadli yod ionlari ko’proq adsorblanib qoladi. Ana shu manfiy ionlar chegara qavatda musbat zaryadli kumush ionlarini o’ziga tortib neytrallanib turadi. Endi suvga kumush neytral (ya’ni suvga yaxshi eriydigan kumush tuzi) qo’shsak, kumush ionlarining elektroximiyaviy potensiali ortib ketadi. Shuning natijasida kumush yodid sirtidan yod ionlar eritmaga ko’proq o’ta boshlaydi.
Cho’kma sirti musbar zaryadli bo’lib qoladi, yod ionlar esa qarshi ionlar vazifasini o’tay boshlaydi: ba’zan bu hodisa avtoadsorbtsiya deyiladi, chunki bunday chegara sirtga o’sha sirt moddasi tarkibidagi element ioni ko’proq adsorbtsiyalanadi. Bunga asoslanib Fayans va Panet chegara sirt zaryadini aniqlash uchun quyidagi qoidani ta’riflaydilar: biror eritmaga biror faza tushirilsa, eritmadan o’sha faza moddasi tarkibiga kirgan element ionlari birinchi navbatda adsorbilanadi.
Binobarin, eritmaga tushirilgan faza chegarasining zaryadi o’sha ionlarning zaryadi ishorasi bilan bir xil bo’lib qoladi. Qo’sh elektr qavat hosil bo’lishining ikkinchi mexanizmi qattiq faza tarkibiga kirmaydigan ionlarning fazalararo sirtga tanlanib adsorbilanishidan iborat. Bu holda sistemaga aralashib qolgan qo’shimcha moddalar tarkibidagi ionlar adsorblanadi.
Masalan metall- suv sistemasiga Na Cl eritmasi qo’shilsa, metall sirtiga xlorid ionlar tanlab adsorbilanadi. Metall sirtida ortiqcha manfiy zaryad (xlorid ionlar qavati) va eritmaning metall sirtiga yaqin qismida natriy ionlaridan iborat sistemaga ionogen sirt-aktiv modda qo’shsak, bu modda molekulasining organik qismi metall sirtiga adsorblanib, molekula tarkibidagi ikkinchi ion suv fazaga qarshi ion vazifasini o’tay boshlaydi. Sirt aktiv modda o’zaro aralashmaydigan ikki suyuq fazalar sirtiga (masalan, benzol- suv sirtiga) ham adsorbllanishi mumkin. Bu holda sirt-aktiv moddaning qutbli qismi suv-faza sirtida ma’lum ishorali elektr qavat hosil qiladi: sirt-akyiv moddaning qutbsiz qismi sirtning zaryadlanishni ta’minlaydi.
Qo’sh elektr qavat hosil bo’lishning 3-mexanizmini qarab chiqamiz. Faraz qilaylik, ikki fazadan iborat sistemaga ionlarga ajratmaydigan modda qo’shilgan bo’lib, u fazalar chegarasiga adsorblana olmasin. Bunday hollarda fazalarni tashkil etgan moddalar tarkibidagi qutbli molekulalar o’z vaziyatini biror faza tomon o’zgartirib, chegara sirtga musbat yoki manfiy ishorali zaryad beradi. Ayni faza zaryadning ishorasi quyida keltirilgan Kyon qoidasiga muvofiq aniqlana oladi: bir-biriga tegib turgan ikki fazadan qaysi birining dielektrik sindiruvchanligi katta bo’lsa, o’sha faza musbat zaryadlanadi. Suvning dielektrik konstantasi (sindiruvchanligi) nihoyatda katta (E=81) binobarin, suv va qattiq jismdan iborat sistemada hosil bo’ladigan qo’sh elektr qavatda suvga tushirilgan qattiq modda sirti ko’pincha manfiy zaryadga, suv sirti esa musbat zaryadga ega bo’ladi.



Download 129,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish