—fizika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi daminova sayyora xursandovnaning bakalavr darajasini olish uchun yozilgan «suyuqliklar mexanikasining elementlarini laboratoriya qurilmalari yordamida tushuntirish»



Download 0,99 Mb.
bet7/20
Sana26.07.2021
Hajmi0,99 Mb.
#128669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti

2. Endi faraz qilaylik, suyuqlik bir jinsli va uni siqilmas ( = const) deb qarash mumkin. Bundan tashqari, og’irlik kuchi tezlanishi g nish z balandlikka bog’liqligini e’tiborga olmay, uni o’zgarmas deb hisoblaymiz. U holda (1.2.8) sistemadagi oxirgi tenglama osongina integrallanadi. Bunday integrallash natijasida .




P = P0- gz (1.2.9)

hosil bo’ladi. Integrallash doimiysi P0 suyuqlikning z = 0 balandlikdagi bosimidir, ya’ni agar koordinatalar boshi suyuqlikning erkin sirtida olingan bo’lsa, u atmosfera bosimi bo’ladi.(1.2.2) formula suyuqlikning idish

(1.2.2-rasm) tubiga va devorlariga bosimini, shuningdek, suyuqlikka botirilgan Har qanday jism sirtiga bosimini ham aniqlaydi. U maktabdagi fizika kursida bayon qilinadigan butun gidrostatika o’z ichiga oladi.

3. Endi Arximed qonuniga va u bilan aloqador masalalarga to’xtalamiz. Suyuqlik ichida yopiq S sirt bilan chegaralangan ixtiyoriy hajmni fikran ajratib olamiz (1.2.2-rasm). Agar suyuqlik mexanik muvozanatda bo’lsa, ajratilgan hajm ham, albatta, muvozanatda bo’ladi. Shuning uchun suyuqlikning o’sha tekshirilayotgan hajmiga ta’sir qiluvchi hamma tashki kuchlarning teng ta’sir etuvchisi va

momenta nolga teng bo’lishlari kerak. Tashqi kuchlar — ajratib olingan suyuqlik hajmining Q og’irligi va atrofdagi suyuqlikning S sirtga bosimidan iboratdir. Demak, S sirtga ta’sir qiluvchi gidrostatik bosim kuchlarining teng ta’sir etuvchisi G‘ o’sha S sirt bilan chegaralangan hajmdagi suyoqlikning Q og’irligiga teng bo’lishi kerak.Bu teng ta’sir etuvchi yuqoriga yo’nalgan bo’lishi va ajratilgan suyuqlik hajmining massalar markazi unga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlarning to’la momenti nolga teng, bo’lguncha A orqali o’tish kerak. Endi, biz ajratib olgan hajmdan suyuqlik olib ketilgan va uning o’rniga ixtiyoriy qattiq jism joylashtiril-gan, deb faraz qilamiz. Agar bu jism muvozanatda ushlab turilsa, atrofdagi suyuqlikning holatida hech qanday o’zgarishlar sodir bo’lmaydi. Suyuqlikning S sirtga berayotgan bosimi ham o’zgarmaydi. Natijada biz Arximed qonuniga kelamiz. Agar suyuqlik ichiga botirilgan jism mexanik muvozanatda ushlab turilsa, atrofdagi suyuqlik unga jism siqib chiqargan hajmdagi suyuqlikning og’irligiga son jihatdan teng gidrostatik bosim kuchi bilan ta’sir qilib, uni itarib chiqarishga intiladi. Bu itarib chiqaruvchi kuch yuqoriga yo’nalgan bo’ladi va jism siqib chiqargan suyuqlikning massalar markazi. A orqali o’tadi. A nuqtani jismning suzuvchanlik markazi deb ataymiz. Quyida ko’rsatiladiki, suzuvchi jismlarning muvozanati va turg’unligi o’sha nuqtaning o’rni bilan aniqlanadi.

4. Suyuqlikda suzuvchi jismlarning muvozanati haqidagi masala Arximed qonuni yordamida hal qilinadi. Jismning muvozanatda bo’lishi uchun uning og’irligi siqib chiqargan suyuqligining og’irligiga teng bo’lishi va suzuvchanlik markazi A jismning o’z massalar markazi bilan bitta vertikalda yotishi zarur. Muvozanatning turg’unligiga kelganda, bu masalani Hal qilishda ikkita holni farqlash kerak.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish