O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA VA UNI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI
5440100—fizika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi
DAMINOVA SAYYORA XURSANDOVNANING
bakalavr darajasini olish uchun yozilgan
«SUYUQLIKLAR MEXANIKASINING ELEMENTLARINI LABORATORIYA QURILMALARI YORDAMIDA TUSHUNTIRISH»
mavzusidagi
“Himoyaga tavsiya etilsin”
Fizika – matematika fakulteti
dekani:____________ prof. A.Q.Tashatov
“____”________________ 2012 yil
Qarshi – 2012 yil
KIRISH
Muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov respublikamiz rahbari sifatida ish boshlagan paytda (1989 y 23 iyun) O’lkamizda uzoq yillar davomida hukm surgan kommunistik mafkura va faqat xom ashyo yetkazib berishga asoslangan bir yoqlama iqtisodiy siyosat har bir sohada o’zining halokatli salbiy ta’sirini keng miqyosida ko’rsata boshlagan edi.O’zbekiston ittifoqda ishlab chiqarish boyicha 12-o’rinda to’rar edi.Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40% qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda edi.Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan texnika imkoniyatlariga, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bulgan respublikamiz asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatgichlar boyicha mamlakatda oxirgi o’rinlardan biriga haqli ravishda inqiroz holati, deb atalgan ahvolga tushib qolganing sababi nimada? Bularning aniq sabablarini prezidentimiz I.Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida “ nomli kitobida tushuntirib bergan.[1]
“Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l quymaydi”deb yangi lavozimga qanday ulug’ maqsad va ma’suliyat bilan kirishayotganini , o’z faoliyatida islohotchilik,el-yurtning dardu tashvishlari eng oily mezon bo’lib qolishini ochiq bayon qiladi. ”O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat”,”Mustaqillik-bu avvalo huquqdir”,”Yangi uy qurmasdan turib,eskisini buzmang”,”Islohat-islohat uchun emas,avvalo inson uchun”,”Ozbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bulmaydi”,”Bizdan ozod va obod vatan qolsin”,kabi mashhur iboralar ushbu kitobning muhim manbalari hisoblanadi.[2]
Prizidentimiz “Faqat o’z kuchimiz,o’z salohiyatimizga tayanib ish kurishimiz kerak”,”O’zimiz harakat qilmasak,chetdan kelib,birov bizga yordam bermaydi”degan edilar.1990 yil 24 mart kuni 12 chaqiriq O’zbekiston Oliy Kengashining 1-sessiyasida ittifoqdosh respublikalar orasida 1-bulib,O’zbekiston Respublika Prizidenti lavozimi joriy etildi.
O’tgan asrning 90-yillariga nazar soladigan bulsak,Islom Karimovning o’sha og’ir yillarda keskin muammolar girdobida turib,O’zbekistonning kelajagini aniq tasavvur qilgan holda ilgari surgan g’oya va dasturlari uning Vatanimizning yorug’ istiqboliga qanday buyuk ishonch bilan qaraganidan yaqqol dalolat beradi.” Bizga kadrlar tayyorlashning maxsus milliy dasturi kerk” degan edi Islom Karimov.1997 yil bu dastur qabul qilindi.Undan keyin “Ta’lim to’g’risidagi qonun”ham qabul qilindi.[3]
Hozirgi kunda O’zbekistonda olib boriladigan ta’lim-tarbiya milliy dastur asosida olib borilmoqda.Xalqning moddiy va ma’naviy manfaatini yaxshi;lash uchun sanoatni, qishloq xo’jaligini rivojlantirish zarur.Agar bu sohalarni fan-texnika yangiliklariga asoslangan holda biznes va kichik biznesni rivojlantirmasak, orqaga qolib ketamiz.Buning uchun fanni rivojlantirishimiz,uning yutuqlarini ishlab chiqarishga qo’llashimiz kerak.
Hozirgi zamon fanining eng keyingi yutuqlaridan biri-elektronika, mikroelektronika va nanoelektronikalardir. Shuningdek mikro qatlamlar hosil qilish,unda yarim o’tkazgichlarning atom va molekulalarini joylashtirish orqali erishiladi. Dastlab, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishini o’rganish, ulrning tuzilishini har xil laboratoriya qurilmalari asboblari yordamida o’rganishni tavsiya etmoqchimiz. Masalan, qovushqoqlikni o’lchash uchun Ubbeloda viskozimetridan, zichlikni o’lchash uchun piknometrlardan, optik usul bilan sindirish ko’rsatgichlarini aniqlash orqali suyuqliklar tuzilishini osonroq,tushunarli qilib o’rganish mumkin.Bu laboratoriya qurilmalaridan foydalanib o’tilgan dars samarali buladiDastlab suyuqlik va gazlarning xossalari,ularga taalluqli umumiy qonuniyatlarni ko’rib chiqamiz. [4]
Do'stlaringiz bilan baham: |