§1.2 Suyuqliklarning muvozanat va harakat tenglamalari. Barometrik
formula
1. Har qanday tutash muhitdagidek, suyuqlikda ta’sir,qiluvchi
kuchlar ham odatda massa (hajmiy) kuchlariga va sirt kuchlariga bo’-
linadi.Massa kuchi o’zi ta’sir “qilayotgan suyuqlik elementining dm
massasiga, binobarin, dV hajmiga proporstional.Bu kuchni ‘fdV or-
qali belgilasak, f-massa kuchlarining hajmiy zichliga deb ataladi.
Massa kuchlarining eng muhim misollari og’irlik kuchi va inerstiya
kuchlaridir (harakat noinersial sanoq sistemalariga nisbatan qaralganda) Og’irlik kuchi uchun f = pg bo’ladi; bunda p — suyuqlikning zichligi, g–og’irlik kuchining tezlanishi. Sirt kuchlari shunday kuchlarki, ular suyuqlikning har bir hajm sirtiga uni atrofidagi qismlardan ta’sir qiluvchi normal va tangensial kuchlanishlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |