Fizika o'qitish uslublari fanidan kurs ishlarini yozish va himoya qilish uchun metodolik tavsiyalar kurs ishunung o`quv jarayonidagi roli


Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi(Ilova 4)



Download 276,4 Kb.
bet9/12
Sana30.09.2021
Hajmi276,4 Kb.
#189724
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi buyicha tavsiyalar

Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi(Ilova 4)

Tugallangan kurs ishi himoyaga qoʻyilishdan oldin taqriz qilinishi kerak. Bunda birinchi navbatda tayyorlangan ishning ijobiy tomonlarini, keyin esa kamchiliklarini koʻrsatib, ularni bartaraf etish yoʻllari koʻrsatilishi kerak. Taqrizdan oldin kurs ishi albatta diqqat bilan oʻqib chiqilishi kerak, aks holda nomigagina yozilgan taqrizlar tufayli sifat jihatidan talabga javob bermaydigan kurs ishlari ham ijobiy baholanib ketilishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin.

Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-oʻqituvchilar oldiga quyidagi talablar qoʻyiladi:

Kurs ishini dastlab taqrizga olgan vaqtda ushbu kurs ishi mavzusining talaba ismi sharifining birinchi harfiga mos kelishini tekshirish;

Kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yoʻl qoʻyilgan xatolarni koʻrsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yoʻllari boʻyicha maslahat berish hamda shunga tegishli muloxazalarni taqriz varagʻiga yozib qoʻyish;

Taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini koʻrsatish bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish;

Kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning oʻzida yoziladigan mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, yaʼni qaysi savollar mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondoshganligini, qaysi birlarini toʻldirish zarur ekanligini koʻrsatish;

Nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bogʻlab olib borilish darajasini koʻrsatish;

Bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida oʻrganilayotgan muammolarning Oʻzbekiston misolida hal qilishning yoʻl-yoʻriqlarini nazariy jihatdan asoslanishga baho berish;

Talabalar berilgan kurs ishini bajarish orqali FOʻMsining mohiyatini chuqur, atroflicha oʻrganib, xususiyatlarini koʻrsatib berilganlik darajasini baholash.

Ana shu jihatdan olib qaraganda, kurs ishiga taqriz yozishda rasmiyatchilikga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Biroq amalda rasmiyatchilik asosida juda qisqa yozilgan taqrizlar ham uchraydi. Bunday taqrizlar:

Birinchidan, kurs ishi mavzusining mohiyatini va unda qoʻyilgan muammolarning yoritilgan yoki yoritilmaganligini koʻrsatib bera olmaydi.

Ikkinchidan, talaba uchun kurs ishida qanday kamchiliklar mavjud, uni qanday bartaraf qilish mumkin ekanligi haqida foydali maslahatlar mavjud boʻlmaydi.

Uchinchidan, talabaning kurs ishini maʼsuliyat sezmasdan yuzaki yozishiga olib keladi.

Toʻrtinchidan, talabalarning kurs ishiga yetarli darajada ahamiyat bermasdan, yaʼni mavzuning rejasi, foydalangan adabiyotlar roʻxati, bajarilgan vaqti koʻrsatilmagan taqdirda ham ijobiy baholanishiga sabab boʻladi.

Beshinchidan, talaba ijodiy fikr yuritmasdan, kurs ishini ayrim oʻquv qoʻllanmalardan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchirib olganda ham uning asossiz ijobiy baholanishiga olib keladi.

Bizning fikrimizcha, kurs ishiga taqriz yozishda bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻyish yuqori malakali iqtisodchilar tayyorlash talabiga ziddir. Shuning uchun talabalarga toʻgʻri maslahat berib, amaliy yordam koʻrsatadigan darajada kurs ishini tahlil qilib, taqriz yozish oʻqituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. Kurs ishini tahlil qilishda oʻqituvchi, har bir betda uning kamchiliklarini yozib koʻrsatishi zarur. Bunda kamchiliklarni qisqartirib emas, balki kurs ishi varagʻining chetiga aniq va ravshan qilib yozish lozim. Bunday yozilgan taqrizdan talaba oʻzi yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklarini tezda tushinib, uni bartaraf qilish yoʻl-yoʻriqlarini olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Professor-oʻqituvchilar taqriz yozish jarayonida avvalo kurs ishining ijobiy tomonlarini, keyin esa talaba yoʻl qoʻygan kamchiliklarini koʻrsatib, uni baratraf qilish yoʻllarini bayon qilish zarur. Taqrizni eʼtiborsizlik bilan nomigagina yozish, talabalarda beparvolikga olib keladi. Bu esa taʼlim-tarbiya va intizomning susayishiga sabab boʻladi



Download 276,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish