Xalq tabobatida qadimdan ishlatib kelinayotgan ayrim dorivor o'simliklar (sano, zirk, ro'yan va b.) misolida tibbiyot amaliyotiga kiritilganligi va davo samarasi tasdiqlangani.
Dorivor o`simliklar. Ushbu bandda asosan Markaziy Osiyo davlatlarida o`sadigan, o`stiriladigan, tibbiyot amaliyotida ko`p qo`llanadigan, ayrim dorivor o`simliklar haqida qisqacha ma'lumot beriladi.
Aloy.Aloe. O'simlikning quritilgan barg shirasi-sabur katta dozada (0, 03-0, 05) me'da sekretsiyasi susaygan hollarda tavsiya etiladi. Bundan tashqari biostimulyatorlar sifatida ham beriladi.
Andiz-Devyasil. O'simlikning ildizpoyasi va ildizidan tayyorlangan qaynatma yallig`lanishga qarshi, balg`am ko`chiruvchi, mikroblarga qarshi va o`t haydovchi ta'sirga ega.
Arpabodiyon.Anis
obыknovennыy. O'simlik mevasi tarkibidagi efir moyi balg`am ko`chiruvchi, yallig`lanishga qar shi va spazmolitik, mikroblarga qarshi ta'sirga ega. Shu sababdan efir moyini saqlovchi preparatl ar (ko`krakeliksiri, novshadil-
arpabodiyon tomchisi) nafas yo`llarining yallig`lanishida qo`llanadi.
Arslonquyruq-
Pustыrnik. O'simlikdan tayyorlangan preparatlar (damlama, tindirma, suyuq ekstrakt) tinchlantir uvchi, qisman gipotenziv va kardiotonik farmakologik xossaga ega. Shu sababdan ular hayajonla nishda,uyqusizlikda, asab buzilishi holatida, gipertoniyada tavsiya etiladi.
Bo`znoch-
Bessmertnik. O'simlik gulidan tayyorlangan damlama, qaynatma, quruq ekstrakt va tabletka shak lida chiqariladigan flallin preparati o`t haydovchi dori sifatida o`t qopi va o`t yo`llarining ayrim kasalliklarida ttavsiyaetiladi.
Bo`ymodaron-
Tыsyachilesnik obыknovnnыy. O'simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakti ayrim me'da-
ichak kasalliklarida (gastrit, enterit va b) va ichki a'zolardan (bachadon, ichak, o`pka) qonketishi da qon to`xtatuvchi vosita sifatida beriladi. Preparat qisman yallig`lanishga qarshi va spazmolitik ta'sirga ham ega.
Bo`tako`z-Vasilyok siniy. O'simlik gulidan tayyorlangan damlama peshob haydovchi va o`t haydovchi ta'sir ko`rsatadi. Buyrak va peshob yo`llari, o`t qopi va yo`llari xastaliklarida qo`llanadi.
Valeriana-
Valeriana lekarstvennaya. O'simlikning ildiz poyasi bilan ildizidan tayyorlangan damlama, tindi rma, suyuq va quyuq ekstrakti, kompleks preparatlari markaziy nerv tizimini tinchlantiruvchi dor i vositasi sifatidauyqusizlikda, asab buzilishi holatlarida, isteriyada, hayajonlanishda, stenokardiy ada, gipertoniya kasalligining boshlanishida, ko`ngil aynashi va qusishda keng qo`llanadi.
Gazanda-
Krapiva obыknovennaya. O'simlikning bargidan tayyorlangan damlama, suyuq ekstrakt qon ivis hini tezlashtiradigan, yallig`lanishga qarshi, o`t haydovchi va yara bitishini jonlantiruvchi ta'sir k o`rsatadigan va ichkia'zolaridan qon ketishida, me'da va ichak yaralari kasalligida qo`llanadi.
Gulxayri-Altey. O'simlik ildizidan tayyorlangan damlama, sharbat, quruq ekstrakt hamda uning yer ustki qismidan olingan preparat mukaltin balg`am ko`chiruvchi, o`rab oluvchi va yallig`lanishga qarshi ta'sir ko`rsatib, nafas yo`llarining yallig`lanishida (traxeit, bronxit va b) va ayrim me'da-ichak kasalliklarida (me'da-ichak yara kasalligida, enteritda) tavsiya etiladi.
Do`lana-Boyarishnik. Gulining damlamasi, tindirmasi, suyuq ekstrakti va kardiovalen kompleks preparati Yurak faoliyatini yaxshilaydi, bir tekis urishini ta'minlaydi, koronar va boshqa qon tomirlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Shu sababdan Yurak xastaliklarida (taxikardiyada, Yurak holsizlanishida), gipertoniyada, ayollarda klimaks davri boshlanishida qo`llanadi.
Gazandao`t
Jag`-jag`-Postushaya sumka obыknovennaya. O'simlik preparatlari (damlama, suyuq ekstrakt) bachadon mushaklarining tonusini oshiradi, qon bosimini qisman tushiradi va ichak harakatini jonlantiradi. Shu sababdan tug`ruqdan keyin bachadondan qon ketishida (atonik qon ketish), hayz vaqtida og`riqni qoldirish maqsadida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |