2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning asosiy shakllari. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarni kо‘paytirishni va ularni rivojlantirishni obyektiv tarzda talab qiladi. Faqatgina mustaqil faoliyat olib boruvchi tovar ishlab chiqaruvchi korxonalargina aholini talabini qondirishga qodir.
Tovar ishlab chiqarishni kо‘paytirish va uni samarali asosda tashkil etish uchun bir qator muammolarni hal qilish lozim. Bular ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va turli mulklardan iborat bо‘lgan turli-tuman korxonalar barpo etish;
Tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy va xо‘jalik mustaqilligini kengaytirish hamda ularning javobgarligini oshirish;
Tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy va sosial himoya qilishni huquqiy mexanizmini shakllantirish va uni mustahkamlash;
Tovar ishlab chiqarish sharoitida mos keladigan iqtisodiyotning boshqarish mexanizmini barpo etish (boshqarishda faqat mahsulot miqdorini hisobga olmasdan uning qiymatini, undan olinadigan foydani hisobga olish va h.k.).
Respublika aholisining haqiqiy sosial himoyasini ta’minlash ularga tovar iste’mol qiluvchi va ishlab chiqaruvchi sifatida sosial kafolat berish va h.k.
Bozor munosabatlariga о‘tish, iqtisodiyotni tubdan qayta qurish davrida turli-tuman fikrlar bilan bir qatorda turli korxonalar vujudga kelishi muqarrardir.
Korxonalar quyidagi mulklar asosida tashkil etilishi mumkin.
a) fuqarolar mulki asosida. Bularga yakka tartibdagi va oilaviy korxonalarni kiritish mumkin;
b) kollektiv mulki asosida. Bularga kooperativ korxonalar, turli shirkat shakldagi korxonalar, aksionerlik uyushmalariga taaluqli bо‘lgan korxonalar, jamoa tashkilotlari korxonalari, diniy tashkilotlar korxonalarini kirish mumkin;
v) davlat mulki asosida. Bularga barcha davlat mulki asosida tashkil etilgan korxonalar (zavodlar, fabrikatlar, sovxozlar va boshqalar) kiradi;
g) qо‘shma mulklar asosida. Bularga har xil mulkdagi korxonalarning mablag‘larini birlashtirish natijasida vujudga keladigan korxonalarni kiritish mumkin. Shu turdagi korxonalarga chet el firmalari hamkorlikda tuziladigan korxonalarni ham kiritiladi.
Korxonalardan ishlab chiqarishni tashkil etish 3 xil shaklda amalga oshishi mumkin.
1. Yakka xо‘jalik shaklida.
2. Hamkorlik shaklida.
3. Korporasiya shaklida.
Yakka xо‘jalik shaklidagi korxonalar fuqarolar mulkiga asoslangan bо‘lib, unga yakka tartibdagi va oilaviy korxonalarni kiritish mumkin. Shu shakldagi korxonalarning о‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, korxona faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan barcha qarorlarni yakka tartibda faqat mulk egasi qabul qiladi va butun faoliyat javobgarligi shu odamning zimmasida bо‘ladi. AQShda shunday korxonalar 7 mln. atrofida.
Yakka xо‘jalik afzalligi shundaki, unda barcha faoliyatni yuritish harakatlari bir kishi - mulk egasi tomonidan amalga oshiriladi va nazorat qilinadi. Uning kamchiligi kapital mablag‘ning ozligi va ishni yuritishdan keladigan zararni kishi - mulk egasining о‘ziga tо‘g‘ri kelishi, yangi texnologiyani joiriy qilishni mushkulligi bо‘lib hisoblanadi.
Hamkorilik shaklidagi ishlab chiqarishda ikkita va undan kо‘p tadbirkorlarning faoliyat olib borishlari va ularni birgalikda qarorlar qabul qilib uni bajarishga baravar javob berishlari tushuniladi.
AQShda ularning soni 1 mln. Dan ziyod. Yakka xо‘jalikdan buni afzalligi shundaki, bu usulda kapital mablag‘ qisman kо‘payadi, javobgarlik hamma a’zolarga teng miqdorda taqsimlanadi. Bu shakldagi korxonalar xorijiy davlatlarda kо‘proq yuridik, medisina, brokerlik xizmatlarida rivojlangan.
Korporasiya - aksionerlik mulk asosida tashkil etilgan tadbirkorlik shakli bо‘lib, unda tadbirkor mulk va mulk egasidan ajralgan va moliyaviy javobgarligi cheklangan bо‘ladi. Korporasiyaning afzalligi shundaki, u aksiyalar chiqarib sotish natijasida о‘z kapitalini doimo kо‘paytirish imkoniyatiga ega. Korporasiyalar tajribasi shuni kо‘rsatadiki, ular kо‘proq katta hajmdagi kapital talab qilingan sohalarda, yirik ishlab chiqarishda, kо‘p tavakkal (risk) qilishga tо‘g‘ri keladigan sohalarda kо‘proq foyda keltirar ekan.
Korporasiyalarda direktorlar kengashi saylanadi, u о‘z navbatida ish boshqaruchilarni yollaydi va ular kengash siyosatini amalda tadbiq etadi. Korporasiyaning kamchiligi - barcha aksiya egalarini korporasiya faoliyatiga, uni boshqarishga aralashma olmasligida.
Korporasiya faoliyatini nazorat qilish uchun kamida 20% aksiyaga ega bо‘lish kerak. AQShda korporasiyalarni soni 2 mln.ga yaqin.
Korxonalarning qaysi turini, tadbirkorlikning qaysi shaklini tashkil etish ishlab chiqarish yoki boshqa xizmat kо‘rsatish faoliyatidan olinadigan foydaga bog‘liq. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida korxonalarning barcha shakllari harakati maksimum foyda olishga qaratiladi.