Firma va ularning tashkiliy- iqtisodiy asoslari


Kichik korxonalari va dehqon xо‘jaliklari



Download 36,52 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2022
Hajmi36,52 Kb.
#648480
1   2   3   4   5
Bog'liq
FIRMA VA ULARNING TASHKILIY

Kichik korxonalari va dehqon xо‘jaliklari.
Zamonaviy iqtisodiyotga xos xususiyatlardan biri unda ishlab chiqarish kо‘lamiga kо‘ra turli - yirik, о‘rta va kichik korxonalarning birgalikda faoliyat kо‘rsatishidir. Amaldagi xuquqiy meyorlarga kо‘ra xо‘jalik subyektlarining kichik korxonalar jumlasiga kiritilishi bitta mezon - ishlovchilarning о‘rtacha rо‘yxatdagi soni bо‘yicha amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish tо‘g‘risida”gi Qonunda belgilab berilganidek, kichik korxonalar jumlasiga ishlovchilar soni sanoatda va qurilishda - 50 kishigacha; qishloq xо‘jaligi va ishlab chiqarishning boshqa sohalarida - 25 kishigacha: fan va ilmiy xizmat kо‘rsatishda, noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida - 10 kishigacha; chakana savdoda - 5 kishigacha bо‘lgan korxonalar kiritiladi.
О‘z-о‘zidan ravshanki, korxonalarni kichik korxonalar jumlasiga kiritish uchun ishlovchilar sonining asos bо‘lishi yetarli emasdir. Chunki ishlab chiqarishning mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi yuqori bо‘lgan taqdirda ular tarkibiga yirik elektrostansiyalar va boshqa korxonalar ham kirib qolishi mumkin.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, masalan, 3 ta kо‘rsatkich - ishlovchilar soni, yalpi mahsulot hajmi va foyda miqdoriga asosan kichik korxonalar maqomi beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik korxonalar imkoniyatlari juda kengdir. Rivojlangan mamlakatlarning kо‘p yillik tajribasi shuni kо‘rsatadiki, kichik korxonalarning keng majmuisiz tovar bozorining amal qilish mumkin emas - kichik korxonalar mavjudligi xо‘jalik kompleksi tuzilishini о‘zgartirishga qodirdir. Kichik binesda butunlay yangi texnologiyalar yaratilib, ular keyinchalik alohida ishlab chiqarishlarga aylanadi.
Kichik korxonalarning eng asosiy ijobiy jihati ularning ishlab chiqarishning raqobatli xarakteri va erkinlashuvini ta’minlashidan iboratdir.
Ularning boshqa ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- kо‘p sonli yangi ish joylarini yaratish va bо‘sh aholini о‘z faoliyatiga jalb etish;
- fan-texnika yangiliklarini joriy qilishni tezlashtirish;
- yordamchi ishlab chiqarish va xalq hunarmandchiligining qayta tug‘ilishini ta’minlash;
- kichik shaharlar va aholi yashash punktlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga kо‘mak berish;
- ijtimoiy-psixiologik munosabatlarining yuqori darajasini ta’minlash;
- yirik, ommaviy ishlab chiqarishga ega korxonalarni kichik seriyalar bilan mahsulot ishlab chiqarishdan ozod qilish.
Butun dunyo tajribasi bozor uchun, ya’ni sotish uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi dehqon xо‘jaligining afzalligini kо‘rsatmoqda, chunki fermer xо‘jaligida ishlab chiqaruvchi, ya’ni fermerning maqsadi va vazifasi oxirgi natija bilan uzviy bog‘langan.
О‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xо‘jaligi tо‘g‘risida”gi qonunida dehqon xо‘jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan.
“Yuridik shaxs huquqiga ega bо‘lgan, xо‘jalikni mustaqil tarzda yurituvchi, qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishi bilan, shu jumladan о‘zi egalik qiladigan yer uchastkasidan foydalanilgan holda qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi subyekt dehqon xо‘jaligi hisoblanadi”.
Dehqon xо‘jaligi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklanadi:
- Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish.
Qayta ishlash va sotish;
- Unga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ularning unumdorligini izchillik bilan oshirib borish;
- Tabiat va mehnat resurslaridan samarali foydalanish maqsadida yordamchi xо‘jalik faoliyatlarini rivojlantirish;
- Dehqon xо‘jaligi joylashgan yerning ijtimoiy taraqqiyotida dehqon oilasi a’zolarining shaxsiy mehnatlari va pul mablag‘lari bilan ishtirok etishi.
Qishloq joylari aholisining foydali ishlab chiqarish faoliyatida haddan ortiqcha zо‘r bermay tо‘laroq band bо‘lishini ta’minlash, xо‘jalik a’zolarining sihati, tegishli dam olishi tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilish:
- bolalarni mehnatsevarlik anoanalari, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lish ruhida ahloq-odobli qilib tarbiyalash.
Dehqon xо‘jaligini tuzishning maqsadga muvofiqligini belgilovchi asosiy mezon mahsulot birligiga kolxoz va sovxozlar bilan bir xil yoki ulardan kam mehnat va mablag‘ sarflab, ular ishlab chiqaradigan mahsulot hajmidan kо‘proq hosil olish, mollar va parandalar mahsuldorligini oshirish bо‘lishi kerak.


Download 36,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish