3. Korxonalarning asosiy turlari.
Davlat korxonalariga davlat mulki asosida tashkil etilgan barcha turdagi va yо‘nalishdagi sanoat, qurilish, transport, qishloq xо‘jaligi, sog‘liqni saqlash, fan qa madaniyat, maorif, maishiy xizmat va boshqa sohalardagi korxonalar kiradi.
Sovet hokimiyati yillarida obiq ittifiqning barcha respublikalari qatori О‘zbekistonda ham aksariyat kо‘pchilik korxonalar davlat mulki asosida tashkil etilib davlat korxonasi sifatida faoliyat yurgizdi. Xalq xо‘jaligining barcha sohalarida asosan davlat tasarrufidagi korxonalarning tashkil etilishi davlat mulkini yakka hokimiligini kuchayishiga olib keladi. Halq hо‘jaligining barcha tarmoqlarida davlat korxonalari bilan teng raqobat qiluvchi korxonalar bо‘lmadi. Bu oqibat natijasida taraqqiyotining turg‘unlik holatiga, ishlab chiqarish samaradarligini kesin pasayishiga olib keladi. Bu holatga barham berish va bozor iqtisodiyotiga tezroq о‘tish uchun davlat mulki asosida tashkil etilgan korxonalarning bir qismini davlat tarsarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish zaruriyati vujudga keladi. Bu bozor iqtisodiyotining asosiy talablaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Shuni hisobga olib, О‘zbekiston respublikasi “Davlat tosarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tо‘g‘risida” maxsus qonun qabul qildi.
Qonunda taokidlanishicha, davlat tasarrufidan chiqarish-davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masouliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bо‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdan iborat.
Xususiylashtirish esa fuqarolarning va davlatga taaluqli bо‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishdan iborat.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni quyidagi prinsiplar asosida olib borish lozim:
- Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulki pulli va pulsiz topshirishni qо‘shib olib borish;
- Pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolar huquqlarining tengligiga rioya qilish;
- Barcha fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash;
- Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yо‘lga qо‘yish;
- Yakka hokimlikka qarshi qonunlar talablariga rioya etish va boshqalar.
Qonunda ta’kidlashicha yer va yer osti boyliklari, suv madaniyat boyliklari va tarixiy boyliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |