FIRMA VA ULARNING TASHKILIY- IQTISODIY ASOSLARI.
Reja:
1. Korxonani tashkil etish maqsadlari.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning asosiy shakllari.
3. Korxonalarning asosiy turlari.
1. Korxonani tashkil etish maqsadlari.
Iqtisodiyot rivojlanishining har bir bosqichida korxona asosiy bо‘g‘in hisoblanadi. Chunki aynan korxonada mahsulot ishlab chiqarish, xodimlarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita aloqasi amalga oshiriladi.
Mustaqil korxona deganda, ishlab chiqarish - texnik birlikka va tashkiliy-maomuriy hamda xо‘jalik mustaqilligiga ega bо‘lgan ishlab chiqarish birligi tushuniladi. Korxona о‘z faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotdan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar tо‘langanidan sо‘ng ixtiyorida qoladigan foyda summasidan mustaqil foydalanadi.
Korxona alohida tadbirkor yoki tadbirkorlar uyushmasi tomonidan tashkil qilinadigan mustaqil xо‘jalik yurituvchi subyekt bо‘lib hisoblanadi. Chuqurroq ta’rif beradigan bо‘lsak:
- Korxona deganda yuridik shaxs huquqiga ega bо‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xо‘jalikni tо‘la yuritish huquqi bо‘yicha о‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan, raqobat hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq о‘z faoliyatini rо‘yobga chiqaradigan mustaqil xо‘jalik yurituvchi subyekt tushuniladi.
Korxona faoliyatining maqsadlariga о‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bо‘lgan ehtiyojlarni qondirish hamda foyda olish kiradi. Yaqin vaqtlargacha korxonalar eng asosiy maqsadi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish deyilar edi. Hozir, bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu maqsadni inkor qilgan holda yagona maqsadni - maksimum mumkin bо‘lgan foyda olish istaginigina qoldirish mumkinmi? О‘ylaymizki, yо‘q.
Albatta, tadbirkorlikning asosiy maqsadi - foyda olishdir, lekin har qanday baho evaziga emas. Bozor munosabatlari yuqoridagi har ikkala maqsadni uyg‘unlashtirishni talab etadi. Albatta, shuni tan olish kerakki, biznes - tadbirkorlar iqtisodiy faoliyati, ularning tobora oshib borayotgan miqdorda foyda keltirishga qaratilgan qobiliyati va sanoatidir. Shu bilan birga, ochiq iqtisodiyot sharoitida biznesning rivojlanishi iste’mol bozorini tovar va xizmatlar bilan tо‘ldirishga xizmat qiladi, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishni faollashtiradi, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni rag‘batlantiradi, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Korxonani tashkil etishdan oldin har bir tadbirkor yoki ular uyushmasi aniq va ravshan g‘oyaga ega bо‘lishlari kerak. Ushbu g‘oya о‘z mahsulotiga yoki xizmatlariga doimiy buyurtma bilan ta’minlanishi kerak. Kо‘zda tutilayotgan mahsulot yoki xizmatlar hajmi barcha zarur moddiy resurslar bilan ham ta’minlanmog‘i lozimdir. Nihoyat, yangi ish boshlashdan avval о‘z kapitalini doim tо‘ldirib borish imkoniyatlari tо‘g‘risida ham о‘ylab kо‘rish kerak. Yuqoridagi masalalarning barchasi asosiy hujjat - tadbirkorlik biznes-rejasida о‘z aksini topadi.
Zamonaviy korxonaning har bir tadbirkorining muhim xususiyatlaridan biri о‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchanlik bо‘lib hisoblanadi. Buning uchun tanlangan faoliyat sohasini bilish, maqsadga yо‘nalganlik, qatoiylik, muvaffaqiyatsizliklarga tayyorgarlik, о‘qishga qobiliyat, о‘z xatolaridan xulosalar chiqarishi kabi xislatlarga ega bо‘lish kerak. Tadbirkor raqobat kurashiga tayyor turish, ishonchli hamfikr, hamkorlar tanlashi kerak. Marketingni yaxshi tashkil qilish, resurslar yetkazib beruvchilar va о‘z mahsuloti isteotemolchilari bilan rasmiy aloqalarni о‘rnata bilish muhimdir.
Zamonaviy korxona murakkab tashkiliy tuzilma bо‘lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarini tashkil etishning quyidagi 3 yо‘nalishining ahamiyati oshib boradi:
- ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish;
- mehnatni ilmiy tashkil etish;
- boshqaruvni ilmiy tashkil etish.
Ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish korxonada optimal texnik-texnologik tizimini yaratishni maqsad qilib qо‘yadi. Bu ishonchli va samarali ishlayotgan ishlab chiqarish jihozlari va texnologiyasi, xodimlarning tartibga solingan tashkiliy-texnik о‘zaro aloqalaridir.
Mehnatni ilmiy tashkil etishning vazifasi - ishlovchilar jamoasida sog‘lom rasmiy aloqalar о‘rnatishdir. U о‘z ichiga yuqori unumli, samarali ijodiy mehnat qilish uchun sharoitlarni yaratishni oladi. Lekin mehnatni ilmiy tashkil etish imkoniyatlari korxonaning texnik-texnologik holati, uning moliyaviy ahvoli bilan chegaralangandir.
Boshqaruvni ilmiy tashkil etish bu - korxonaning moddiy va insoniy tizimlariga bir maqsadga yо‘naltiruvchi ta’sirni ta’minlovchi texnik, iqtisodiy va gumanitar vositalar majmuidir. U eng yuqori maonaviy - texnologik va iqtisodiy samaraga erishish maqsadida ishlab chiqarish omillarining о‘zaro ta’sirini ta’minlaydi.
Istalgan tadbirkorlik harakati - insonlar orasida о‘zaro aloqalarni tashkil etishdir.
Ular qanchalik asosli tashkil etilib, oqilona boshqarilsa, iqtisodiy manfaat, harajatlarning foydali qoplanishiga shuncha katta umid qilsa bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |