Kooperativ va ijara korxonalari.
Kooperativlar - biror xil faoliyat yurgizish uchun fuqarolarning ixtiyoriy ravishda ularda mavjud bо‘lgan mulkni birlashtirish natijasida vujudga keladigan ijtimoiy tashkilot bо‘lib hisoblanadi. Kooperativlar faoliyati mustaqillik, о‘z-о‘zini boshqarish va moliyalashtirish, kooperativ a’zolarini moddiy rag‘batlantirish prinsipi asosida tashkil etiladi.
Kooperativlarning asosiy vazifasi xalq xо‘jaligi talabini qondirishga kо‘maklashtirishdan iborat.
Shu maqsadni bajarish uchun ular ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni samaradorligini oshirishga intiladilar.
Kooperativlar ikki xil tipda - ishlab chiqarish va iste’mol yо‘nalishida tashkil etilishi mumkin.
Ishlab chiqarish yо‘nalishidagi kooperativlar mahsulotlar ishlab chiqarish, biror xil ishni bajarish, pulli xizmatlarni amalga oshirish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanadi.
Iste’mol yо‘nalishidagi kooperativlar о‘z a’zolari va boshqa fuqarolarning savdo va maishiy xizmatlariga, uy-joy, dala-hovli, garajlar va shu kabi xizmatlarga bо‘lgan talabini qondirish uchun tashkil etiladi. Kooperativ korxonalar tarkibida bо‘limlar, sexlar, fermalar, ustaxonalar, savdo shoxobchalari bо‘lishi mumkin. Bu bо‘linmalar kollektiv, oilaviy, yakka tartibdagi pudrat prinsipida ish olib borishi, ayrim hollarda ijara shaklida tashkil etilishi mumkin.
Kooperativlar mulki uni a’zolarining paylari, mahsulotlar ishlab chiqarish va uni sotishdan kelgan daromadlari evaziga vujudga keladi. Kooperativlar mulkini yaratishda davlat, boshqa kooperativlar mulkidan ham shartnomalar asosida foydalanish mumkin.
Mehnatni tashkil etishni ilg‘or usullaridan biri ishlab chiqarishni ijara asosida tashkil etish bо‘lib hisoblanadi.
Ijara - arabcha sо‘z bо‘lib u mol-mulkni yollash bо‘yicha shartnoma mazmunini ifoda etadi. Shartnomaga kо‘ra bir tomon (ijara beruvchi) ikkinchi tomonga (ijara oluvchi) ma’lum tо‘lov evaziga mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi.
О‘zbekiston Respublikasining “Ijara tо‘g‘risidagi” qonuniga muvofiq ijara shartnoma asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek, xо‘jalik faoliyatini va о‘zga faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur bо‘lgan mol-mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdan iboratdir.
Ijara munosabatlarining obyektlari korxonalar, ayrim ishlab chiqarishlar, sexlar, fermalar, boshqa bо‘linmalar, tashkilotlar, ayrim binolar, uskunalar, tarnsport vositalari, inventarlar, asboblar, yer va boshqa moddiy boyliklar bо‘lishi mumkin.
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi о‘rtasidagi munosabat ular о‘rtasidagi tuziladigan shartnoma asosida amalga oshirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |