Филологические науки: состояние, перспективы, новые



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/115
Sana23.02.2022
Hajmi3,3 Mb.
#159044
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115
Bog'liq
filologicheskie nauki sostoyanie perspektivy novye paradigmy issledovaniy

G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro 
To Navoiydek asir-u benavo bo‘ldum sanga.[2,37] 
Bu baytda qo‘llangan “changidin”, “topmadim”, “bo‘ldum”, 
“sanga” so‘zlaridan boshqa barchasi arabiy va forsiydir [10,1-,4-,-5-
tomlar, 413,44,149,479]. Kitobxon misralar mag‘zini chaqish uchun 


28 
lug‘atga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Uning ma’nosi quyidagicha: 
oshiqlar ma’shuqa yo‘lida qanchalik mashaqqat cheksa ham nolimaydi, 
ya’ni navo qilmaydi. Navoiy ham oshiq, shuning uchun hech bir oh-
nolasiz o‘zini yor yo‘lida qurbon qiladi.
Oltin O‘rda va Xuroson adabiy muhiti o‘rtasidagi bunday mushta-
rak jihatlarga ko‘plab duch kelish mumkin. Quyida ulardan ayrimlariga 
to‘xtalib o‘tamiz. Mumtoz g‘azaliyotda yorning qoshi, ko‘zi va kiprigi 
tasviridan ustalik bilan foydalaniladi. Masalan, Sayfi Saroyi va Navoi-
yda shunday o‘xshash misralar mavjud: 
Kirpugining o‘qini jonlar nishon, 
Qoshi yosining jahon qurbonidur.[5,136] 
(Sayfi Saroyi) 
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin 
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?! [2] 
(Alisher Navoiy) 
Sayfi Saroyi bu baytda “kirpug”, “o‘q”, “qosh”, “yoy” so‘zlari 
turkona va qolgan yarmi forsiy, arabiy so‘zlardir [10,2-,5-tomlar, 
371,189,30]. Navoiyda esa “har”, “dard”, “balo” so‘zlaridan tashqari 
barcha so‘zlar turkonadir [10,1-,5-tomlar, 151,505.
Mumtoz g‘azallarda yorning qoshini arabcha “yoy” harfiga hamda 
kamonning yoyiga, kiprigini kamon o‘qlariga o‘xshatish keng tarqalgan 
edi. Har ikki ijodkor bu tasvir vositalari orqali go‘zal badiiylik yaratish-
gan. Ya’ni bu misralarda keltirilgan “yoy” so‘zini ikki xil ma’noda tu-
shunish mumkin. Birinchisi arab alifbosidagi “yoy” harfi, ikkinchisi 
yoy, ya’ni kamon ma’nosida qo‘llanilib, tilda mavjud bo‘lgan imkoni-
yatlardan keng foydalanilgan.
Sayfi Saroyining “Suhayl va Guldursun” hamda Alisher Navoiyn-
ing “Farhod va Shirin” dostonlari qahramonlarining nutqida ma’shuqa 
go‘zalligi ta’rifi quyidagicha beriladi: 
Til g‘ayratidin tutmon otin! 
(“Farhod va Shirin”)[3] 
Tilim evrilmas aytmog‘a sifoti(n). 
(“Suhayl va Guldursun”)[9, 328] 
Navoiy tasvirda foydalangan “g‘ayrat” so‘zi arabiydir. Shuning sa-
babdan bu baytni tushunish biroz qiyinchilik tug‘diradi. G‘ayrat so‘zi 
“rashk”, “qizg‘onish”, “ishtiyoq” degan ma’nolarni bildiradi [10,5-


29 
tom,429]. Bu baytda tasvirlangan oshiqning ishqi shu darajada kuchliki, 
hatto yorning ismini ham tilidan rashk qiladi. Bu uning ishqiga bo‘lgan 
sodiqligidan darak beradi. 
Sayfi Saroyi esa butunlay turkona jumlada go‘zal badiiylik 
yaratadi. Oshiq yorining xislatlarini sanay olmaydi, chunki uning si-
fatini ta’riflashga so‘zlar topilmaydi. Shu bir misradayoq Suhaylning 
ishqi naqadar kuchli ekanligini his qilish mumkin. Guldursunning husni 
va ishqining ta’rifini shoir shunday bayon etadi: 
Emas gul yuzi Guldursundin ortuq, 
Aning ko‘nglinda ishq tengizdan ortuq. 
(“Suhayl va guldursun”)[9,328] 
Sayfi Saroyi bu baytda arabcha “ishq” hamda forscha “gul” 
so‘zlaridan foydalanadi [10,1-,2-tomlar,516,261]. Qolgan barchasi 
turkiychadir. Shoir Guldursunning husni har qanday guldan ziyoda 
ekanligini ta’riflash bilan bir qatorda uning ishqi dengiz kabi ulkan 
ekanligini ham tasvirlab beradi. Ya’ni shoir o‘z qahramonini ham ish-
qda, ham go‘zallikda tengsizligi bir baytga singdira oladi.
Navoiy esa Farhodni ta’riflar ekan ishq uning yuzida namoyon 
ekanligi hamda uning dardi ko‘nglida makon tutganligi aytib o‘tadi. Bu 
orqali shoir qahramonining ishqa tengsizligi go‘zal badiiy vositalar bi-
lan ochib beradi: 
Yuzinda ishq asrori yozilg‘on, 
Ichinda dard ta’vizi qozilg‘on. 
(“Farhod va Shirin”)[3] 
Baytda qo‘llangan “ishq”, “asror”, “dard”, “ta’viz” so‘zlari arabiy 
va forsiy bo‘lib, turkiyzabon aholi bu misralarni tahlilga tortish uchun 
lug‘atga murojaat qilishi kerak bo‘ladi [10,1-tom,110,562].
Xulosa qilib aytganda, Oltin O‘rda va Xuroson adabiyoti turkiy ad-
abiyot bo‘lsa ham ular orasida ma’lum bir farqlanishlar mavjud edi. Bir-
inchidan, Navoiy ham, Sayfi Saroyi ham saroyda ijod qilishgan 
bo‘lishiga qaramay ularni qurshab turgan muhit tubdan farq qilardi. 
Ya’ni Sayfi Saroyining atrofida turkiy xalqlar istiqomat qilishgan 
bo‘lsa, Navoiyning atrofida esa turkiylar bilan qatorda arabiy hamda 
foysiyzabon aholi yashar edi. Har ikki ijodkor atrofidagilarga tushunarli 
bo‘lgan til uslublaridan foydalanishga harakat qilishgan. 


30 
Ikkinchidan, Navoiy qofiya talabi bilan arabiy va forsiy so‘zlardan 
ko‘p foydalanganligini ham ta’kidlab o‘tadi. Shoir asosan nazmda 
qalam tebratgani uchun qofiyadosh so‘zlarga ko‘p murojaat qilgan. 
Chunki masnaviy hamda g‘azal uchun qofiya birlamchi unsur hisobla-
nadi. Shu sababdan ham turkiy bilan bir qatorda arabiy hamda forsiy til 
boyliklaridan unumli foydalangan. Sayfi Saroyi esa Navoiychalik katta 
hajmli asarlar yaratmagan.
Uchinchidan, Oltin O‘rda adabiy muhitida Sayfi Saroyigacha 
hamda u bilan bir davrda yaratilgan asarlarning deyarli barchasi turkiy 
tilda edi. Xuroson adabiy muhitida esa vaziyat tubdan farq qilardi. 
Navoiygacha yashagan va unga zamondosh shoirlar ijodi ham forsiy, 
ham turkiy tilda edi. 
Adabiyotlar 
1. 
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar 2 jildlik. –Toshkent: 
Ma’naviyat, 2006. 
2. 
Odob-axloq kitobi. –Toshkent: Yangi asr avlodi,2015. 
3. 
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 1-jild. G‘aroyib 
us-sig‘ar. –Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2013. 
4. 
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami 10 jildlik. 6-jild. Farhod va 
Shirin. –Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2013. 
5. 
Alisher Navoiy. Muhokamat ul-lug‘atayn. –Toshkent 1967. 
(P.Shamsiyev). 
6. 
To‘xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (majmua) I kitob. –
Toshkent: Cho‘lpon, 2012. 
7. 
Nasimxon Rahmonov. O‘zbek adabiyoti tarixi. –Toshkent: Sano-
standart, 2017. 
8. 
Mahmud Koshg‘ariy. “Devonu lug‘ati-t-turk” (Q.Sodiqov). –
Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2017. 
9. 
Tursunov U., O‘rinboyev B., Aliyev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 
10. Uch bulbul gulshani. –Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1986. 
11. O‘zbek tilining izohli lug‘ati 5 jildlik. –Toshkent: O‘zbekiston mil-
liy ensiklopediyasi, 2006-2008. 
© Khaydarova Sh., 2019 


31 
УДК 811.161.1 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish