Филологические науки: состояние, перспективы, новые



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/115
Sana23.02.2022
Hajmi3,3 Mb.
#159044
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115
Bog'liq
filologicheskie nauki sostoyanie perspektivy novye paradigmy issledovaniy

“Durdona qayerga ketdi?” (g) = “Durdona ketgan”; “Sumkani 
qayerdan sotib olding?” (d) = “Sen sumka sotib olgansan”. Ushbu 
hukmlarning shakllanishi so‘roq olmoshli struktura qo‘llanishi bilan 
bog‘liqdir. A.Nurmonov ham presuppozitsiyaning lisoniy ifodalanish 
shakliga - moddiy vositasiga, tashqi signallarga ega ekanligini e’tirof 
etadi. [5, 115-116]. Bunday moddiy vositalar qatoriga turli lug‘aviy 
birliklar, yuklama va ko‘makchi kabilarni kiritishadi. Pragmalingvistik 


23 
adabiyotlarda “presuppozitsiyani faollashtiruvchilar” (presupposition 
triggers) deb atalayotgan [3, 179] ushbu vositalar presuppozitsiyaning 
“lisoniy libosi”dir, ular vositasida yashirin ma’no yanada botinlashadi. 
O‘zbek tilida presuppozitsiyaga ishora qiluvchi mahsuldor so‘z 
turkumlaridan biri fe’ldir. Ko‘p hollarda gapda fe’l so‘z turkumi bilan 
ifodalangan so‘z orqali gapda muayyan presuppozitsiyaga yo‘l ochiladi. 
Masalan, “Eleynning yuzlariga g‘am soya solib, ko‘zlarida cheksiz 
mung paydo bo‘ldi”, “Lift eshiklari ochildi va u liftga qadam 
qo‘yganda ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi”, “Birov bilib, birov bilmay, 
sekin-asta Ona Bayit mozori atrofida Pochta quti degan nomsiz shahar 
paydo bo‘ldi” gaplarida paydo bo‘ldi fe’li orqali “Eleynning ko‘zlarida 
cheksiz mung yo‘q edi” “U liftga qadam qo‘yishidan oldin ko‘zlarida 
yosh yo‘q edi”“Pochta quti degan nomsiz shahar avval yo‘q edi” kabi 
presuppozitsiyalar “paydo bo‘lmoq” fe’li vositasida anglashiladi. 
Uyg‘onmoq fe’li ham presuppozitsiyaga yo‘l ochadi. U ko‘chma 
ma’noda hayot, faoliyatga qo‘zg‘almoq va paydo bo‘lmoq, hosil 
bo‘lmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Uyg‘onmoq fe’li oxirgi ko‘chma 
ma’nosi vositasida presuppozitsiyaga ishorani yuzaga keltiradi. 
Masalan, “Bu insonga nisbatan menda nafrat hissi uyg‘ondi”, “Shu 
tobda ko‘nglida uzoq yillar birga yashab, hayotning ne-ne achchiq-
chuchuklarini churq etmay birga totib kelgan zahmatkash ayoliga 
nisbatan iliq mehr,cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari uyg‘ondi” gaplarida 
“Qahramonda oldin unga nisbatan nafrat hissi bo‘lmaganligi” va 
“Zahmatkash ayoliga nisbatan shu paytgacha iliq mehr, cheksiz 
minnatdorlik tuyg‘ulari avval bo‘lmaganligi” aynan uyg‘onmoq fe’li 
orqali anglashiladi. 
Ayrim hollarda oqarib ketmoq va qolmoq fe’llari gapda shaxsning 
tashqi ko‘rinishi oldin qanday bo‘lganligini presuppozitsiya vositasida 
shakllantiradi. Misol uchun, “Marjning rangi oqarib ketdi”
“Luqmonovning rangida rang 
qolmadi”(S.Ahmad) gaplarida 
“Marjning yuzining rangi oq bo‘lmaganligi” va “Luqmonovning 
yuzining rangi oldin sariq bo‘lganligi” yuqoridagi fe’llar vositasida 
ko‘rinadi. 
Ba’zan gapda fe’llar tasdiq shaklda kelib, inkor mazmundagi 
presuppozitsiyani vujudga keltirishi ham mumkin. “Endi bunaqa 
odamlarni topib bo‘psan”(Ch.Aytmatov), “Bunday nozik ishlar 


24 
o‘g‘limning qo‘lidan keladi”, “Holbuki Levi xonimday ayol o‘z 
aytganining ustidan chiqishiga ishonishim lozim edi” gaplarida “Endi 
bunaqa odamlarni topolmaysan”, “Bunday nozik ishlar mening 
qo‘limdan kelmaydi”, “Levi xonim o‘z aytganining ustidan chiqishiga 
ishonmadim” kabi axborotlar fe’lning presuppozitsiyaga ishorasi 
asosida voqelanadi. 
Shuningdek, gapda ikkita inkor shakldagi fe’l yonma-yon kelib, 
darak mazmunidagi presuppozitsiyaga yo‘l ochishi mumkin. Buni 
quyidagi misollar tahlilida kuzatish mumkin: “Edigey Bo‘ron o‘z 
so‘zining ustidan chiqmasdan qo‘ymaydi”(Ch.Aytmatov), “Uni yodga 
olmay bo‘lmaydi”. Bu gaplarda “chiqmasdan qo‘ymaydi” va “yodga 
olmay bo‘lmaydi” fe’llari yordamida “Edigey Bo‘ron doim o‘z 
so‘zining ustidan chiqadi”, “U har doim yodga olinadi” singari 
presuppozitsiyalar voqelanadi. 
O‘zbek tilida presuppozitsiyaga ishora qiluvchi sermahsul 
fe’llardan biri “boshlamoq” hisoblanadi. U yetakchi fe’llar bilan birga 
qo‘llanib, gapda muayyan presuppozitsiyaga yo‘l ochadi. Jumladan, 
“Ko‘p o‘tmasdan osmon ko‘z yosh to‘ka boshladi” va“U o‘rnidan 
turib, beixtiyor tatar opoy ip yigirayotgan tomonga yura boshladi” 
(S.Ahmad) gaplarida “Osmon ko‘z yosh to‘kmayotgandi (Havo ochiq 
edi, yomg‘ir yog‘mayotgandi)”, “U yurgani yo‘q edi” kabi yashirin 
axborotlar aynan “boshlamoq” fe’li orqali ifodalanadi. Shuningdek, 
“Edigey qarigan chog‘imda ham ahmoq ekanman, deb o‘zini koyiy 
boshladi” (Ch.Aytmatov), “Qora Jayron kishnab, tuyog‘i bilan 
shag‘allarni orqaga otib, yaqin borganni tepa boshladi” (S.Ahmad) 
misollarida ham “Oldin Edigey o‘zini koyigani yo‘q edi”, “Qora 
Jayron shu paytgacha hech kimni tepgani yo‘q edi” presuppozitsiyalari 
mavjud.
Ba’zan fe’llar insonning xarakteri oldin qanday bo‘lganini bilishga 
yordam beradi. Bu presuppozitsiya vositasida anglashiladi. Masalan, 
Tolibjon shovqinga chidamaydigan, gap ko‘tarmaydigan bo‘lib qoldi” 
(S.Ahmad), “Qaytib mashinaga o‘tirganimizda G‘afur G‘ulom kamgap 
bo‘lib qoldi” (S.Ahmad) gaplarida “Tolibjon oldin shovqinga 
chidaydigan, gap ko‘taradigan edi”, “G‘afur G‘ulom avval sergap edi” 
singari shaxs xarakteriga oid bo‘lgan xususiyatlar fe’llar vositasida 
yuzaga chiqmoqda.


25 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, presuppozitsiya muayyan 
til birligining ishorasi asosida gapda yashirin tarzda yuzaga chiqadi. U 
asosiy hollarda tilda amal qiluvchi tejash tamoyili oqibatida namoyon 
bo‘ladi. Mustaqil so‘z turkumlaridan biri bo‘lgan fe’l orqali ham 
presuppozitsiya anglashiladi. Bu esa bizga yashirin axborotlarni bilib 
olishimizga yordam beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. Ahmad Mohir Pakshon.Baxtini topgan yigit. – Toshkent: Sano-
standart, 2017. 
2. Burxonov Z. O‘zbek tilida ko‘makchilar va ularga vazifadosh 
kelishiklar pragmatikasi (presuppozitsion aspekt): Filol.fan.nom. 
…dis.avtoref. – Toshkent, 2008. 
3. Levinson S.K. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University 
Press, 1984. 
4. Garold Gobbins. Meni tashlab ketma. – Toshkent: O‘zbekiston, 
2016. 
5. Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo‘jayev S. O‘zbek 
tilining mazmuniy sintaksisi. – Toshkent: Fan, 1992.
6. Rahimov 
U. O‘zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi: 
Filol.fan.nom. …dis.avtoref. – Samarqand,1994. 
7. Said Ahmad.Jimjitlik. –Toshkent: Sano-standart, 2018. 
8. Aytmatov Chingiz.Asrni qaritgan kun. – Toshkent, 2018. 
© Muhammadaliyeva Sh.M., 2019 


26 
УДК 81-119 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish