202
ishlari yuklatiladi. Bundan tashqari “Toshmetroloyiha” instituti, “Toshkent
metropoliteni boshqarmasi” ekspluatatsiyasi uchun mas’ul huquqiy shaxslardir.
Korxonalardagi avariyalar davomida ko‘p tonnalik idishlar buzilishi
oqibatida KTZM (Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda) korxona hududiga tarqalishi
oqibatida korxona ishchilaridan tashqari korxona yaqinida yashayotgan aholining
sog‘ligiga ham zarar keltirishi mumkin. Zarar keltirish miqyosi havoga tarqalgan
KTZM ning miqdori, uning konsentratsiyasiga, fizikaviy va kimyoviy xossalari,
meterologik sharoitlari, hudud relefi, shahar va qishloqlardagi imoratlarning
zichligiga bog‘liq. KTZM tarqalganda avvalo korxonaning hududida yuqori
konsentratsiyaga ega bo‘lgan “bulut” paydo bo‘lib, uning tarqalishi davomida
ikkilamchi bulut vujudga keladi va korxonadan tashqariga ham tarqaladi.
Ikkilamchi bulut konsentratsiyasi birlamchisiga qaraganda ancha past bo‘lgani
bilan, insonlar sog‘ligi uchun xavf tug‘diradi.
Demak, zararlangan hududda bo‘lgan odamlar radiaktiv moddalar bilan
zararlangandan so‘ng, mehnatga layoqatsiz deb topilib, so‘ngra og‘ir kasalga
chalinishi va halok bo‘lishi mumkin. Shuning uchun aholini va birinchi galda
iqtisodiyot ob’ektlaridagi xodimlarni muhofaza qilish uchun quyidagi tadbirlarni
bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jumladan:
- texnologik jarayonlardagi yong‘in va kimyoviy xavfli hodisalarni
xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini barpo etish;
- yirik (yalpi) yong‘inlar chiqishi imkoniyatini bartaraf etish bo‘yicha
tadbirlarni bajarish;
- iqtisodiyot ob’ektlarini avariyasiz to‘xtatish tadbirlarini bajarish;
- favqulodda vaziyatda ishlab chiqarish xodimlarini shoshilinch muhofaza
qilish va evakuatsiya qilish uchun sharoit yaratish;
- texnologik jarayonlardagi yong‘in va kimyoviy xavfi bor moddalarni
xavfsizlariga almashtirish tadbirlarini bajarish;
- ishlab chiqarishda yong‘in va kimyoviy xavfli moddalar ishlatilishiga yo‘l
qo‘ymaydigan texnologiyalar ishlab chiqish;
- yonilg‘i, suyuqlik va KTZM solingan idishlar atrofini tuproq tortib,
(bordyur bilan) o‘rash;
- kimyoviy xavfli ob’ektlarda xavfsizlik choralarini ko‘rish;
Ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari ishonchliligini oshirishning asosiylari
quyidagilar hisoblanadi:
- favqulodda rejimga mo‘ljallab, mol etkazib beruvchilar bilan ishlab
chiqarish aloqalarini maksimal darajada kamaytirish;
- avariyada ta’minlash ko‘chma vositalarini ko‘paytirish;
- xom ashyo, materiallar va h.k. zahiralari muhofazada bo‘lib-bo‘lib
saqlanishini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: