252
zaxira NOAYaTHQ vositalar, havo ballonlari va ularning ehtiyot qismlarini
saqlash;
GTHX bazasi tashkil qilingan qismning boshliqlar tarkibi va shaxsiy tarkibiga
biriktirilgan NOAYaTHQ vositalarini saqlash;
kislorod (havo) ballonlarni kislorod (havo) bilan to‘ldirish va ularni sinovdan
o‘tkazish;
kimyoviy yutgichlarni saqlash va tiklash qutilarini qayta zaryadlash;
NOAYaTHQ vositalarni yuvish, quritish va dezinfeksiya qilish.
GTHX bazasi ishini ta’minlash deganda NOAYaTHQ vositalaridan
foydalanish uchun doimiy ravishda tayyor holatda saqlab turish maqsadida, ularga
texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash, ulardan texnik jihatdan to‘g‘ri
foydalanishni tashkillashtirish va amalga oshirish tushuniladi.
Baza
ishini tashkillashtirish, bazaga biriktirilgan NOAYaTHQ vositalarning
holatini nazorat qilish va ularni ta’mirlash uchun GTHX katta ustasi lavozimi
ko‘zda tutiladi. GTHX ustalarining soni bitta usta tomonidan 50-150 dona
NOAYaTHQ vositalarga texnik xizmat ko‘rsatilishi hisobga olgan holda,
bo‘linmaning namunaviy shtatida belgilab beriladi.
GTHX bazasi, qoidaga ko‘ra, bir nechta yong‘in-qutqaruv qismlariga xizmat
ko‘rsatadi va jangovar hisobida GTHX ekipaji mavjud bo‘lgan qismlarning
bittasida tashkil qilinadi.
Agar garnizonda 400 dan ortiq NOAYaTHQ vositalar mavjud bo‘lsa, unda
garnizon GTHX bazalari tashkillashtiriladi.
Yirik yong‘in-qutqaruv garnizonlarida ko‘chma GTHX bazalari tashkil
qilinadi. Ushbu bazalar avtomobil yoki tirkama shassisiga o‘rnatiladi. Ko‘chma
GTHX bazalari tomonidan uzoq davom etuvchi yong‘inlarda
havo ballonlarini
to‘ldirish, NOAYaTHQ vositalarning mayda detallarini ta’mirlash va 2-sonli
tekshiruv amalga oshiriladi.
Barcha yong‘in-qutqaruv xizmati bo‘linmalarida, shu jumladan, GTHX
bazalarida hamda yong‘in o‘chirish tezkorlik shtablari tashkil qilingan joylarda
GTHX nazorat postlari tashkil qilinadi.
GTHX nazorat postlarining asosiy funksiyalari:
jangovar navbatchilikdan bo‘sh bo‘lgan shaxsiy tarkibga biriktirilgan
NOAYaTHQ vositalarini saqlash;
NOAYaTHQ vositalarning alohida zaxira qismlarini, kislorod (havo)
ballonlarini va zaryadlangan tiklash qutilarini saqlash;
NOAYaTHQ vositalarning 1- va 2- sonli tekshiruvlarni o‘tkazish, yuvish,
quritish va dezinfeksiya qilish.
GTHX nazorat posti ishini ta’minlash - bu nafas olish a’zolarini yakka
tartibda himoya qiluvchi vositalarni doimiy tayyor
holatda ushlash uchun smena
(navbatchi smena) shaxsiy tarkibi tomonidan unga texnik to‘g‘ri xizmat
ko‘rsatishni tashkil qilish va amalga oshirish.
GTHX nazorat postining qurilmalari saqlash, tozalash, dezinfeksiyalash,
1- sonli va 2- sonli tekshiruvlarni o‘tkazish uchun sharoitlarni ko‘zda tutadi.
GTHX bazasi va nazorat posti tabel me’yorlariga muvofiq qurilmalar,
uskunalar va inventar bilan ta’minlanadi.
253
Soz (tekshirilgan) va nosoz NOAYaTHQ vositalar GTHX bazalarida alohida
shkaf
yoki stellaj yacheykalarida, qism va detallari zararlanmaydigan holatda
saqlanadi. Har bir yacheyka NOAYaTHQ vositalar raqami bilan ko‘rsatilgan
yorliq bilan ta’minlanadi va yacheykaga ushbu vositadan foydalanuvchining
F.I.Sh. yozib qo‘yiladi.
Smena xizmatidan bo‘sh bo‘lgan shaxsiy tarkibning nafas olish apparatlari,
himoya gazniqoblari, shuningdek zaxira NOAYaTHQ vositalar,
ballon va tiklash
qutilari GTHX baza (nazorat post)larida ishga tayyor, toza va soz holatda
saqlanadi.
Zaryadlangan tiklash qutilarini saqlash muddati ohakli kimyoviy yutgich
(keying matnda OKYu)ni kafolatlangan saqlash muddati (ishlab chiqarilgan
kundan boshlab 2 yil)ni hisobga olgan holda, quti
zaryadlangan kundan boshlab
6 oydan oshmasligi kerak. OKYu ishlab chiqarilgan sana va tiklash qutisi
zaryadlangan sana tiklash qutisi qobig`i(korpusi)ga yelimlangan yorliq (etiketka)da
ko‘rsatiladi.
Zaxira tiklash qutilari va kislorod (havo)li ballonlar tiqini (qopqog‘i,
zaglushkasi) bilan birgalikda saqlanadi, bundan tashqari tiklash qutilari
muhrlangan holatda bo‘ladi.
NOAYaTHQ vositalarni ta’mirlash va tekshirishga, tiklash qutilarini
zaryadlash va ballonlarni to‘ldirishga olib borish uchun yacheykalarga ega maxsus
qutilardan foydalaniladi.
Yong‘in-qutqaruv xizmati bo‘linmalari va boshqaruv
organlariga keltirilgan
barcha yangi NOAYaTHQ vositalar GTHX bazasida konservatsiya va
dezinfeksiya qilinadi, zaryadlanadi va 2- sonli tekshiruvdan o‘tkaziladi.
GTHX bazasida saqlanayotgan har bir NOAYaTHQ vositasiga, ishlab
chiqargan korxona tomonidan berilgan pasporti bilan birgalikda,
bir vaqtning
o‘zida hisob varaqasi ham ochiladi.
NOAYaTHQ vosita YoQXB xodimiga belgilangan tartib va qoidalar asosida
biriktirilgandan so‘ng, ushbu biriktirilgan xodim tomonidan "O‘zbekiston
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarida Gaz va tutundan
himoyalash xizmati qoidalari"da ko‘rsatilgan tartibda va ketma-ketlikda 2- sonli
tekshiruvni o‘tkazadi.
NOAYaTHQ
vositasi
kafolat
muddati
davrida
ishlab-chiqaruvchi
korxonaning aybi bilan ishdan chiqqan holatda, O‘zbekiston Respublikasi FVV
tomonidan ishlab-chiqaruvchi korxonaga reklamatsiya yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: