UrDU Fizika-matematika fakulteti
Axborot Texnologiyalari kafedrasi
161- KT Informatika va AT guruhi talabasi
Madaminova Shaxloning
Informatika va AT o`qitish fanidan
1-laboratoriya ishi
Mavzu:Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari ishini tashkillashtirish.
Ishdan maqsad: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari ishini tashkillashtirishni o`rganish
Nazariy qism:
Informatika fanini o’qitishda quyidagi vazifalar mavjud:
1)umumta’lim;
2) amaliy;
3) rivojlantiruvchi;
4) tarbiyaviy;
5) nazorat etish.
Informatika bo’yicha sinfdan tashqari ishlar - darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar bilan olib boriladigan majburiy bo’lmagan mashg’ulotlarga tushuniladi.
Ikkita yo’nalish mavjul:
boshqalardan dastur materialini o’zlashtirishda orqada qolayotgan o’quvchilar bilan ishlash (qo’shimcha sinfdan tashqari mashg’ulotlar);
Informatikani o’rganishga boshqalarga qaraganda qiziqish va qobiliyat ko’rsatayotgan o’quvchilar bilan ishlash.
Birinchi yo’nalish:
maktablarda amalga oshiriladi, individual asosda olib boriladi.
Asosiy maqsadi, informatika kursi bo’yicha o’quvchilar bilimidagi kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish hisoblanadi.
Uning quyidagi xususiyatlari mavjud:
qo’shimcha sinfdan tashqari mashg’ulotlar 3-4 o’quvchi bilan olib boriladi, ular bir xil bilim saviyasida, qobiliyati bir xil; bu mashg’ulotlar individuallashtirilgan;
bir haftada bir marta, individual reja bo’yicha uy ishi bilan qo’shib olib boriladi;
takroriy o’tilgandan so’ng yakuniy nazorat o’tkazilib, baho qo’yiladi;
ta’limiy xarakterga ega, “ didaktik materiallar” dagi mustaqil ish yoki nazorat ishlardan foydalaniladi;
o’qituvchi o’zgarishni tahlil etib boradi, tipik xatolarni o’rganadi va bartaraf etish yo’llarini izlaydi.
Ikkinchi yunalishda asosiy maqsadlar:
o’quvchilarda informatikaga turg’un qiziqishni uyg’otish va rivojlantirish; o’quvchilar bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish;
informatik qobiliyatlarni optimal rivojlantirish;
matematik tafakkur madaniyatini tarkib toptirish;
mustaqil ijodiy ko’nikmalarni shakllantirish;
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar uch xil bo’ladi:
sinfdan tashqari ishlar;
maktabdan tashqari ishlar;
mustaqil ishlar
sirtqi ishlar.
Topshiriqlar
Mavzuga oid 10 xil turdagi test tuzish.
Mavzuga oid atamaga sinkveyn yozish.
Mavzuga oid atamalrga oid grafik organeyzerlardan birini ishlab chiqish.
Mavzuga oid T-sxema texnologiyalaridan qo`llash
Topshiriqlarni Assisment jadvaliga 30 ballik tizimda joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |