Uchinchi bosqich (2000-2009yy.) – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo‘lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishda muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi. Bu davr bevosita ikki palatali Oliy Majlis tizimiga o‘tish bilan bog‘liq saylov qonunchiligi tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va yangilash hamda erkinlashtirish sharoitida Prezident vakolati muddatini o‘zgartirilishi va uning ayrim vakolatlarini Senat va Bosh vazirga o‘tkazilishi, ikki palatali parlament barpo etilishi o‘z-o‘zidan saylov to‘g‘risidagi qonunlarning o‘zgarishiga olib keldi. SHu bois 2003 yilning 29 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar30 hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. SHunday qilib, ikki palatali parlamentga saylovlar uchun zarur normativ-huquqiy baza amalda yaratildi. Unda saylov huquqining xalqaro standartlari va saylov tizimlarini rivojlantirish tajribasi, shuningdek mamlakatda parlamentarizm taraqqiyotining milliy xususiyatlari e’tiborga olindi. Masalan, 2004 yilgi saylovlarga qadar saylov qonunchiligiga joriy etilgan eng muhim yangiliklar qatorida – mahalliy Kengashlarning deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi bekor qilinganligi, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatganida xotin-qizlar uchun kvota belgilangani, shuningdek saylovoldi tashviqotini olib borishda partiyalar faoliyatini moliyalashtirish masalasining hal etilganligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. 2004 yil 30 aprelda «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonun esa partiyalarga saylovoldi kurashini faol va saylovchilar uchun qiziqarli tarzda o‘tkazishlariga qo‘shimcha imkon yaratdi31.
Bundan tashqari, 2008 yil 19 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun saylov jarayonining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirdi.Ushbu qonunga muvofiq, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari sonini 120 tadan 150 taga oshirildi. Bunda 135 ta o‘rinni siyosiy partiyalardan ko‘ppartiyaviylik asosida bir mandatli okruglarda saylanadigan deputatlar egallaydi. O‘zbekiston ekologik harakatidan esa Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadigan bo‘ldi. SHuningdek, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan real jarayonlarda siyosiy partiyalarning roli kuchayib borayotganligi inobatga olinib saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish instituti bekor qilindi. SHuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafarga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |