Farmokognoziya oxiri p65


YURAK GLIKOZIDLARINING TASNIFI



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet185/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

YURAK GLIKOZIDLARINING TASNIFI
Anglikoni tarkibidagi to‘yinmagan lakton halqasining tuzili-
shiga ko‘ra, yurak glikozidlari ikki katta guruhga bo‘linadi.


211
1. 
Kardenolidlar.
Lakton halqasi 5 a’zoli va bir marta to‘yin-
magan.
2. 
Bufadiyenolidlar.
Lakton halqasi 6 a’zoli va ikki marta
to‘yinmagan.
Kardenolidlar, o‘z navbatida, ikki kenja guruhga bo‘linadi:
a) 
angishvonagul guruhi.
Bu guruh glikozidlari aglikonining
10-uglerod atomida metil radikali bo‘lib, ular inson va hayvon
organizmida ko‘proq to‘planib qolish va, so‘ngra, kuchli ta’sir
ko‘rsatish (zaharlash) xossasiga (kumulatsiya xossasiga)
egadirlar;
b) 
strofantus guruhi. 
Bu guruh glikozidlarni aglikonining
10-uglerod atomida aldegid, ba’zan spirt guruhi bo‘lib, ular
kumulatsiya xossasiga ega emaslar.
ANGISHVONAGUL BARGI – FOLIA DIGITALIS
O‘simlikning nomi.
XI DF ga ko‘ra, mahsulot angishvonagul
o‘simligining quyidagi ikki turidan tayyorlanadi: qizil angish-
vonagul — Digitalis purpurea L. va yirik gulli angishvonagul —
Digitalis grandiflora Mill., (Digitalis ambigua Murr.), sigirquy-
ruqdoshlar — Scrophulariaceae oilasiga kiradi (47-rangli rasm).
Qizil angishvonagul
ko‘p yillik o‘t o‘simlik, bo‘yi 50—120
sm ga (ba’zan 2 m ga) yetadi. Ildizidan birinchi yili faqat
ildizoldi to‘pbarglar, ikkinchi yili esa poya o‘sib chiqadi. Poyasi
bitta yoki bir nechta tik o‘suvchi bo‘lib, tuklar bilan qoplangan.
Ildizoldi barglari cho‘ziq tuxumsimon, o‘tkir uchli, to‘mtoq
tishsimon qirrali, uzun bandli bo‘lib, uzunligi 12—35 sm. Po-
yaning pastki qismidagi barglari uzun bandli, uzunligi 12—20
sm. Barg poyasining yuqori qismiga chiqqan sari kichiklashadi,
bandi esa qisqara boradi. Poyaning hamma qismidagi barglari
to‘mtoq tishsimon qirrali, barg-bandi esa qanotli bo‘ladi. Barg
plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to‘q yashil, pastki
tomoni esa kulrang, sertuk, to‘rsimon tomirlangan. Barg plas-
tinkasining pastki tomonidagi tomirlari juda yaxshi taraqqiy
etgan, ular aniq bilinib turadigan mayda to‘r hosil qiladi. Barg
plastinkasi pastki tomonining sertuk bo‘lishi va tomirlarining
o‘ziga xos to‘r hosil qilishi bu o‘simlikning asosiy xarakterli
belgilaridan biridir. Gullari egilgan bo‘lib, bir tomonli shingilga
to‘plangan. Gulkosachasi qo‘ng‘iroqsimon, asos qismiga qadar
besh bo‘lakka qirqilgan. Tojbargi beshta, angishvonasimon yoki
naychasimon-qo‘ng‘iroqsimon birlashgan, pastki qismi ingich-


212
karoq, usti qizil, ichi oq, ikki labli, yuqori labi sal qirqilgan
ikki bo‘lakli, pastki labi uch bo‘lakli bo‘lib, to‘mtoq uchbur-
chak shakliga ega. Otaligi 4 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga
joylashgan. Mevasi — ikki xonali, ko‘p urug‘li ko‘sakcha.
Iyun-iyul oylarida gullaydi, urug‘i iyul-avgustda yetiladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish