Farmokognoziya oxiri p65


Mahsulotning tashqi ko‘rinishi



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet187/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot angish-
vonagul o‘simliklarining quritilgan bargidan iborat. Angishvo-
nagul o‘simliklarining bargi, asosan, bir-biridan barg plastin-
kasining shakli, ser yoki kamtukliligi, tomirlarining taraqqiy
etishi hamda plastinkasining qirrasi bilan farq qiladi.
Qizil angishvonagul o‘simligining barglari cho‘ziq tuxumsi-
mon, o‘tkir uchli, to‘mtoq, tishsimon qirrali, uzunligi 2—35
sm bo‘ladi. Barg plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to‘q
yashil, pastki tomoni sertuk, kulrang, tomirlari yaxshi taraqqiy
etgan bo‘lib, aniq bilinib turadigan mayda to‘r hosil qiladi.
Yirik gulli angishvonagul o‘simligining barglari lansetsimon
yoki cho‘ziq lansetsimon, o‘tkir uchli, o‘tkir arrasimon qirrali
bo‘ladi. Barg plastinkasining har ikkala tomoni yashil rangli,
tuklar pastki tomonda tomirlar bo‘ylab joylashgan bo‘lib, barg
uzunligi 7—25 sm, eni 2—6,5 sm.
Mahsulot hidsiz va yoqimsiz-achchiq mazasi bor.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. 
Ishqor eritmasi bilan
yoritilgan qizil angishvonagul o‘simligi barg plastinkasining
tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (16-rasm).
Qizil va yirik gulli angishvonagul barglarining epidermis
hujayralari egri-bugri devorli bo‘ladi. Ustitsalar bargning yuqori
epidermisidan ko‘ra pastki epidermisida ko‘p uchraydi. Tuklar,
asosan, bargning pastki epidermisida joylashgan. Ular 2 xil
bo‘ladi: oddiy va boshchali tuklar. Oddiy tuklar uzun, 3 (ba’zan
5) hujayrali, biroz so‘galli, hujayra devori juda yupqa bo‘ladi,
ba’zan ayrim hujayralari tushib qolgani uchun u yerdagi tuk
devorlari bir-biriga tortilib birlashgan holda ko‘rinadi (angishvo-
nagul o‘simligiga xos). Boshchali tuklari mayda, ular ikki hu-
jayrali boshchadan va bir hujayrali kalta oyoqchadan iborat
bo‘lib, ustidan (ikki yonidan) qaraganda 8 raqamiga o‘xshaydi.
Ba’zan boshchasi bir hujayrali tuklar ham uchraydi.
Angishvonagulning hamma turlari bargida kalsiy oksalat
kristallari bo‘lmasligi, mayda, ikki hujayrali boshchali bezli va
uzun, oddiy, so‘galli tuklar bo‘lishi bilan xarakterlidir. Qizil


214
angishvonagul bargida oddiy tuklar zich, boshqa turlarda esa
siyrak joylashgan. Sertuk angishvonagulda oddiy tuklar 12
tagacha hujayrali bo‘lib, ular barg bandida va asos qismida
o‘rnashgan.
Angishvonagulning boshqa turlarini (malla angishvonagul,
sertuk angishvonagul va kiðrikli angishvonagul) barg epidermis
hujayralari ustki tomondan to‘g‘ri chiziqli bo‘lib ko‘rinadi. Ser-
tuk angishvonagul bargining epidermisi ustki tomondan aniq
ko‘rinadigan darajada qalinlashgan bo‘ladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish