94
IV bob. ORGANOPREPARATLAR
(MEDICAMENTA ORGANOTHERAPEUTICA)
4.1. Umumiy xossalari
Organopreparatlar deb hayvon a’zolari, to‘qimalari va
chiqindi moddalaridan tayyorlanadigan preparatlarga aytiladi.
XIX asrda ichki sekretsiya bezlari kashf qilingandan keyin orga-
nopreparatlarning ilmiy asosi yaratildi.
Êeyingi yigirma yil ichida organopreparatlar ishlab chiqarish
juda rivojlandi. Hozirgi vaqtda qon tomir kasalliklari va saratondan
keyingi uchinchi o‘rinda allergiya kasalligi turadi. Atrof-muhitdagi
havo, suv va tuproqning turli kimyoviy moddalar bilan o‘ta
ifloslanishi organizm chidamliligini
pasaytirib yubormoqda va
uni turli allergik kasalliklarga chalinishiga olib kelmoqda.
Hozir dunyo miqyosida 1300 xil allergen ma’lum, shundan
900 tasi O‘rta Osiyoda uchraydi. Ular ichida sun’iy
usulda olingan
dori-darmonlar ham bor. Shu sababli, ularni organizmga yaqin
tabiiy birikmalar bilan almashtirish katta ahamiyatga ega.
Organopreparatlar maxsus endokrin zavodlarda, qushxona
qoshidagi sexda yoki kimyo-farmatsevtika
korxonalarida ishlab
chiqariladi. Odatda, bu korxonalar qushxonaga yaqin joyda
tashkil qilinadi. Qushxonalarda veterinar nazoratida so‘yilgan
hayvonlarning kerakli organlari ajratib olinadi va tezda tegishli
ishlab chiqarish sexlariga yuboriladi yoki ular konservatsiya qi-
linadi. A’zolar quyidagi usullarda konservatsiya qilinadi:
1. Tegishli a’zo —8—12°C da, ba’zan —40°C da muzlatiladi.
Bunda bezlardagi kimyoviy jarayon deyarli to‘xtaydi va ta’sir
qiluvchi moddalar parchalanishdan saqlanadi.
2. 96 % li spirt yoki atsetonga solib qo‘yiladi. Bu usulda
a’zolar
saqlanishdan tashqari, yog‘ va yog‘simon moddalardan
ham tozalanadi.
95
3. Natriy xlorning to‘yingan eritmasi yoki quruq tuzga bo-
tirib qo‘yiladi. Ishlatishdan oldin a’zolar yog‘-go‘shtlardan toza-
lanib, go‘shtqiymalagichda qiym
alanadi.
Organopreparatlar xossalari bo‘yicha bir necha xil tasniflanadi:
a) qaysi a’zodan olinganligiga qarab (qalqonsimon bez
preparatlari, buyrak usti bezi preparatlari, jigar preparatlari va
boshqalar);
b) texnologiya jihatidan — olinish usuli va tozaligiga ko‘ra,
quruq organopreparatlar, ichiladigan va inyeksiya
uchun ishla-
tiladigan organopreparatlar;
d) ta’sir etuvchi moddasi bo‘yicha (gormonlar, endokrin
preparatlar, fermentlar, noaniq ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar).
Organopreparatlar tez parchalanib ketishi tufayli, ularni
tayyorlash jarayonida maxsus asbob-uskuna (sirlangan idishlar
va boshqa)lardan foydalanish, jarayonning tez bajarilishini
ta’minlash katta ahamiyatga ega. Organopreparatlar, ko‘pincha
terapevtik unumdorligi bo‘yicha o‘ziga xos biologik, ba’zan
kimyoviy usullarda baholanadi.
Quruq organopreparatlarning umumiy olinish texnologiyasi.
Ularni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: xom-
ashyoni tozalash,
qiymalash, quritish, yog‘lardan tozalash,
ajratuvchini uchirish, baholash va qadoqlash.
Organ olinib, go‘shtqiymalagichda qiymalanadi. Qiyma
sirlangan patnislarga yupqa qilib solinib, 40—50°C haroratda
quritiladi. Quritilgan mahsulot «Sokslet»
asbobida benzin yoki
petroley efiri bilan yog‘sizlantiriladi. Ajratuvchi bug‘latiladi.
Quruq mahsulot tegirmonlarda maydalanadi va baholanadi.
Ichish uchun mo‘ljallangan suyuq organopreparatlarning
olinishi. Êerakli organ qiyma holiga keltirilib, tegishli ajratuvchi
(efir, nordonlashtirilgan spirt, suv) bilan ajratma olinadi. Olingan
ajratma suvli eritmaga o‘tkazilib, yot oqsillar va yog‘lardan tozala-
nadi. Buning uchun salqin joyda bir necha kunga qoldirish,
izoelektrik
nuqtasiga yetkazish, tuzlash kabi usullardan foydalani-
ladi, suziladi va baholanadi. Yomon hidni yo‘qotish uchun unga
essensiya qo‘shiladi. So‘ngra qadoqlanadi va salqin joyda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: