92
tomonlama o‘rganilmagan va fitonsidli turg‘un preparatlar oli-
nadigan texnologiya ishlab chiqilgan emas.
Sanoatimiz piyoz va sarimsoq piyozdan fitonsid preparatlar
ishlab chiqaradi. Ular surtma dorilar
tarkibiga kirib, bakteriotsid
modda sifatida va ichish uchun: spirtli ajratmalari ishlatiladi.
Sarimsoq piyoz tindirmasi (Tinctura Alli sativi) 1 : 5 nisbatda
90 % li spirtda perkolatsiya usulida tayyorlanadi. Preparat tiniq
sarg‘ish-yashil bo‘lib tovlanadigan o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan
suyuqlik. Ekstraktiv moddalar 0,75—1,2 %. Sulfidlar alkilsul-
fidga hisoblanganda 0,15 % ni tashkil qiladi, zichligi 0,85—0,88.
Êichik idishchalarda chiqariladi. 10—20 tomchidan
kuniga
2—3 marta ichiladi. Salqin va qorong‘i yerda saqlanadi.
Sarimsoq piyoz spirtli ekstrakti (Extractum Allii sativi).
Ekstrakt 1 : 1 nisbatda 90 % spirt bilan reperkolatsiya usulida
olinadi. Ajratmada
antibakterial titri aniqlanib, 8 % li xlorid
kislotasi qo‘shib turg‘unlashtiriladi. Ekstrakt 1:4 nisbatda bak-
teriotsid, 1 : 100 nisbatda bakteriostatik ta’sirga ega. Preparat
suyuq, rangli, o‘ziga xos hidga ega. Quruq qoldiq 12 %.
Allilchep (Allilchepum). Bu piyoz boshidan 60—70 % spirtda
1 : 4 nisbatda tayyorlangan suyuq ekstraktdir.
Buning uchun piyoz boshi po‘chog‘idan tozalanadi va go‘sht
maydalagichda maydalanadi. Yozda piyoz boshi o‘rniga uning
yashil qismini ishlatish ham mumkin. 30 kg piyoz boshi bo‘t-
qasiga 40 kg 70 % li spirt qo‘shib aralashtiriladi va xona harora-
tida vaqt-vaqti bilan aralashtirilib turgan holda 7 kunga qoldiri-
ladi. So‘ng ajratma quyib olinadi. Qoldiqqa yana 30 kg 60 % li
spirt qo‘shib aralashtirib, 24 soatga qoldiriladi.
Êo‘rsatilgan vaqt tugagandan so‘ng ajratma quyib olinadi,
qoldiq siqiladi. Ajratmalar birlashtiriladi va undagi quruq qol-
diq hamda spirtning quvvati aniqlanadi.
Ajratmaning quruq
qoldig‘i 1,3—1,5 %, spirt quvvati 43—44 %, zichligi 0,95 bo‘l-
guncha 44 % li spirt bilan suyultiriladi. So‘ng ajratmaning har
bir litriga 0,3 g faollashtirilgan ko‘mir qo‘shib aralashtiriladi va
qalin mato orqali suziladi.
Allilchep sariq yoki yashil rangli
suyuqlik bo‘lib, piyoz hidini beradi.
Parishonxotirlik, qulunj
kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
93
1. Ekstraktlar holiga qarab qanday tabaqalanadi?
2. Suyuq ekstraktlar tayyorlanishining qanday usullari mavjud?
3. Nastoyka va suyuq ekstraktlar tayyorlashda ishlatiladigan perko-
latsiya orasida qanday farq bor?
4. Suyuq ekstrakt nima va ular qanday nisbatda tayyorlanadi?
5. Reperkolatsiya usullari va uning afzalliklari nimadan iborat?
6. Ekstraktlar nimadan iborat?
7. Nima uchun perkolatsiya usulida suyuq ekstrakt tayyorlashda 85 % li
ajratma ajratib olinadi?
8. Tugallangan va tugallanmagan siklda ajratma olishning mohiyati
nimada?
9. Moyli ajratma va ekstrakt tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlarini
aytib bering.
10. Qanday moyli ekstraktlarni bilasiz?
11. Ekstrakt tayyorlashda qanday ajratmalar
ishlatiladi va ularni tan-
lab olish nimalarga asoslangan?
12. Reperkolatsiya usulining mohiyati va ularning turlari.
13. Qarama-qarshi oqimga asoslangan ajratma olishning usullaridan
afzalligi nimada?
14. Ajratmalar yod moddalardan qanday tozalanadi?
15. Suv-suyultirilgan spirt, efir xloroforum suvi qanday ekstraktlar
olishda ishlatiladi?
16. Bug‘lash jarayonida qanday ko‘ngilsiz hodisalar yuz beradi?
17. Novogalen preparatlarining galen preparatidan farqi nimada?
18. Novogalen preparati tayyorlashda
qanday tozalash usullaridan
foydalaniladi?
19. Novogalen preparati qanday baholanadi?
20. Novogalen preparati qaysi dori shakllarida chiqariladi?
Do'stlaringiz bilan baham: