83
Quyuq va quruq ekstraktlar
Quyuq va quruq ekstraktlar turli sinflarga mansub bo‘lgan va
tarkibida biofaol moddalar bo‘lgan o‘simlik xomashyolaridan
olinib, maxsus guruhni tashkil qiladi. Ularni olishda ajratuvchi
sifatida har xil quvvatli etil spirti, dietil spirti, xloretan, suv,
xloroform, ammiak, nordonlashtirilgan suvlar, metilen xlorid
va xladonlarni ishlatish mumkin.
Chunki tayyor mahsulot tarkibida ajratuvchi deyarli bo‘l-
maydi. Quyuq ekstraktlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
nam joyda suyuladi va mog‘orlaydi,
quruqda esa namligini
yo‘qotib, qattiq bo‘laklar hosil qiladi.
Quruq ekstraktlar ishlab chiqarish ko‘lami tez sur’atlar bilan
o‘smoqda, chunki ularni ishlatish ancha qulaydir. Lekin quruq
ekstraktlar ishlab chiqarishda ham ba’zi muammolar mavjud.
Êo‘pchilik quruq ekstraktlar sochiluvchan tolqon bo‘lib, idish
og‘zi ochilishi bilan namlikni shimib olib, qotib qoladi, bu esa
ishlatishni g‘oyat qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilikni bartaraf etish
uchun shunday ajratuvchi va ajratma olish usulini tanlash lozimki,
u quruq ekstrakt namlanishiga sabab bo‘ladigan ekstraktiv mod-
dalarni xomashyodan deyarli ajratmasin, lekin biofaol moddalarni
iloji boricha to‘la ajratsin. Bundan tashqari, maqsadga muvofiq
to‘ldiruvchilarni ilmiy asosda tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Odatda, quyuq va quruq ekstraktlar tarkibida xomashyoga
nisbatan bir necha marta ko‘p miqdorda biologik faol moddalar
bo‘ladi. Ular sanoat korxonalari va dorixonalarda tindirmalar,
suyuq ekstraktlar,
murakkab tolqonlar, eritmalar, shamchalar,
tabletkalar, qiyomlar ishlab chiqarishda, ayrimlari esa hab dori-
lar tayyorlashda to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Quyuq va quruq ekstraktlar
ishlab chiqarish ajratma olish,
yot moddalardan tozalash, bug‘latish yoki quritish, baholash
va qadoqlash kabi texnologik bosqichlardan iborat bo‘ladi.
Ajratma olishda tindirma va suyuq ekstraktlar tayyorlashdagi
hamma usullardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga quyuq va
quruq ekstraktlar ishlab chiqarishda o‘ziga xos ajratma olish usul-
lari ham mavjud. Qarshi oqimda va aylanma (sirkulatsion) usulda
ajratma olish shu jumlaga kiradi. Bu usullarni qo‘llashdan maq-
sad, iloji boricha oz miqdorda ajratuvchi sarflab, uzluksiz kon-
sentrlangan ajratma olishdir. Bu esa k
atta iqtisodiy ahamiyatga ega.
84
Qarshi oqimda ajratma olish, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi:
birinchi usulga asoslangan asbob-uskunalarda xomashyo hara-
katlanmaydi, ajratuvchi esa perkolatorning pastki tomonidan
qarshi oqim bo‘yicha harakat qiladi, natijada xomashyo
bir te-
kis namlanadi va havoni siqib chiqaradi. Bu maqsadda 5 tadan
16 tagacha perkolatorlar naylar yordamida o‘zaro birlashtirilib,
bir butun qurilma hosil qilinadi.
Ajratmalarni yot moddalardan tozalash. Ajratma olish vaqtida
xomashyo va ajratuvchi tabiatiga, olinish usullariga qarab,
ma’lum miqdorda har xil yot moddalar (pektin, shilimshiq,
oqsil) ajralib chiqadi. Ajratmani quyultirishdan oldin ulardan
tozalash lozim. O‘t moddalar tabiatiga va miqdoriga qarab har
xil tozalash usullari qo‘llaniladi. Masalan, ajratmani salqin joyda
bir necha kunga qoldirib,
keyin suziladi, ma’lum vaqt qaynatib,
tindiriladi, ba’zan ma’lum miqdorda (2—20 %) adsorbentlar
bilan ishlov berib tindirib qo‘yiladi, so‘ng suziladi yoki sentri-
fugalanadi.
Ajratmalardagi yot moddalarni spirt yordamida cho‘ktirib
tozalash ham keng qo‘llaniladi. Ajratmani xomashyo miqdorining
yarmi qolguncha bug‘latiladi, sovitiladi, so‘ng qoldiqqa nisbatan
ikki marta ortiq (yoki xomashyo bilan bir xil) miqdorda 95 % li
spirt bilan qo‘shib aralashtiriladi, 8°C haroratda 5—6 kunga
qoldiriladi, so‘ng suziladi.
Ajratmani quyultirish. O‘t moddalardan tozalangan ajrat-
malar tegishli vakuum bug‘latgich qurilmalarida 50—60°C da
quyultiriladi. Agar ajratma spirtli eritma yoki spirt yordamida
tozalangan bo‘lsa, mo‘tadil bosimda (vakuumsiz)
spirt haydab
olinadi, so‘ng suvli qismi vakuum ostida bug‘latib quyultiriladi.
Quritish. Agar quyuq ekstraktni quritish lozim bo‘lsa, va-
kuum quritgich javonlaridan foydalaniladi. Quyultirilmagan
ajratmalar jo‘vali yoki vakuumli quritgichlarda quritiladi. Quritil-
gan ekstrakt lozim bo‘lsa, tegishli tegirmonda maydalanadi.
Baholash. Quyuq va quruq ekstraktlar qoldiq namlik, og‘ir
metallar va ta’sir etuvchi miqdori bo‘yicha baholanadi.
Saqlanishi. Quyuq va quruq ekstraktlar tarkibidagi biolo-
gik faol moddalari, ekstraktiv moddalari va ajratuvchisining
tabiatiga binoan gigroskopik xususiyatga ega. Shu tufayli 30,
50 va 100 g.li og‘zi keng burama qopqoqli shisha idishlarda
qopqoq ustidan parafinlangan hol
da saqlanadi.