Gipofiz opka bulagining gormonlari. Gipofizning orka bulagidan ikkita preparat ajratib olingan, ulardan biri siydik xosil bulishini keskin kamaytirib, kon bosimini oshiradi, ikkinchisi esa bachadon muskullarini kiskartiradi. Birinchisi antidiuretik gormon, yoki vazopressin deb, ikkinchisi oksitotsin deb atalgan. Vazopressinning antidiuretik ta’sir ztish mexanizmi buyrak ka-nalchalari siydigidan yiguvchi naylar devori orkali suvning kayta surilishini kuchaytirishdan iborat. SHuning uchun xayvonlarga va odamga shu gormon kiritilganda diurez kamayish bilangina kolmay, siydikning solishtirma ogirligi xam ortadi. Vazopressin tomirlarning (ayniksa arteriolalarniig) sillik muskullarini kiskartiradi va arterial bosimni oshiradi. Bu gormonning nomi xam shundan olingan. Lekin uning pressor effekta fiziologiyadan kura farmakologiya uchun kattarok axamiyatli. Gormonning katta dozalari sun’iy yul bilan kiritilgandagina shunday effekt kuzatiladi; normada ajralib chikadigan vazopressin mikdori tomirlarning sillik muskullariga ta’sir etmay, fakat antidiuretik ta’sir kursatadi. Oksitotsin bachadon sillik muskullarini (ayniksa xomiladorlik oxirida) kiskartiradi. Tugrukning normal utishi uchun albatta oksitotsin bulishi zarur. Bugoz urgochi xayvonning gipofizi olib tashlansa tugruk kiyinlashadi va chuzilib ketadi. Sut ajralishida xam oksitotsinning axamiyati bor. Sunggi yillarda vazopressin bilan oksitotsinning ximiyaviy tuzilishi aniklandi va ular sintez kilib olindi. Vazopressin xam, oksitotsin xam sakkizta aminokislota va uch molekula ammiakdan tuzilgan ekan. Vazopressin va oksitotsiyada oltita aminokislota bir xil, ammo ikki aminokislota bu ikki gormonda xarxil ekan (oksitotsinda — leysin va izoleysin, vazopressinda—fenilalanin va arginin). SHunday kilib, gipofiz orka bulagining gormonlari oldingi bulak gormonlariga karama- karshi ularok murakkab bulmagan polipeptidlardan tuzilgan.
Gipofiz ichki sekretsiyasining boshkarilishi
Boshka bir kancha endokrin bezlar: jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari, kalkonsimon bez funksiyasini boshkaruvchi gipofiz ichki sekretsiyasi uz navbatida shu bezlarning faoliyatiga boglik. Masalan, konda androgenlar, estrogenlar, glyukokortikoidlar va tiroksin kamayishi gipofizning gonadotrop, adrenokortikotrop va tireotrop gormonlar ishlab chikarishini stimullaydi. Aksincha, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va kalkonsimon bez gormonlari ortikcha bulsa, gipofizning shu gormonlarni ishlab chikarishi susayadi.
Shunday kilib, gipofiz teskari boglanish prinsipida ishlaydigan tegishli bezlarda gormonlar xosil bulishini avtomatik ravyshda zarur darajada saklaydigan nerv-gumoral regulyasiya sistemasiga mansubdir. Bu avtomatik regulyasiya (boshkarish) mexanizmlari va tegishli axborotni utkazish yullari xali oxirigacha aniklangan emas. Gipofizning oldingi bulagiga sim-patik nerv tarmoklar i keladi, bular esa bez xujayralarining sekretor aktivligini emas, balki tomirlar diametrini boshkarsa kerak. Gipofiz oldingi bulagining kon bilan ta’minlanish xususiyatlari, ya’ni bu bulak bilan gipotalamus uchun umumiy kon ta’minoti mavjudligi oldingi bulak funksiyalarini boshkarish mexanizmidakatta axamiyatga egadir. Gipotalamus kapillyarlaridan okib chikkan kon gipofizning portal tomirlariga kiradida, gipofiz xujayralarini yuvib utadi. Gipotalamus soxasida shu kapillyarlar atrofida nerv xujayralarining usiklaridan tuzilgan va kapillyarlarda uziga xos neyrokapillyar sinapslarni xosil kiladigan nerv turi bor. SHu tuzilmalar orkali neyrosekretsiya maxsulotlari, ya’ni gipotalamus xujayralarida ishlangan fiziologik aktiv moddalar konga utadi-da, bevosita gipofiz oldingi bulagining xujayralariga kon bilan etib kelib, ularning funksiyalarini stimullaydi. SHunday kilib, gipofiz oldingi bulagining ichki sekretsiyasini nerv sistemasi — gipotalamus yadrolari boshkaradi, shu bilan birga boshkaruv impulslari nerv yuli bilan emas, balki gumoral yul bilan utadi. Gipofizning orka bulagi oldingi bulagidan fark kilib gipotalamus yadrolariga nervlar bilan bevosita boglangan, chunki bu yadrolardagi nerv xujayralarining aksonlari gipofiz oyokchasidan utib, orka bulakda tugaydi. Gipofiz bilan gipotalamusning uzaro munosabatlari gipofiz funksiyalariga gipotalamusning boshkaruvchi ta’sir kursatishi bilan cheklanib kolmaydi. Gipotalamus neyrosekretsiyasining fiziologik aktiv moddalari gipofizning orka bulagiga nerv xujayralarining shu bulakda tugaydigan aksonlari orkali kiradi va gipofizda ishlanadigan gormonlar usha moddalardan xosil buladi. Jumladan, gipotalamus xujayralarida ishlanadigan va shu xujayralarning aksonlari orkali gipofizning orka bulagiga kelib pituitsitlarda tuplanadigan murakkab oksil birikmalardan oksitotsin va antidiuretik gormon xosil buladi. Murakkab oksil moddalar pituitsitlarda orka bulak gormonlariga aylanib, konga chikadi. Gipofiz oldingi bulagining xujayralari gipotalamusga boshkacha boglanadi. Oldingi bulak gormonlari gipotalamus yadrolarining neyrosekretsiya maxsulotlari shu bulakka kelgach xosil buladi. Favkulodda ta’sirot bilan kelib chikadigan va taranglanish xolatiga sabab buladigan nerv impulslari gipotalamusning orka yadrolarida biologik aktiv modda — kortikotropinni stimullovchi faktor sekretsiyasiga olib keladi, deb faraz kilishadi. Xuddi shunga uxshash, gipofizdan gonadotrop gormonlar chikishi gipotalamus yadrolarining gonadotropinni stimullovchi faktorni ishlab chikarishiga boglik; tireotrop gormon xosil bulishi tireotropinni stimullovchi faktorning ta’siriga boglik. Gipofiz buyinga kuchirib utkazilsa, yukorida kursatilgan gormonlarni chikarmasligi shu farazni tasdiklaydi. Gipofiz tukimasi buyindan yana turk egari soxasiga olib utkazilsa, gipofizning oldingi bulagining gormonlari tagin chikaveradi. Demak, gormonlar normal ravishda chikib turishi uchun gipotalamusning neyrosekretsiya maxsulotlari gipofizga uzluksiz kelib turishi zarur. Gipofizdan tireotrop, adrenokortikotrop va gonadotrop gormon-larning ajralib chikishi intensivligi kalkonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning kondagi gormonlari mikdorini boshkarar ekan, bunga yordam beradigan teskari boglanish mexanizmi gipotalamus yadrolari orkali amalga oshadi. Masalan, kalkonsimon bezning yoki jinsiy bezlarning gormonlari gipofiz oldingi bulagining xujayralariga bevosita ta’sir etganda tireotrop va gonadotrop gormonlarning xosil bulishi susaymaydi; shu bilan birga bu bezlarning gormonlari gipotalamus soxasiga ta’sir etganda xozir kursatilgan effekt kelib chikadi. Gipotalamusning gipofizga boglanishi uzilmagandagina shunday effekt kuzatiladi; bu boglanish uzilganda effekt yukolib ketadi.
SHunday kilib, gipofiz va gipotalamus gipofizdan tegishli gor-monlar chikarish yuli bilan, ya’ni gumoral yul bilan, shuningdek oliy markazi gipotalamusdan iborat bulgan vegetativ nerv sistemasi orkali bevosita ta’sir yuli bilan vegetativ funksiyalarni boshkaruvchi bir butun sistemani tashkil etadi.
Mavzu: 13 Mushaklar fiziologiyasi-2 soat.
Savollar:
Mushaklarning funksiyalari, ularning axdmiyati.
Mushaklarning fiziologik va fizikaviy xossalari.
Mushaklarning kiskarish turlari.
Mushaklarning kiskarish mexanizmlari.
Mushaklarning ishi, kuchi va charchashi.
Odamlarda va umurtkali xayvonlarda mushaklari 3 turi bor.
Skeletning kundalang - targil mushaklari.
YUrakning kundalang - targil mushaklari.
Sillik mushaklar.
Skelet muskullari bizning tayanch va xarakat sistemamizning aktiv kismiga kiradi.
Muskudar uzlarining kiskarishlari natijasida:
a)organizmni xarakatida,
b)tananing kismlarini bir - biriga nisbatan xarakat kilishga,
v)ma’lum xolatni saklab turishda,
g)issiklik xosil kilishda ishtirok etadilar.
Tana temperaturasini ushlab turishda muskullarning axamiyati jua katta.mushakni kimyoviy energiyani mexanik energiyaga va issiklikga almashtiradigan mashina deb aytishadi.
Mushaklar bundan tashkari kuyidagi vazifalarni bajaradilar:
1 .Retseptor funksiyani (proprio, xemo, termo).
2.Suv va mineral tuzlar deposi va suv tuzlar almashinuviga boshkarishda ishtirok etadilar.
3 .mushaklar - glikogen va kislorod deposi.
Skelet mushaklari odam vaznining 40% tashkil etadi, chakaloklarning 20-25%ni.Karigan sari muskullarning massasi kamayadi 25-30%gacha.S)dam organizmida xammasi bulib 600 ta skelet muskuli borligi aniklangan.Skelet mushaklari kundalang - targil tolalardan tuzilgan.Tolalar ok va kizil buladi, bu tolalar fiziologik xossalari jixatidan fark kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |