Farg‘ona viloyati hokimligi



Download 1,35 Mb.
bet13/15
Sana15.04.2022
Hajmi1,35 Mb.
#552969
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Adabiyot to\'garak 9-sinflar 68 soat 2021-2022-yil uchun

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
Yangi mavzu bayoni:
Farhod onadan ishq bilan tug‘ildi. Uning ismi ham, Qur’oni karimda: “Al-asmou tanzilu min-as-samo”, ya’ni “Ismlar osmondan tushadi”, deyilganidek, ishq osmonidan tushgan. Unga nom qo‘yish mana bunday qalamga olinadi:

Jamolidin ko‘rungach farri shohiy1,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi2.
Qo‘yib yuz himmat-u iqbol-u davlat,
Hamul far soyasidin topdi ziynat3.
Bu javharlarg‘a4 chun isnod topdi5,
Murakkab aylagach6, “Farhod” topdi.
Bu farni hodiyi7 baxt etgach irshod8,
Ravon shahzoda otin qo‘ydi “Farhod”.
Harir-u hulla ichra bog‘labon chust9,
Murassa’10 mahd11 ichinda tongdilar12 rust13.
Bu nav’ ermas, ato qo‘ymodi otin
Ki, ko‘rgach ishq aning pokiza zotin,
Anga farzona14 Farhod ism qo‘ydi,
Hurufi15 ma’xazin16 besh qism qo‘ydi:
Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard17.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab1.

Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. U ta’limning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalikdagi fazilatlarini shunday ta ’rif etadi:

Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.
Ne so‘znikim, o‘qub ko‘ngliga yozib,
Dema ko‘ngliki, jon lavhiga2 qozib.
O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori,
Qolib yodida safha-safha bori.
Ko‘rub chun ishq-u oshiqlik maqolin,
Topib oshufta mahzun ko‘ngli holin.
Aning sharhini takror aylabon ko‘p,
O‘qurda nolayi zor aylabon ko‘p.
Bo‘lub oshiq g‘ami sharhida g‘amnok,
Yaqo chokin o‘qub, aylab yaqo chok.
Kim etsa darddin oz-oz rivoyat,
Qilib ul dard anga ko‘p-ko‘p siroyat3.
Kishi ko‘nglin bilib, afgor yig‘lab,
Ne ko‘zda ashk ko‘rgach, zor yig‘lab.
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini4 kasb etmagan ilm.
Bo‘lub o‘n yoshqa umrining mururi1
Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zo‘ri.
Ulum2 avroqi3 chun bir-bir yopildi,
Dilovarliq silohi4 mayli qildi.
... Hamul ilmi balandovoza birla,
Bu yanglig‘ zo‘ri beandoza5 birla.
O‘zin abjad6 o‘qur eldin tutub kam,
Dema donishki, zo‘ri dast7 ila ham,
Bo‘lub shahlar eshigining gadoyi,
Va lekin ul gadolar xoki poyi.
Anga teng podsholig‘ yo gadolig‘,
Gadoliqqa teng etmay podsholig‘.
Demonkim, ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok,
Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok.
Munungdek tiynati pokiga loyiq.
Duosin aytibon poki xaloyiq.
Aning sori sovug‘ yel essa nogoh,
Chekib Chin mulkining xalqi sovug‘ oh.
Qilib el xonumon oning fidosi.
Ne xonumonki, jon oning fidosi.
Ato yuzlanmasun deb dard-u ranje,
Etib har kun boshig‘a sadqa ganje.
Vale bir zarra dard o‘lg‘ach padidor1,
Bo‘lub ul ganjlar birla xaridor.
Asiri dard ichi-yu toshi oning
Ki, to o‘n to‘rt bo‘ldi yoshi oning.




Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish