Farg‘ona viloyati hokimligi



Download 1,35 Mb.
bet11/15
Sana15.04.2022
Hajmi1,35 Mb.
#552969
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Adabiyot to\'garak 9-sinflar 68 soat 2021-2022-yil uchun

Yangi mavzu bayoni:
FARHOD VA SHIRIN (dostondan parchalar)
“Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusidadir. Hajmi — 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni “shavq dostoni” deb ataydi. Sababi, unda ishq kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ishq ulug‘lanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va oxir borib, Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir. Binobarin, dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan. Ijodda o‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan bu doston an’anasiga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi. Lekin u komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi yetakchi timsol darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh qahramon qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish
xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik edi. Yozib jon Mus’hafidan ikki oyat,
Debon Farhod-u Shirindin hikoyat, degan shoir o‘z dostoniga “Farhod va Shirin” nomini beradi. Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi. Birdan bir orzusi farzandli bo‘lish edi. Maqsadiga yetish uchun ko‘p nazrlar qildi, talay tangalar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyalari zoye ketmadi. Alloh iltijolarini ijobat qilib, unga o‘g‘il ato etdi.

Shabistonida1 tug‘di2 bir yangi oy,
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy.
Ochildi bog‘ida bir otashin vard,
Demaykim vard5, balkim shu’layi dard.
Kiyurdi ilgiga davron nigine6,
Nigin o‘rnida la’li otashine.
Yuzinda ishq asrori1 yozilg‘on,
Ichinda dard ta’vizi2 qozilg‘on.
Nigin-u la’l yo‘q, duri shabafro‘z3,
Dema dur, gavhare, lekin jahonso‘z4.
Eshilgan rishtasi5 tobi vafodin,
Teshilgan bag‘ri haqqoki qazodin6.
Ko‘zida ashk7 selidin asarlar,
Damida8 oh dudidin xabarlar.
Muhabbat nuri ollinda huvaydo9,
Jamolida vafo tug‘rosi10 paydo.
Falak deb dard elining shohi oni,
Malak11 deb dard o‘ti ogohi oni.
Tushub ishq ahli ichra har taraf jo‘sh,
Chu tug‘di o‘tda sayr aylar Siyovush12.
Vafo xaylida g‘avg‘o shodlig‘din,
Biri-birga muborakbodlig‘din.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish