9-mavzu: Oddiy va murakkab moddalar.
1. Oddiy moddalar deb nimaga aytiladi? J: Bir xil turdagi atomlardan (bir element atomlaridan) tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi
2. Oddiy moddalarga misollar keltiring? J: Vodorod (H2), kislorod (O2), temir (Fe), oltingugurt (S) va davriy jadvaldagi barcha elementlar
3. Murakkab moddalar deb nimaga aytiladi? J: Har-xil atomlardan (turli element atomlaridan) tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi.
4. Murakkab moddalarga misollar keltiring? J: suv (H2O), osh tuzi (NaCl), shakar (C12H22O11)
5. Allotropiya hodisasi deb nimaga aytiladi? J: Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi — allotropiya hodisasidir.
6. Atomlar soni ko’pmi yoki elelement soni ? J: Elementlar soni hozircha cheklangan 118 ta lekin atomlar soni judayam ko’p
7. Allotropiya hodisasi ko’zatiladigan moddalarni ayting? J: O, C, P, S, Se, Sn(қалай), Te (теллур), As(мишъяк), Sb(сурма)
8. Uglerod qanday allotropik shakl o’zgarishlarni namayon qiladi? J: olmos, grafit, karbin, fullerene.
9. Oltingugurt qanday allotropik shakl o’zgarishlar mavjud? J: rombik, plastik, kristall, amorf
10. Fosforni qanday allotropik o’zgarishlar mavjud? J: qizil, oq, qora
11. Kislorodni ikkinchi allotropik shakl o’zgarishi qaysi modda ? J: Ozon (O3)
12. Moddaning tarkibini tekshirish jarayoni qanday ataladi? J: Analiz
13. Sintez deb nimaga aytiladi? J: Moddaning hosil qilish jarayoni
14. Birikmani qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash jarayoni qanday ataladi? J: Sifat analiz
15. Miqdoriy analiz deb nimaga aytiladi? J: Birikma tarkibiy qismlarini qanchadan ekanligini aniqlash jarayoni
10-Mavzu: MODDANING AGREGAT HOLATLARI
1. Gazsimon moddalarga misollar keltiring? J: Havo (gazlar aralashmasi), azot (N2), vodorod (H2), kislorod (O2)
2. Suyuq moddalarga misollar keltiring? J: suv (H2O), spirt (etil spirit-C2H5OH), sulfat kislota (H2SO4) .
3. Qattiq moddalarga misollar keltiring? J: uglerod (C), grafit ( C ), oltingugurt (S), temir (Fe), aluminiy (Al).
4. Gaz moddalar qanday xossalarga ega? J: учувчан, массаси оғир, шакл ва ҳажмга эга эмас, молекулалар орасидаги масофа жуда катта, сиқиш ( зичлаш) мумкин
5. Suyuq moddalar qanday xossalarga ega bo’ladi? J: оқувчан, массага эга, шакли йўқ (лекин, маълум ҳажмни эгаллайди), молекулалар орасидаги масофа кичик, сиқилмайди(1литр сувни зичлаб ярим литр қила олмаймиз), болғаланмайди
6. Qattiq moddalar qanday xossalarga ega bo’ladi? J: массага эга, турғун ҳолатда, шакл ва ҳажмга эга, молекулалар зич ва тартибли бириккан, болғаланади
7. Moddaning agregat holatlarini ayting? J: gaz, suyuq, qattiq
8. Suv (H2O) necha oC da bo’g’lanadi? J: 100oC dan yuqori temperaturada
9. Suv (H2O) necha oC da muzlaydi? J: 0oC dan past bo’lganda
10. Suv (H2O) necha oC da suyuq holatda bo’ladi? J: 0oC dan 100oC oralig’ida
11. Sublimatlanish hodisasi deb nimaga aytiladi? J: Moddani qattiq holatdan to’g’ridan to’g’ri gaz holatga o’tish hodisasidir.
12. Sublimatlanish qanday hodisa? J: Fizikaviy hodisa
13. Qanday moddalar sublimatlanadi? J: quruq muz (CO2), yod (I2), naftalin
14. Suvni suyuq holatdan qattiq holatga yoki gaz holatga o’tish hodisasi qanday hodisa ? J: Fizikaviy hodisa
Do'stlaringiz bilan baham: |