Farg’ona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti 2-bosqich 21. 26-guruh talabasi yursunjonova gulxumor jahon musiqasi fanidan xxi-asr estrada san’ati xxi-asrda estrada san’ati



Download 32,85 Kb.
bet1/8
Sana13.06.2023
Hajmi32,85 Kb.
#950927
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XXI-ASRDA ESTRADA SAN’ATI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
2-BOSQICH 21.26-GURUH TALABASI
YURSUNJONOVA GULXUMOR
JAHON MUSIQASI FANIDAN
XXI-ASR ESTRADA SAN’ATI

XXI-ASRDA ESTRADA SAN’ATI
1. Estrada san’ati va ma’nosi
2. Estrada san’atini O’zbekistonda rivojlanishi
3. O’zbek estrada yulduzlari.

Estrada (ispancha — taxtasupa), estrada sanʼati — 1) keng maʼnoda — koʻngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor maʼnoda — sahnaviy professional sanʼat turi. Rossiya va boshqalar baʼzi mamlakatlarda E., Angliyada myuzikxoll, Fransiyada varyete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan yuritiladi. E.ning kelib chiqishi xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq boʻlsada, u muayyan (tijoratommabop) sanʼat turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiymadaniy muhitida yuzaga kelgan. E.ning asosiy shakli — maxsus joylarda, muntazam ravishda oʻtkaziladigan E. konsertidir. U bir nechta (yoki yakka) artist (soʻz ustasi, xonanda, raqqos, aktyor va boshqalar)ning badiiy tugal, turfa mazmundagi kichik chiqishlaridan iborat boʻlib, ifoda vositalarining loʻnda va yorqinligi, oʻziga xosligi, ishtirokchilarning tomoshabin bilan bevosita muloqotda boʻlishi bilan ajralib turadi. E. tomoshalari baʼzan konferansye birlashtirgan mavzuli dastur asosida tuziladi. Yevropada E. tomoshalari dastlab kafe va restoranlarda, keyinchalik moslashtirilgan teatr binolari va boshqalar joylarda oʻtkazilgan. Ularda soʻz ustalari, qoʻshiqchilar, raqqos va raqqosalar, shuningdek, akrobat, koʻzbogʻlovchilar ishtirok etgan. Hozirda estrada sahnalarida monolog, felyeton, hajviy hikoya kabi nutq janrlari, E. (milliy, bal va boshqalar) raqsya, kuplet va E. qoʻshigʻi, koʻpgina sirk turlari (akrobatika, jonglyorlik, fokus va boshqalar), teatr miniatyurasi, qoʻgʻirchoqbozlar chiqishlari, pantomima va boshqalar mavjud.
Oʻzbekistonda (boshqa Sharq mamlakatlarida boʻlgani kabi) E.ning rivojlanishi quyidagi koʻrinishlarda boʻlgan: bir tomondan unda anʼanaviy sanʼat namunalari sahna talablariga moslashtirib oʻzgartirilgan (mas, Tamaraxonim va M.Qoriyoqubov ijrosidagi xalq lalarlarining sahna talqinlari, Yusufjon qiziq\shsh askiya anʼanalariga asoslangan konferansyelik chiqishlari va boshqalar) yoki milliy janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan (M.Turgʻunboyeva Usta Olim bilan birgalikda ijod qilgan "Paxta", "Pilla" kabi ommaviy sahna raqslari). Ikkinchi tomondan Oʻzbekiston E.si chet el sanʼati shakl va uslublari (mas, jaz, estrada orkestri, myuzikxoll)ni oʻzlashtirishi bilan boyidi. 1956-yildan Oʻzbek estrada teatri, keyinchalik Oʻzbek davlat estrada birlashmasi (1996-yilgacha) faoliyat koʻrsatgan.
Hozirda Oʻzbekistonda E. sanʼatini rivojlantirish, E. jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar "Oʻzbeknavo" birlashmasiga yuklatilgan. E. oʻquv yoʻnalishi sifatida maxsus taʼlim tizimiga kiritilgan. 1996-yildan Toshkent estrada kolleji, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va boshqalar sanʼat (musiqa) oʻquv yurtlarida E. ftlari faoliyat koʻrsatmoqda (yana qarang Miniatyuralar teatri, Ommabop musiqa)
Estrada sanʻati kundan-kunga rivojlanib, oʻz muxlislari sonini koʻpaytirib bormoqda. Hozirgi kunda “estrada” nomi bilan yuritilayotgan musiqa namunalari tobora koʻplab tinglovchilar eʻtiborini oʻziga jalb etmoqda. Bugungi kunda radio-televideniye va turli bayram tantanalari dasturlaridan keng oʻrin olgan bu turdagi musiqa nafaqat yoshlarni, balki jamiyatimizning turli yoshdagi millionlab vakillari ongi va maʻnaviyatiga sezilarli taʻsir oʻtkaza boshladi. Oʻzbekiston musiqa madaniyati koʻp yillik tarixga ega. Uning hozirgi kunda yoʻnalishlari va janrlari kengayib bormoqda. Har bir sanʻatning oʻz asosi boʻlganidek, oʻzbek estradasining ham asosi professional qoʻshiqchilikka asoslangan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalq orasida «estrada», «estrada konsterti», «estrada sanʻati» kabi atamalar isteʻmolga kirib kela boshladi. Bu Turkiston oʻlkasining shaharlariga Rossiyadan gastrolga kelgan konstert guruhlarining chiqishlari bilan bogʻliq edi. XX asrning 20-30-yillarida O‘zbekistonda tashkil etilgan «Ashula va raqs guruhi», «Mashshoqlar to‘dasi», «Musiqiy etnografik ansambl»larning xalq ommasiga ko‘rsatgan tomoshalarini «konsert», «estrada konserti» deb e‘lon qilish asta-sekin odat tusiga kirdi. Shu davrdan boshlab musiqachilar ahli va xalq orasida «konsert», «estrada», «ansambl» kabi atamalar xalq orasida ommalasha bordi. 1927-yili Ali Ardobus (Ibrohimov) Samarqand shahrida yosh havaskorlardan tuzgan «Ко‘k ko‘ylaklar» ansambl konsertini «estrada konserti» deb e‘lon qiladi. O‘zbekistonda zamonaviy milliy estrada san‘atini tashkil etilishi va rivojiga Tamaraxonim (1906-1987) o‘zining ulkan hissasini qo‘shadi. O‘zbekistonda Yevropa uslubidagi estrada san’atining turli xillari XX asming 40-yillaridan boshlab amaliyotga kirib keldi. Bu, asosan, Moskva va Leningrad shaharlarida bunyodga kelgan estrada orkestrlariga taqlid qilgan holda, rusiyzabon san’atkorlarning tashabbusi bilan respublikamizning yirik korxonalari madaniyat saroylarida paydo bo‘ldi. 1940-yil Toshkent shahrida M. Jolkov rahbarligida «Myuzik xoll» estrada jamoasi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida 1942-yili estrada ansambili, 1944-yili N. Zinin rahbarligida «Simfo-jaz orkestri» tuzdi. Ushbu ansambllarning ijro dasturi asosan rus kompozitorlarining qo‘shiq va cholg‘u musiqalaridan tuzilgan edi. Estrada sanʻati Oʻzbekistonda 1950-yillardan boshlab rivojlandi. Uning birinchi asoschilari Botir Zokirov va Enmark Salixovlardir. Shu kungacha sanʻatning bu yoʻnalishida juda katta yutuqlarga erishildi. 1958-yili Oʻzteleradio qoshida estrada orkestri tashkil qilindi. Kompozitorlar Sh.Ramazanov, I.Akbarov, E.Salixov, M.Leviyev, M.Burxonov, E.Qalandarov, V.Milov va boshqalar avval xalq folklor qoʻshiqlarini estrada yoʻnalishiga moslashtirib, keyinchalik esa oʻzlari shu yoʻnalishda ijod qila boshladilar. Ularning yozgan qoʻshiqlarini Botir Zokirov, Luiza Zokirova, Yunus Toʻrayev, Raʻno Sharipova, Muhabbat Shamayeva va boshqa xonandalar kuylab ijod etganlar. Bu paytda mualliflik qoʻshiqlari bobida yetuk asarlardan biri Botir Zokirov ijrosidagi Mutal Burxonovning “Maftun boʻldim” asari boʻldi. Uning oʻsha yillar ijro qilgan “Goʻzal qiz”, “Arab tangosi”, “Muhabbat”, “Jayron” kabi turli millat qoʻshiqlari bugungi kun uchun ham namunaviy boʻlib turgan yangicha ohang tizimi milliy estrada qoʻshiqchiligidagi noyob topilmalardandir. Hozirda turli uslubiy yondoshish orqali ushbu qoʻshiq ijrosiga yosh estrada qoʻshiqchilarimiz murojaat etayotganligi fikrimizni tasdiqlaydi. 70-yillarning boshlariga kelib ommaviy musiqa san’atida yangi yo‘nalish – bit musiqa ommalasha boshlanadi. Orkestr jamoasini faoliyatini saqlagan holda Botir Zokirov va Yunus To'rayevlar hamkorligida «Toshkent myuzik-xoll» ni tashkil topdi. Toshkent myuzik-xolli o‘z yo‘nalishida adabiy mazmun asosida, dramatik spektakllar orqali qiziqarli, rang-barang konsert dasturlarini tuzish va jamoaviy tarzda namoyish etish maqsadlarini amalga oshiradilar. Teatrlashtirilgan ssenariylar asosida konsert namoyishlarini tashkil etadilar. Eng muhimi o‘zbek estrada musiqasi ijrochiligi amaliyotida vokal-cholg‘u ansambllari tuzila boshlanadi, estrada xonanda va sozandalarining yangi avlodi tarbiyalanadi. Myuzik-xoll yosh xonandalar uchun haqiqiy estrada maktabi vazifasini o‘taydi. E. Salixov, A. Kalvarskiy, E. Qalandarov, G. Xoliqov kabi kompozitorlar bu yo‘nalishda samarali ijod qiladilar. Estrada san’atida yangi guruhlar va ijrochilar avlodi shakllanadi. Buning zaminida albatta o‘zbek estrada simfonik orkestrlarining samarali faoliyati, respublikada zamonaviy estrada musiqa san’atini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etdi. Oʻzbek estrada musiqasi shakllanishi jarayonida anʻanaviy xalq musiqa namunalari muhim zamin boʻlgan. Bunda, asosan, ularning raqsbopligi, yengil ohang usullarida ijro etilgani qoʻl kelgan. Ayni payta bu holat oʻzbek estrada musiqasining milliylik asosini ham taʻminlovchi muhim vositalardan biri boʻldi desak, toʻgʻri boʻladi. Oʻzbek milliy estrada qoʻshiqchiligi tamal toshini qoʻygan Botir Zokirov va uning izdoshlari, zamondoshlari Yunus Toʻrayev, Staxan Rahimov, Alla Iyoshpe va boshqalar oʻzbek estradasi sahnasida milily va nomilliy kuylash uslubini sintezlashtirish natijasida uni shaklan va mazmunan uygʻunlashtirishga erishganlar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan darvdan boshlab yaratilayotgan qoʻshiqlar Vatan, Istiqlol, tabiat, doʻstlik va muhabbat kabi mavzularda yozilgan. Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov raisligida Milliy estrada sanʻatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzildi. Kengash badiiy-musiqiy jamoalar oldiga bir qancha asosiy vazifalar va talablar qoʻydi. Qoʻshiqlarda aks etgan milliylik gʻururi, Vatanga sadoqat, milliy ohanglar tinglovchilar qalbida Vatan tuygʻusini yanada joʻsh urishiga zamin boʻlmoqda. Yulduz Usmonovaning «Dunyo», «O‘zbekiston», «Xalqim», Nilufar Rahmatovaning «O‘zbek elim», marhum Nuriddin Haydarovning «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?», Sevara Nazarxoning «Vatanim», Gulsanam Mamazoitovaning «O‘zbekiston-ona tuproq» kabi qo‘shiqlari, mustaqillik davrining o‘ziga xos, yangicha talqindagi vatanparvarlik mavzusini barpo qildi. Bu mavzu san'atda eng qadimdan ulug’lanib kelgan. 1917-1950-yillar xalqimizning ko'p asrlik boy musiqiy merosi, an'analari negizida yuzaga kelgan ma'naviy dunyosi keng ommalasha boshlandi. Shu davrda keng ommaning musiqa havaskorligigu jalb etish ishlari, havaskoriik to'garaklarini tashkil qilisli avj oldi. Musiqa folklori va og'zaki an’anaviy professional musiqa deb yurititgan xalq qo'shiqlari va choigvu kuylari, mumtoz kuy va ashulaiarni targ'ib etishda professional va havaskoriik jamoalari shakllana boshlandi. Shular qatorida bir va ko’p ovozli uslubiy yo'nalishda o’zbek estrada san’ati ham bunyodga kela boshladi. Turli milliy vokal-chotg'u ansambllar, «jaz», «simfo-jaz» orkestrlart shakllandi va ularda ijro eluvchi havaskor va professional xonanda va sozandalarninq birinchi avlodlari yetishib chiqdi.
«Estrada san’ati» shakllanishidagi ilk jarayon, bu san'at yo'nalishini ifoda eluvchi va amaliyotda keng qo’llanila boshlangan atamalar bilan bog’liqligini e’tirof etish lozimdir. Jumladan:

Download 32,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish