O'zbekiston teleradiosi qoshida simfo-jaz orkestrining tashkil topishi, 1960-yillarda Moskva teleradio qo’mitasi qoshida «Simfo-jaz orkestri»ning tuzilishi, estrada san'atini rivojlanishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etdi va barcha qardosh. rcspublikatarda ham «Simfo-jaz orkestrlari»ni shakllanishiga zamin yaratdi. O'zbekiston teleradio qo'mitasi tarkibida ham 1964-yiIda kompozitor Enmark Salixov rahbarfigida «Estrada orkestri» tashkil etildi, Kelgusi yildan boshlab torli va ayrim o'zbek xalq musiqa choig'ulari ham kiritildi va «Estrada-simfonik orkestri» deb ataldi.
Estrada-simfonik orkestri ijodiy yo'nalishi va janrlar qamrovi har tomoniama o'zbek musiqa sann’atining an'anaviylik va zamonaviylik jihatlar bilan boyita bordi. Yillar davomida orkestrning repertuari yangi, original qo'shiq va cholg'u asarlar bilan boyitildi. I.Akbarov, M.Burhonov, Sh.Ramazonov, A.Muhamedov, X.Izomov, E.Salixov, D.Zokirov, S.Jalil, E.Qalandarov, D.Saydaminovalar ijodida milliy musiqa an’analariga asoslangan va zamon ruhi bilan sug'orilgan estrada yo'nalishidagi bir qator qo'shiqlar ijod etildi. I.Akbarovning «Gazli», «Qaydasan» (Turob To'la), «Yor kel» (H.G'uIom), «Ra'no» (S.Akbariy), «Qor yog'ar» (S. Zunnunova); A.Muhamedovning «Bu oqshom» (M.Qoriyev), X.Izomovning «Ko'zi xumor» (Sh,Shomahmudov); E.Salixovning «Umid» (A.Muxtor), «Qiz bola» (P.Mo'min); D.Zokirovning «Ko'chalar» (T.To'la); M.Burhonovning «O'zbekiston gul diyorim» (E.Vohidov); Sh.Ramazonovning «Sevdim dildan» (A.Isroilov); E.Qalandarovning «Yor-yor»; D.Soatqulovning «Mohigul» (H.G'uIom) kabi asarlar shular jumlasidandir.
B.Zokirov, Yu.To'rayev, L.Zokirova, N.Zokirov, E.Qandov, R.Sharipova, M.Shamayeva kabi xonandalar o'zbek estrada musiqasining mohir xonandalari qatorida elga tam'ldilar.
Qo'shiqfar qatorida estrada yo'nalishida kompoziiorlar tomonidan orkestr uchun maxsus asarlar yaratilishi ijodiyotda keng ommalashdi. A.Malaxovning o'zbek xalq kuylari asosida yaratiigan «Doira yulduzi» va Shodlik» pyesalari. I.Akbarovning «Ketma nigor» qo'shigi asosida yaratilgan «Fantaziya»si; A.Goncherenkovning «Sharq syuitasi», E.Salixovning «Final-pyesa»si shular jumlasidandir.
70-yillarning boshlariga kelib ommaviy musiqa san'atida yangi. yo'naiish - bit-musiqa ommalasha boshlanadi. Orkestr jamoasini faoliyatini saqlagan holda Botir Zokirov va Yurms To'rayevlar hamkorligida «Toshkent myuzik-xoll» ni tashkil topdi. Toshkent myuzik-xolli o'z yo'nafishida adabiy mazmun asosida, dramatik spektakllar orqali qiziqarli, rang-barang konsert dasturlarini tuzish va jamoaviy tarzda namoyish etish maqsadlarini amalga oshiradilar. Teatrlashtirilgan ssenariylar asosida konsert namoyishlarini tashkil etadilar. Eng muhimi o'zbek estrada musiqasi ijrochiligi amaliyotida vokal-cholg'u ansambilari tuzila boshlanadi, estrada xonanda va sozanda- larming yangi avlodi t'arbiyalanadi. Myuzik-xoll yosh xonandalar uchun haqiqsy estrada maktabi vazifasini o'taydi E.Salixov, A.Kalvarskiy, E.Qalandarov, G’.Xoliqov kabi kompozitorlar bu yo'nalishda samarali ijod qiladilar. Estrada san'atida yangi guruhlar va ijrochilar avlodi shakllanadi. Buning zaminida albatia o'zbek estrada simfbnik orkestrlarimng samarali faoliyati, respublikada zamonaviy estrada musiqa san'atini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etdi,
Do'stlaringiz bilan baham: |