Estrada gnrnhiari. Shu davrga kelib o'zbek estrada ijrochiligi san'atida jahon musiqa ijrochiligi andozalariga xos ijro an'analari kirib keladi. Jamoaviy ijro, ya'ni vokal-cholg'u ansambilari shakllanadi. Buning keng rivojlanishiga 1970-yili yosh sarfatkorlardan tuzilgan "Yalla" vokal-cholg'u ansamblining faoliyati alohida o'zining ta’sirini namovon etdi. Estrada san'atida pop-musiqa, rok-musiqalarining vokal-cholg'u guruhlari ustuvor o'ringa chiqib ketdi. «Yalla» vokal-cholg'u arisambli o'zining konsert dasturini namoyishidan boshlab tomoshabinlar e'tiboriga tushdi. Amaliyotda, yosh xonanda va sozandalarni birlashtirgan “Navo”, "Sado", "'Navruz" kabi bir qator vokal-cholg'u ansabllari tashkil etildi va o'ziga xos yo'naiishlarda faoliyat olib bordilar,
80-yillar o'rtalariga kelib, ansambllar o'rnini yakkaxon xonandalar ijodi egallaydi va o'ziga xos ijodiy rivojlanish yangi bosqichi boshlanadi. O'zbek estrada musiqasining ijrochilik amaliyotida milliy musiqaga yo'naltirilgan, folkior musiqasiga asoslangan, mumtoz musiqasiga taqlidan ergashgan, kompozitorlik ijodlda yaratiigan yangi namunalarga asoslangan qator yo’nalishlar yuzaga keldi. Bnni albatta, o'zbek estrada musiqasining umumiy panorarnasidagi turli milliy va professional yo'nalishlar deb qabul qilish lozimdir.
Botir Zokirov. .
Zamonaviy milliy estrada qo'shiqchilik san'atining asoschiilaridan biri, mohir xonanda. U 1936-yilning 26-apreIida Moskva shahrida san'atkorlar oilasida dunyoga keladi. Yoshlik davri ulug' ustozlari ko’z oldida o'tdi, ularning san'atlaridan bahramand bo'ldi. 1953-1954-yili Toshkent davlat konservatoriyasida tahsil oldi.
1950-yillardan boshlab san'atda samarali faoliyat yurita boshlaydi va faofiyati davomida ulkan yutuqlarga erishadi. Zamonasming dongdor kompozitorlari bilan hamkorlik qilib so'nmas asarlar ijro etadi va o'zbek estrada musiqasi yo'nalishida o'z ijro uslubini yaratadi. Botir Zokirov ijrosida kompozitor Mutavakkil Burhonovning «Maftun bo'ldim», Ikrom Akbarovning «Qaydasan», «Mahbubga» (Т.То’la), «Ra'no» (Sulton Akbariy), «Gazli», «Mahbubga». «Ketma, Nigor», «Qaydasan» (T, To’la), «Eng gullagan yoshlik chog'imda», «Xayolimda bo’lding uzun tun»"(:Н.Olimjon). «Qor yog'ar» (S. Zunnunova), «Bahor fasli» (B. Zokirov), A. Muhamedovnfng «Bir oqshom» (S. Akbariy), Misr konipozitori Farid el Etrashning «Arabella tango» va Mcksika xalq qo'shig'i «Xayr muhabbat», X, izomovning «Ko'zi xumor» (Sh.Shomuhamedov), E.Solixovning «Qurboning bo’lay» (Q. Mahsumov), «Sog'indi jon» (E.Vohidov), «Umid» (A.Muxtor) kabi qo'shiqlarni maromiga yetkazib ijro etgan. Qayd etish kerakki, ushbu faoliyati bilan Botir Zokirov o'zbek estrada musiqasining asosiy yo'llaridan birini kashf etadi va xalq orasida namuna sifatida keng ommalashadi.
Botir Zokirov o’zbek kompozitorlarining asarlari bilan birga chet el va ayniqsa sharq xalqlari estrada musiqa namunalarini alohida e’tibor bilan kuylaydi. Suriyalik bastakor O.AtxuIIa Sulaymonning «O'tgan kun uchun yiglayman», Eron xalq qo'shig'i «Meni o'p», bengal xalq qo'shig'i «Sening ovozingni hamma yoqda eshitaman», Livan xalq qo'shig'i «O, gul», fransuz tilida kompozitor J.Morening «Serste v nochi» va E.Masitasanning «Pesn о druge», arabcha qo’shiq «O'tmishdan noliyman», afg'oncha qo’shiq «O, provodnik karavana», Yugoslavcha qo'shiq «Moviy ko'ziar», italyan xalq qo'shig'i «Yashasin sevgi» kabi qo'shiqlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |