O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA O`QITISH METODIKASI
YO`NALISHI 13.302- A GURUH TALABASI
ABDUG`ANIYEVA MUXTASARXONNING
MATEMATIKA O`QITISHDA INOVATSION
TEXNOLOGIYALAR FANIDAN
K U R S I SH I
Mavzu: Kasb hunar kollejlarida matematik ta`lim
metodikasi xususiyatlari
Ilmiyrahbar:Umumiymatematika kafedrasi o‘qituvchisi Abdumannopov M M
|
|
FARG`ONA2016.
Reja
Kirish
I bob. Kasb hunar kollejlarda matematik ta’lim metodikasi xususiyatlari
1.1-§. Kasb hunar kollejlarda matematik ta’lim mazmuni xususiyatlari.
1.2-§. Kasb hunar kollejlarda matematik ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari.
II bob. Kasb hunar kollejlarda matematika fanini muammoli o‘qitish texnologiyasi
2.1-§. Matematika fanidan nazariy mashg‘ulotlarini muammoli o‘qitish texnologiyasi.
2.2-§. Matematika fanidan muammoli amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish texnologiyasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Matematika - bo‘lajak matematiklar uchun maqsad, bo‘lajak muhandislar uchun esa vositadir.
A.N.Krilov
Kurs ishining dolzarbligi: O`zbekiston mustaqil bo`lgandan keyin yoshlar uchun keng yo`llar ochildi. Prezidetimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov bor e`tiborini biz yoshlarga qaratdi. Biz yoshlar uchun zamonaviy kasb –hunar kollejlari, akademik litseylar qurib berildi. Oliy o`quv yurtlari qaytadan rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy jihozlar bilan to`ldirildi. Bugungi kunda har bir inson o`zi istagan chet davlatiga chiqishi mumkun. Yoshlar ham o`zlari xohlagan xorijiy davlatlarida o`qishi mumkun. XXI asr texnika va texnologiyalar asri. Bugungi kunda har bir yosh kompyuterni chuqur bilmoqda. Ta`lim samaradorligida yuqori ko`rsatkichga erishilmoqda. Dunyoning eng rivojlangan davlatlari ham O`zbekistonga havas bilan qaramoqda . Bunga sabab Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilib, Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, Vazirlar Mahkamasining umumiy o’rta ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish haqidagi va boshqa qarorlari ta`lim sifatini yaxshilashda muhim omil bo`ldi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida (1997-2001 yillar) – “o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish”; ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da – “ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustaxkamlashni davom ettirish, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash”; uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da – “ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi” dolzarb vazifalar qatorida belgilangan.
Yangi pedagogik texnologiyalarni loyihalash va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu asoslar pedagogik texnologiya (pedagogik tizim)ning o‘ziga xos jixatlarini ifoda etadi va metodikadan farqli tomonlarini ko‘rsatib beradi. Boshqacha aytganda, ularni pedagogik tizim prinsiplari, deb atash mumkin.
Kasb hunar kollejlarda matematika ta’limda o‘quvchilarning qiziqish, qobiliyat va moyilliklarini e’tiborga olishning muhim omili va shartibu ta’lim-tarbiya jarayonini tabaqalashtirish (differensiatsiyalash)dir. Jamiyat o‘zini o‘zi anglab etgan hozirgi davrda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g‘oyalari asosida uzluksiz ta’lim tizimini yangilash ishlari rivojlanayotgan shaxsning intellektual va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini maksimal darajada qanoatlantirish yo‘nalishida amalga oshirilmoqda. Bunda o‘quvchilarning qiziqish, qobiliyat va moyilliklarini optimal darajada rivojlantirish, ta’limni individuallashtirish muammolari oldingi o‘rinlarga qo‘yilmoqda. Bu muammolarni hal qilishning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” sifat bosqichi jarayonidagi istiqbolli yo‘llari uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ta’limni insonparvarlashtirish va tabaqalashtirish orqali ochiladi. Unda “o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi uchun chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi”,deb ta’kidlangan.
Kasbiy ta’lim tizimi oldida turgan har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish masalasi respublikamiz mustaqillikka erishguniga qadar real gumanistik yo‘nalishga ega bo‘lmagan, chunki unda o‘quvchilarning o‘zlarining ehtiyojlari e’tiborga olinmagan. Ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan o‘quv fanlarini chuqurlashtirib o‘qitish sinflari va maktablari barcha o‘quvchilarning intellektual ehtiyojlarini qondirishni e’tiborga olish lozimligini uddasidan chiqa olmadi; ular faqat dunyoviy bilimlarning u yoki bu sohasiga qiziqishni namoyish etgan o‘quvchilarni o‘qitishgagina qaratilgan edi xolos. Aksariyat ko‘pchilik o‘quvchilar esa yagona o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim olganlar.
Hozirgi davrda jamiyatning ta’limga bo‘lgan ijtimoiy buyurtmasi tub o‘zgarishlarga uchradi: har bir o‘quvchiga o‘zining qiziqish, qobiliyat va moyilliklarini e’tiborga olgan holda ta’limning aniq maqsadlariga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish nazarda tutilmoqda. O‘rta maxsus, kasbiy ta’limning maqsadio‘quvchilarni jadal intellektual rivojlantirish, ularga chuqur, ixtisosiy va tabaqalashtirilgan ta’lim berish, o‘quvchilar o‘zlarining qiziqish, qobiliyat va moyilliklariga mos holda ixtisosliklarni egallashlariga erishishdan iborat. “Kasb hunar kollejlarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, tabiiy-ilmiy, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”.
Kasb-hunar kollejlari ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
O‘rta maxsus, kasbiy ta’lim Davlat ta’lim standartlariga mos ta’limiy va kasbiy dasturni amalga oshirishni ta’minlashi zarur.
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, kasbiy va o‘quv dasturlarining maxsus bo‘limlar, shuningdek, alohida har bir kasb yoki mutaxassislik uchun ishlab chiqilmoqda.
Kasb hunar kollejlarda o‘quvchilarning qiziqish, qobiliyat va moyilliklarini inobatga olishning eng maqbul yo‘libu ta’lim-tarbiya jarayonini, jumladan, matematika fanini o‘qitishni, tabaqalashtirish (differensiatsiyalash) ekan, buning tub mazmun-mohiyati nimada, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Tabaqalashtirilgan deganda ta’limning shunday tizimini tushunamizki, bunda har bir o‘quvchi doimiy o‘zgaruvchi hayotiy shart-sharoitlarda minimal darajadagi umumta’lim tayyorgarligiga ega bo‘lgan holda o‘zining intilishiga afzal darajada diqqat-e’tibor qaratishga huquq va kafolat beradi. Bunday hollarda ta’lim, odatga ko‘ra, bir nechta har xil o‘quv dasturlari va rejalari asosida olib boriladi.
Matematika o‘qitishni tabaqalashtirishning hozirgi zamon talqini ta’limning ikki, ya’ni konseptual va operatsional tomonlariga bevosita tegishli. Bular esa o‘z navbatida tabaqalashtirishning ikkidarajaviy va ixtisosiy turlarini qamrab oladi.
Darajaviy tabaqalashtirish prinsiplariga rioya qilish deganda, oldindan rejalashtirilgan turli darajalardagi dasturiy materialni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi tushuniladi. Kasb hunar kollejlarda turli dasturlar bo‘yicha o‘qitish jarayoni ixtisosiy tabaqalashtirishning tub mohiyati o‘quvchilarning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha maksimal darajada rivojlanishlari maqsadida ularning psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olishdan iborat ekanligini bildiradi.
Shunday qilib, bir tomondan, texnika yo‘nalishidagi kasb hunar kollejlarda matematik ta’lim xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarining deyarli kamligi, ikkinchi tomondan esa bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqotlarni olib borish zarurati mazkur ishning dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |