Foydalanilgan adabiyotlar: 1. R.H.Vafaev, J.H.Husanov, K.H.Fayziev, YU.Y. Hamroev «Algebra va analiz asoslari».
2. SH.Alimov. 10-11 sinf uchun «Algebra va analiz asoslari».
3. «Algebra va matematik analiz asoslari». Akademik litseylar uchun 1 va 2 qism.
4. A.Abdulhamidov. va boshqalar «Algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar to‘plami».
1.Agar aniq integralning chegaralari almashtirilsa, uning ishorasi qarama-qarshiga almashadi:
2.Yuqori va quyi chegarasi teng bo‘lsa aniq integral nolga teng bo‘ladi:
3. Integrallash oraliqlarini bo‘laklarga bo‘lish mumkin:
4. O‘zgarmas ko‘paytuvchini aniq integral belgisidan tashqariga chiqarish mumkin:
5. Yig‘indining aniq integrali qo‘shiluvchilar aniq integrallarining yig‘indisiga teng:
Aniq integralni integrallash usullari
1. O‘zgaruvchini almashtirish usuli.
Agar u=f(x) funksiya [a,b] da uzluksiz bo‘lib x=(t) [,] da bir qiymatli va uzluksiz hamda ()=a, ()=b bo‘lsa, u holda f((t)) funksiya [a,b] da uzluksiz bo‘lib
formula o‘rinli bo‘ladi.
2. Aniq integralni bo‘laklab integrallash.
Agar u va b funksiyalar [a,b] da differensiallanuvchi bo‘lsa
formula o‘rinli bo‘ladi.
1-misol
Xulosa
Kurs ishimning mavzusidan xulosam shuki, ta’limda maxsus fanlardan muammoli o‘qitish texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar quyidagi xulosalar qilish imkonini berdi:
1. Ta’limni texnologiyalashtirish–bu ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv asosida o‘quv maqsadlariga kafolatli erishish uchun o‘quvchilar va pedagoglarning o‘zaro faoliyatining samarali tashkil etilishidan iboratdir. O‘qitish texnologiyalari ichidan kasb-hunar kollejlari maxsus fanlarini o‘qitishda modulli, kompyuterli, dasturlashtirilgan va muammoli o‘qitish texnologiyalari boshqalariga qaraganda ko‘proq samara beradi.
2. Muammoli o‘qitish texnologiyasining mohiyati maxsus o‘qituvchi tomonidan muammoli vaziyatlarni tashkil etish va muammo va topshiriqlarni yechish yo‘li bilan o‘quvchilarda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash faoliyatini boshqarishdan iborat. Muammoli vaziyat - bilim olish maqsadida maxsus yaratilgan aqliy faoliyat holati bo‘lib, uning zamirida ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarning xotirada saqlanganligi va yangi bilimlarga muammoli masalani yechishdagi aqliy yoki amaliy ishlash usuli yotadi.
3. Maxsus fan bo‘yicha muammoli darslarga tayyorlanish mobaynida o‘qituvchi:
- o‘quvchilar duch keladigan vaziyatlarni muammoli ekanligini ziyraklik bilan sezishi va guruh oldiga o‘quvchilar tushunadigan holda maxsus fanga oid haqiqiy o‘quv masalalarini qo‘yishni bilishi;
- maxsus fan bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bajarilayotgan barcha jarayon(vazifalarni hal etish, muammo qo‘yish, yechish, natijani tekshirish va hokazolar)ni muvofiqlashtiruvchisi va o‘quvchilarga tayyor bilimlar manbasi, tashuvchisi, direktivi emas, balki rahbar va hamkor vazifalarini bajarish, maxsus fanlarga materiallar bo‘yicha quyilgan turli yo‘nalishdagi muammolar tadqiqoti mobaynida alohida o‘quvchilar va guruhlarga direktiv usullardan qochgan holda yordam berishi;
- kollej o‘qituvchisi o‘quvchilarining shaxsiy yechimlarini topishda qilgan harakatlarida qo‘yib yuborgan xatolariga o‘zining yordamini taklif etgan holda chidam va toqatli bo‘lish yoki o‘quvchilar o‘zlarining yechimni izlashlarida ishonchsizlik hosil qilayotgan paytlarda, ularni zarur axborot manbalariga yo‘llab yuborish, ijodiy fikrlayotgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish kabi tajribalarni egallagan bo‘lishi lozim.
4. Maxsus fanlarni to‘g‘ri tashkil etilgan muammoli o‘qitish: o‘quvchilarni aqliy kuchini rivojlantirish, o‘quvchilar mustaqil faoliyat yuritishi, o‘quvchilar ijodiy fikrlashlarini rivojlantirishga imkoniyat berish, o‘quvchilarga bilimlarni mustahkamroq o‘zlashtirishni ta’minlash, o‘quvchilarda tahliliy fikrlashni va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish kabi afzallliklarga va har qanday o‘quv materiallarini muammoli vaziyatli qilib bo‘lmaslik, o‘quv muammosini har doim ham ifodalash mumkin emaslik, muammoli o‘qitish ko‘nikmalarini ishlab, ularni malakaga darajasiga o‘tkazish mumkin emaslik, juda oson bo‘lgan va juda qiyin bo‘lgan masalalar muammoli vaziyat yaratmaslik, muammoli o‘qitishda iqtisod qilish kam, ya’ni katta vaqt sarflanish kabi kamchiliklarga egadir.
5. Muammoli o‘qitish kasb-hunar kollej o‘quvchilarni o‘rab turgan borliqni bilish metodlari bilan qurollantiradi, maqsadga muvofiq kuzatish ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi, ularning asoslash orqali asosiy qonuniyatlarni umumlashtirish va xulosa qilish qobiliyatlarini tarbiyalaydi, ularda mumkin bo‘lgan tadqiqot ishiga qiziqish uyg‘otadi. O‘quvchilar maxsus fanlardan o‘rganilgan holatlarning mohiyatni tezroq anglaydilar va asoslangan javoblar beradilar. Ularda maxsus fanga nisbatan bilish talablari va qiziqishlari rivojlanadi, maxsus fanlarga oid materiallarni egallashda ularning bilish faoliyati faollashadi, kasbiy faoliyatiga zarur bilimlarni egallaydilar, farazlarni o‘rtaga o‘zlari tashlaganlari va o‘zlari ularni isbotlaganliklari uchun bilimlarida ishonch va qat’iylik tarbiyalanadi.
6. Maxsus fan o‘qituvchisi muammoli o‘qitishdan foydalanish uchun: o‘quv materiallar mazmuni sabab-oqibatli aloqa va bog‘lanishga ega bo‘lib, tushuncha, qonun va nazariyani shakllantirishga qaratilgan; o‘quvchilar mavzuni muammoli o‘rganishga tayyor; maxsus fanlardan mustaqil fikrlashni rivojlantirishga, tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirishga, ishga ijodiy yondashishga qaratilgan masalalar yechayotgan bo‘lishi; unda mavzusini muammoli o‘rganishga vaqti borligi va o‘qitish metodlarini yaxshi egallagan bo‘lishi kerak.
7. Maxsus fanni o‘qitishda muammoli ma’ruza va muammoli amaliy mashg‘ulot tashkil etish orqali ta’lim maqsadlariga muvaffaqiyatli erishiladi va o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash, muammolarni tahlil qilish, o‘z nuqtai nazarlarini aniq ifodalash, munozara qilish, ma’lumotni qabul qilish va baholay olish kabi ko‘nikma va malakalari, shuningdek mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantiradi, ularni ijodiy izlanishga yo‘naltiradi, faol o‘rganishni rag‘batlantiradi. Bular o‘z o‘rnida kasb-hunar kollejlarida bo‘lajak kichik mutaxasislarni tayyorlash jarayonining samaradorligi ko‘taraliyotganligini va kadrlar zamon talabida tayyorlanayotganligidan dalolat beradi.
O‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini oshirish, qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni maxsus fanlardan bilim olishini faollashtirish texnologiyasini amalga oshirish uchun qo‘yidagi tavsiyalarga e`tiborni qaratish lozim deb hisoblaymiz:
1. O‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini oshirish, faollashtirish, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ta’lim jarayonida muammoli o‘qitish texnologiyasidan samarali foydalanish lozim.
2. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonini muammoli dars ishlanmalari asosida samarali tashkil etish va muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri yarata olish muhim hisoblanadi.
3. Muammoli vaziyatni yuzaga keltiruvchi topshiriqlar va savollarni ishlab chiqish va amalda joriy etish muammoli o‘qitish texnologiyasini joriy etishni asosini tashkil etadi.
4. Maxsus fanlarni muammoli o‘qitish texnologiyasini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |