Far’gona Davlat Universiteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi



Download 206,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.05.2021
Hajmi206,09 Kb.
#65124
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish



 

 

 



 

Far’gona Davlat Universiteti 

Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi 

Yo’nalishi 19-30 guruh talabasi 

Sobirova Diloromxonning falsafa fanidan 

tayyorlagan  



MUSTAQIL ISHI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



Far’gona Davlat Universiteti 

Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi 

Yo’nalishi 19-30 guruh talabasi 

Sobirova Diloromxonning falsafa fanidan 

tayyorlagan  

MUSTAQIL ISHI 

 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

 

Mavzu: Oila nomusi va Sha`nini saqlashda ota-ona va 

farzandlar mas`uliyati. 

Reja: 

1.  Oila tushunchasi. 

2. 

Oila nomusi va Sha`nini saqlashda ota-ona mas`uliyati.

 

3. 

Oila nomusi va Sha`nini saqlashda farzandlar 

mas`uliyati.

 

Xulosa.

 

 

 



 

 

 



 


1. Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda 

anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz 

uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-

maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan 

ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam boʻlsa, jamiyat 

ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi 

anglashgan. 

Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. 

Buyuk allomalarimiz Mahmud Koshgʻariy, Ahmad Yugnakiy, 

Kaykovusdan tortib Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo 

Ulugʻbek va boshqalargacha oʻz asarlarida oilaviy masalalar, xususan, 

oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, 

bobo-buvining oʻrni, komil va vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu 

muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli hikoyatlar, 

rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar orqali 

pand-nasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar. Mahmudxoʻja 

Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, 

Choʻlpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz 

ham odob-axloqi goʻzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni 

tarbiyalashning yagona yoʻli — barqaror oila qurish ekanini, oilani 

mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib 

boʻlmasligini taʼkidlashgan. 

Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga 

kelib ham Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, 

uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni 



yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo 

etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganida 

ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. 

Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-

quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni 

tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan 

milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar 

davomida toʻplanib qolgan, eʼtibordan chetda qolib kelgan muammolar 

yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari 

oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qoʻyildi. Mazkur Farmonga 

binoan, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot 

markazi oila instituti sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi tizim 

sifatida tashkil etildi. Markazning asosiy vazifasi davlat va jamoat 

tashkilotlari, parlament, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari 

hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini Oʻzbekiston oilalarini 

mustahkamlash gʻoyasi atrofida birlashtirish, bu boradagi ishlarni 

muvofiqlashtirib borish, mamlakatda faqat sogʻlom oila — sogʻlom 

jamiyat ustuni boʻla olishini aholi ongiga singdirish, ilmiy-innovatsion 

tadqiqotlarni amalga oshirish orqali oila institutini mustahkamlash etib 

belgilangani mamlakatimizda bu borada mutlaqo yangi bosqichdagi 

saʼy-harakatlar boshlanganidan dalolat beradi. 

Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil 

qilish asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda 

“Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng 




targʻib etish va jamiyatga singdirish masalalariga kompleks yondashish 

faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. 

Xususan,  oilani  mustahkamlash  va  rivojlantirish,  oilalarda  maʼnaviy-

axloqiy  muhitni  yaxshilash,  jamiyatda  eng  ibratli  oilaviy  anʼanalarni 

saqlab  qolish  hamda  targʻibot  qilish  masalalari  boʻyicha  hududlarda 

qator  fundamental,  amaliy  va  innovatsion  tadqiqotlar  olib  borilayotir. 

Misol uchun, zamonaviy muvaffaqiyatli oila  mezonlari qanday boʻlishi 

kerak,  degan  mavzuda  respublikamizning  turli  viloyatlarida  800  dan 

ortiq  oilalarda  ijtimoiy  soʻrovlar  oʻtkazilib,  yakuniy  natijalar  boʻyicha 

zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi. Tadqiqot oʻtkazilgan oilalar 

vakillarining  fikrlariga  koʻra,  oiladagi  sogʻlom  va  barqaror,  osoyishta 

psixologik  muhit;  yuksak  maʼnaviy-axloqiy  tarbiya;  yetarli  darajadagi 

iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila aʼzolarining taʼlim yoʻnalishida oliy 

maʼlumotlilik  darajasi;  sihat-salomatlikka  alohida  eʼtibor  qaratish 

zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi.


Download 206,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish