Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir.
Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz: Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5 - 1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bogMiq, Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg^ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada: Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o’zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning Yerishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Mazkur ishning tadqiqot obyekti sifatidahozirgi kunda keng tarqalgan ilqim muammollari va ularning vujudga kelish yo`llari nazarda tutilgan. Shunga muvofiq tabiada bo`ladigan asosiy voqea hodisalarning debochasi iqlim.
Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida ilmiy manbalar va bevosita dala tadqiqotlarida to’plangan materiallar atroflicha tahlil qilindi.Iqlimning asosiy tadqiqot metodlari avvalo kuzatuvchanlik,izlanish ilmiy tadbiq etish shakillantirish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi, tadqiqotning ketma–ket bajarilishi va mazmunini o’zida aks ettiruvchi kirish, 2 bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.BOB.Iqlimi va uning ta’siri
1.1. Iqlim tushunchasi iqlimni shakllantiruvchi omillar
Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir. Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq ravishda obhavoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni biron joyda boʻladigan obhavo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bogʻliq atmosfera dirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi. Har bir joy Iqlimi uning boshqa joylardagi Iqlimiga nisbatan oʻziga xos xususiyatlari haqida koʻp yillik meteorologik kuzatishlar natijasidagina toʻla tasavvurga ega boʻlish mumkin. Iqlimi atmosfera va faol qatlam (yer yuzasi)da betoʻxtov davom etadigan tabiiy (Iqlimi hosil qiluvchi) jarayonlar (issiqlik, kinetik va b. shakldagi energiyalarning oʻzgarishlari, suvning bugʻlanishi, suv bugʻining suyuklikka aylanishi, namning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi va h. k.) natijasidir. Yer sharining turli nuktalarida Iqlimining turlicha boʻlishi Iqlimi hosil qiluvchi omillarning har xil boʻlishiga, yaʼni bu jarayonlar sodir boʻladigan oʻsha geografik sharoitlarga bogʻliq. Geografik omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya va oʻsimlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar boʻylab turli Iqlimilarning shakllanishiga sabab boʻladi.
Yernit shakli, uning Quyosh atrofidagi harakati va ekliptika tekisligiga qiyaligi, yer yuziga quyosh energiyasi turli kengliklarda turlicha tushi-shi, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida havo va suv harakatlari yoʻnalishini oʻzgartirishiga taʼsiri va bu taʼsirning yuqori kengliklarda kuchli boʻlishi Iqlimi hosil qiluvchi astronomik omillar hisoblanadi. Biroq bir kenglikning oʻzida ham Iqlimi hosil qiluvchi jarayonlar tabiiy geografik omillarga, yaʼni yer yuzasining quyidagi xususiyatlariga bogʻliq holda turlicha boʻladi: a) quruqlik va suv issiqlikni yutish, saklash va qaytarish, namni bugʻlantirish, havo oqimlariga taʼsir etish xususiyatiga ega; b) quruqlik relyefi havo oqimlarining tutilib qolishiga, keskinlashuviga va oʻzgarishiga, yerning turli yoqlariga kuyosh nurining turli miqdorda tushishiga, yer yuzasidan suvning oqib ketish ketmasligiga va bug`lanishga ham taʼsir koʻrsatadi; v) turli togʻ jinslaridan tarkib topgan quruqlik mintaqalari har xil issiqlik oʻtkazish xususiyatiga ega.
Yer yuzida Iqlimi sharoitlarining turlicha boʻlishiga asosiy sabab astronomik va tabiiy-geografik omillar hisoblanadi. Ular yer yuzidagi hodisa va ja-rayonlarga yo butunlay bogʻlanmagan yoki, asosan, endogen jarayonlar taʼsiri ostida juda sekin oʻzgaradi. Bu omillarning eng katta tafovutlari (mas, tropik va moʻʼtadil kengliklar oʻrtasida, qitʼalar va okeanlar oʻrtasida) havo oqimlarining umumsayyoraviy tizimini — atmosferaning umumiy dirkulyasiyasini yuzaga keltiradi. Bu oqimlar issiqlik va namni yer sharining bir qismidan ikkinchi qismiga koʻchiradi, atmosferaning turli vertikal qatlamlari boʻylab issiklik va nam almashinuvini vujudga keltiradi, bulutlar va yogʻinlar hosil qiladi yoki ularning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi, atmosfera bilan faol qatlam oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni jiddiy oʻzgartiradi. Har bir joyda havo oqimlariga bogʻliq holda havo salqin yoki issiq boʻladi, yuqoriga koʻtariladigan yogʻinli havo oqimlari, yo boʻlmasa, te-padan pastga tushadigan quruq va iliq havo oqimlari koʻproq boʻladi. Issiqlikning dunyo okeanlarida turlicha taqsimlanishi va atmosfera dirkulyasiyasi tufayli dengiz oqimlarining paydo boʻlishi ham I.ni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Oqimlar okeanning turli qismlarida yo anomal is-siq, yoki anomal sovuq faol qatlam hosil qilib, shu orqali atmosfera dirkulyasiyasiga va bevosita dengiz ustida Iqlimi shakllanishiga taʼsir etadi.
Oʻrta Osiyo hududining atmosfera dirkulyasiyasida arktika, moʻʼtadil va tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Bu yerlarda yilning sovuq fasllarida moʻʼtadil mintaqa kontinental havo massalari ustunlik qiladi va, ayniqsa, siklon faoliyati jadallik bilan rivojlanadi. Bu esa qish faslining juda oʻzgaruvchan, odatda, seryomgʻir va koʻpincha, sovuq boʻlishiga olib keladi. Yilning sovuq boʻlmaydigan davrlarida Turon pasttekisligidagi choʻlning juda qizib ketishi tufayli past bosimli havo qatlami vujudga keladi. Bu yerga kirib kelayotgan havo oqimlari yer sirtidagi issiq toʻshamaning kuchli taʼsiriga duch keladi, ularda jadal oʻzgarishlar jarayoni yuz beradi. Natijada issiq va quruq Turon kontinental tropik havo oqimi vujudga keladi. Transformatsiya (havo oqimining oʻzgarishi) taʼsirida siklonli jarayonlar shu qadar sezilmaydigan dara-jada oʻtadiki, faqat temperatura qisman oʻzgaradi va bulutlar paydo boʻladi, nisbatan barqaror issiq va quruq obhavo vujudga keladi.
Oʻrta Osiyo hududidagi Iqlimining oʻziga xos xususiyati qurgʻoqchilikdir, bu esa hududning tabiiy namgarchilik maromi bilan bogʻliq. Namgarchilik maromining shakllanishida atmosfera yoginlarining ahamiyati katta. Yillik yogʻinning koʻproq qismi —30 —50% i bahorga, 30—35% i qishga va 15—20% i kuzga toʻgʻri keladi. Yoz oylarida yogʻingarchilik juda kam — yillik yogʻinning 5—10% ini, jan. hududlarda 2—3% ini tashki l qiladi. Yogʻinlarning fasllar boʻyicha notekis taqsimlanishi sovuq mavsumlarda siklon faoliyatining jadal rivojlanishi (ayniqsa, eng ser-yogʻin oylar —mart—apr.), yozda esa termik depressiya kuchayishi bilan bogʻliq. Yogʻinlar yildan-yilga oʻzgarib turadi, ayrim yillarda esa yogʻin oʻrtacha (koʻp yillik) yogʻinlar miqsoriga nisbatan 1,5—2 marta koʻproq (mas, 2002-yil bahorda Oʻzbekiston hududida shunday hol yuz berdi), qurgʻoqchilik yillarida esa 3—4 marta kam boʻladi. Yogʻingarchilikning oʻzgaruvchanligi, ayniqsa, quruq issiq oylarda kuchayadi, ayrim yillarda yozda yogʻingarchilik butunlay boʻlmay-di, ayrim yillarda esa bir necha kun ichida bir yillik yogʻin yogʻishi mumkin (qarang Atmosfera yogʻinlari). Iqlimini hosil qiluvchi ikkilamchi omillar ham boʻlib, ular quyidagilardan iborat: a) faol qatlamning al-bedosi va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan quruklikdagi qor va muzliklar hamda dengizlardagi muzliklar; b) faol qatlamning suv oʻtka-zuvchanligi, issiklik sigʻimi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, albedosi, gʻadir-budirligi, bugʻlatish qobiliyatini va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan oʻsimliklar (ayniqsa, oʻrmon) va tuproq qoplami.
Okeanlarda Iqlimining har bir elementa geografik kenglikning oʻzgarishiga, bir dengiz oqimi taʼsiridagi hududdan ikkinchi oqim taʼsiridagi hududga oʻtishiga, joyning atmosfera umumiy dirkulyasiyasiga nisbatan tutgan oʻrniga qarab asta-sekin oʻzgarib boradi. Iqlimining faqat okeanlardagina sof holda kuzatiladigan bunday asta-sekin oʻzgarishi makroiqlimiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Quruklikdagi makroiqlimning asta-sekin oʻzgarishiga relyef, oʻsimlik, suv havzalari va h. k. taʼsir etadi. Yirik va oʻrtacha relyef shakllari, oʻrmonlar, dalalar, koʻllar, yirik shaharlar va boshqa taʼsirida bir necha km yoki bir necha oʻn km masofada Iqlimi elementlarining uzluksiz oʻzgarib turishi mahalliy Iqlimini vujudga keltiradi. Iqlimi elementlarining kichikkichik daraxtzorlar, sayhonliklar, tepaliklarning turli tomonga qaragan yon bagʻirlari, shahar koʻchalari, maydonlari va h. k. taʼsirida bir necha yuz yoki bir necha oʻn m masofada oʻzgacha boʻlishi joyning mikroiqlimiy sharoitlari deb ataladi. Yer sharida Iqlimining nihoyatda turli-tuman boʻlishi iqlimiy hududlashtirishni, yaʼni mintaqa (akvatoriya)larni iqlimiy tafovutga qarab qismlarga ajratishni taqozo qiladi. Iqlimiy chegaralarni aniqlashda, koʻpincha, tabiiy chegaralardan foydalaniladi. Iqlimiy hududlashtirishning maxsus sxemalari amaliy iqlimshunoslik masalalarini hal etish bilan bogʻlangan boʻlib, meteorologik sharoitlarning oʻrganiladigan obʼyekt (ekinlarning rivojlanishi va hosili, transport va turli xil inshootlardan foydalanish, turli xil iqlim sharoitida inson oʻzini qanday his qilishi)ga taʼsirini tadqiq qilish natijalariga asoslangan. Masalan, paxtaning maʼlum navini yetishtirish uchun vegetatsiya davrida temperaturaning minimal yigʻindisi 4000° boʻlishi kerak boʻlsa, samarali harorat yigʻindisi haritadagi 4000° ga teng boʻlgan izochi-ziq paxta oʻstirish mumkin boʻlgan hududni chegaralab beradi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining tarqalish chegarasi, ularning mahsuldorligi koʻp jihatlardan Iqlimi sharoitlariga bogʻliq. Bu sharoitlarni hisobga olish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish, qadimgi oʻsimliklarini joylashtirish va ularni yangi hududlarga siljitishda, agrotexnik, meli-orativ va b. tadbirlar tizimlarini ishlab chiqishda, ekinlarning yangi navlarini yaratish va boshqada juda zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |