Kaykovus 412 xijriy yilda (milodni 1021-1022) tug‘ilgan. Uning avlodlari gilon kabilasidan bo‘lib, Tabaristonda (hozirgi Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar.
Nazorat topshiriqlari.
Quyidagi testlarni ishlang.
1. YUsuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig" asari qanday asar va nima ma’noni anglatadi.
a) Baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni aglatadi. Pand, nasixat, ta’lim, tarbiyaga oid, har tomonlama komil inson tarbiyasiga oid didaktik asardir.
b) Xukmdorlar nasixatnomasi: degan ma’noni anglatadi. Tarixiy didaktik, muallifning tarjimai holi haqida ma’lumot beradi.
v) Ikkalasi ham to‘g‘ri.
3. YUsuf Xos Xojib insonni kamolga etishi uchun nimalarni nazarda tutadi.
a) Aqliy kamolot, ilmiy, axloqiy.
b) Ilmiy kamolot, axloqiy, jismoniy
v) Aqliy, axloqiy, jismoniy.
4. “Bilgil, aql bir moldurki,uni o‘g‘ri ololmas,u o‘tda yonmas,suvdv cho‘kmas ”,- bu fikrning muallifi....
A) Axmad YUgnakiy.
B) Kaykovus
V)Az- Zamaxshariy
7. “O‘quv qut beradi,bilim sharaf-shon. SHu ikkovi tufayli, ulug‘dir inson ”iborasi qaysi asardan olingan.
A) Tadbir al-manozil.
B) Qobusnoma
V) Qutadg‘u bilig
8. “Omonlik tilasang agar sen o‘zing,tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing” iborasi qaysi allomaning fikriga mansub.
A) Ibn Sino
B) YUsuf Xos Xojib
V) Beruniy.
4- topshiriq. YUsuf Xos Xojib asaridagi yoshlarga ta’lim-tarbiya berish mohiyatini tushuntiring.
25-Mavzu: Kaykovusning “Qobusnoma” asari va juvonmardlik tarbiyasi.
Reja:
Kaykovus haqida ma’lumotlar.
Kaykovusning “Qobusnoma ” asarining yaratilishi.
Qaykovusning Vatan haqidagi, kasb-hunarni ulug‘lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtai nazaridan koralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlanadi."Qobusnoma” asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur xind asari "Kalila va Dimna", Nizom ul-Mulkning"Siyosatnoma”, Nosir Xisravning "Saodatnoma”, YUsuf Xos Xojibning "Qutadg‘ubilig", Maxmud Qoshg‘ariyning "Devonu lug‘atit- turk" , "Sa’diyning "Guliston", AxmadYUgnakiyning "Hibatul xaqoyiq", Alisher Navoiyning "Maxbub ul-qulub", Voiz Koshifiyning "Axloqiy muxsiniy", Davoniyning "Axloqi Jaloliy" kabiaxloqiy-ta’limiy asarlari bilan bir qatorda SHarq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o‘rinni egallaydi.Unda SHarq pandnomalaridagi an’anaga binoan va X asrda paydo bo‘lganyoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalanadi. Insondagi boshqa barcha xislatlar shu uch narsaga bog‘liq, deydi Kaykovus. Juvonmardlik (yoki iyorlik)ning ustunlarini (ruknlari) quyidagilarda deb ko‘rsatadi: jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo‘lmoq; asirlarga ziyon etkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, yomonlarning yomonligini yaxshilardan yiroq tutish, rostgo‘ylik, yaxshiga yomonlik kilmaslik, ziyon-zaxmatdan saqlash odamlarga ham ziyon- zaxmat etkazmaslik. Juvonmard sipohiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishi, kamtarlik va mehmondo‘stlik, saxiylik, xaqshunoslik pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi. Kaykovusning o‘zi ta’kidlaganidek, butun bir asar ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag‘ishlangan. Qaykovus unda "... barcha fikr va tushunchalarimni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to‘rt bobda etdim", deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog‘lagan holda kamolga etkazish yo‘llar usullarini bayon etgan. Kaykovusning "Qobusnoma" asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o‘sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo‘lgan aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog‘liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o‘qish, hattotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo‘lish, shatranj va nard o‘yinini bilish kabilar ham o‘z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |