FAOLIYATNING INTERIORIZATSIYALASH VA EKSTERIORIZATSIYALASHUVI - Tashqi, real harakatdan ichki, ichki timsoliy harakatga o`tish jarayonini INTERIORIZATSIYA (tom ma`nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanish) deb atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma`lum bir vaqt ichida uning nazari e`tiborida bo`lmagan narsalarning obrazi(timsoli)dan foydalanish qobiliyatiga ega bo`ladi.
- Biz ichki, psixik faoliyatni tashqi, anik faoliyatning interiorizatsiyalashuvi natijasi deb hisoblash mumkinligini ko`rib chiqdik. Shunga muvofiq tarzda tashqi, anik faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma`nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb qarash mumkin ("eksternus" - "tashqi" degan ma`noni anglatadi).
FAOLIYATNING O`ZLASHTIRILISHI VA MASHQLAR - Harakat usullaridagi bu o`zgarishlar qanday yuz beradi va ularning psixologik mexanizmi qanday? Bu mexanizmning asosini tadqiqot qilishga o`rinish va tanlash tashqil etadi. Kishi muayyan harakatni bajarishga o`rinib kuradi va uning natijasini nazorat qiladi. Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o`zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda, ongli ravishda nazorat qilishga va tuzatishga asoslangan holda ko`p martalab takroran bajarish faoliyati MAShQ deb ataladi. Mashq qila borgan sari kishi harakatlari xarakterining o`zgarishi bu harakatlarni bajarish chog`ida ruy beradigan psixik faoliyati tuzilishida yuz beradigan o`zgarishlarni ham aks ettiradi. Ongli tarzda nazorat qilinib va tuzatilib turiladigan har bir yangi urinish faqat harakat usullari va vazifalarini eslab qolishdagina aks etmaydi. Odatda u vazifani tekshirish usullarining, uni hal qilish va tuzatish yo`llarining ham o`zgarishiga olib keladi.
FAOLIYATNING ASOSIY TURLARI. - Hayotining birinchi yillaridayok bolada faoliyatning oddiy shakllarini o`zlashtirishi uchun dastlabki shart - sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati hisoblanadi. Ma`lumki, o`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham kuzatiladi. Bu - ularning turli xildagi xarxashalaridan, urishishni taqlid qilishi, u yoqdan - buyoqqa chopishi va hokozolardan iboratdir. Hayvon bolalarining o`yin jarayonidagi kiligini avvalo ularning organizmidagi faoliyatga, jamlangan kuch - kuvvatni sarflashga bo`lgan ehtiyojni qondirishi deb qarash mumkin. Agar hayvon bir muncha vaqt mobaynidan o`ynaydigan sherigidan mahrum etib qo`yilsa, keyinchalik uning qo`zg`alishi va o`yin faoliyati keskin kuchayadi, ya`ni tegishli kuch quvvat to`plangani kabi hodisa ruy beradi. Bu hodisa "o`yinga to`ymaslik" deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |