Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Tajribada shu narsa isbotlanganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: - – perseptiv, ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
- – mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
- – fikrlash faoliyati, aql, fahm-farosat vositasida turli muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
- – imajitiv, faoliyat ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Odamning faolligi va faollikning manbai bo`lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, ya`ni kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, ya`ni faqat biologik ma`noga ega OVQAT tarzidagi buyum bo`lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bo`lgan o`z ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o`zgartirishga qodirdir. - Odamning faolligi va faollikning manbai bo`lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, ya`ni kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, ya`ni faqat biologik ma`noga ega OVQAT tarzidagi buyum bo`lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bo`lgan o`z ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o`zgartirishga qodirdir.
FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA - Agar hayvonlarning hatti - harakati butunlay atrof muhit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanok butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko`ra yo`naltirib boriladi. Hatti - harakatning bu turi shu qadar o`ziga xoslikka egaki, psixologiyada uni atash uchun maxsus termin - FAOLIYAT termini qo`llaniladi. Faollikning bu, alohida maxsus insoniy turining farq qiluvchi psixologik belgilari nimalardan iborat? Bu farq qiluvchi belgilardan biri shundan iboratki, faoliyatning mazmuni uni keltirib chiqargan ehtiyoj bilangina belgilanmaydi. Basharti motiv sifatida ehtiyoj faoliyatga turtki berib, uni ragbatlantirar ekan, u holda faoliyatning shakllari va mazmuni ijtimoiy shart - sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |