Ilmiy bilish metodlari
- Kuzatish va eksperiment
- analiz va sintez
- tarixiylik va mantiqiylik
- induktiv va deduktiv
- umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish
- formallashtirish va modellashtirish.
31-Novatsiya va innovatsiya
Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili. «Innovatsiya» so ‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, о ‘zgartirish, yangilik kiritish degan mа ’noni bildiradi. Innovatsiya fenomeni o‘zining evristik asosiga ko‘ra, birinchidan, yangilikka yo‘nalgan, ya’ni madaniyat yangiliklarini ochishga qaratiladi, ikkinchidan, u ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning bugungi kunini ham aks ettiradi.
Innovatsiya subyektning kreativ-nazariy va predmetli amaliy faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin etiladi. I.T.Balabanov ta’kidlashicha, «Innovatsiya - yangi texnika yoki texnologiya, mehnat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv, shuningdek, nazorat, hisob-kitob, rejalashtirish uslublari, tahlil va boshqalami tashkil etishning yangi shakllariga mablag‘ kiritish orqali erishilgan moddiy lashgan natijadir».
Zamonaviy adabiyotlarda innovatsiya jarayonining uch komponenti mavjud. Bulardan birinchisi, subyektli, kreativ (ijod), amaliy (mehnat) komponentlar alohida o‘rganiladi. Hozirda innovatsiyaga ilmiy-tadqiqot faoliyatining bosh manbai sifatida qaralmoqda. Malumki, innovatsiya murakkab ijtimoiy-madaniy fenomen. Innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning barcha tendensiyalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, innovatsiya yangilikka yo‘naltirilgan fenomen sifatida o‘zi bilan madaniyat kelajagini belgilab beradigan evristik g‘oyalarga asoslanadi.
Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy-ijodiy faoliyatga xos bo ‘Igan novatsiyalar nazariy va empirik jihatdan yangicha sifatli holatga o'tish, eskirib qolgan qoida, vaziyat va ahamiyatlarni qayta ко‘rib chiqish bilan bog‘liq. Novatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyati asosida to‘plangan tajriba va yangiliklaming dinamik birligini saqlagan holda, insoniyat hayotining turli sohalariga oid yangiliklami maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, u vorisiylik tamoyiliga rioya qilgan holda erkin tarzda yangi nazariyalami yaratishda ham metodologik ahamiyat kasb etadi.
Novatsiya yangi ilmiy g ‘oyada «eskilik» elementi, ilgari mavjud bo ‘Igan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa yangilik vorisiylikka tayanadi. Bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni yana o‘matilgan yangi haqiqat demakdir. Novatsiyada, shuningdek, awalgi mavjud bo‘lgan g‘oya yoki paradigmani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtiriladi. Shunday qilib, novatsiya jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang-barangligida anglash oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi.
Xulosalar: Birinchidan, ilmiy-ijodiy faoliyatning innovatsion va novatsion strukturalari ongning shunday ishlashini ta’minlaydiki, bunda insonga o'z hayoti maqsadlari, usullari va sharoitlarini muvofiqlashtirish mumkin bo‘ladi. Bunday ilmiy-ijodiy faoliyat olimning kelajakning mos ilmiy strategiyasini belgilash, baholash va tanlab olishning turli imkoniyatlarini va yangi texnologiyalar, tushunchalar, gipotezalami aprobatsiya qilishiga yordam beradi. Innovatsiya va novatsiyalaming konstruktiv jihatlari alohida rol o‘ynaydi. Natijada kelajakka tanlab olingan ilmiy loyiha ratsionallikka, samaradorlikka, optimallikka ekspertizadan o‘tadi. Ikkinchidan, ilmiy-ijodiy faoliyatda kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ulami innovatsion asoslarda hal qilishga turtki beruvchi evristik omillar ustuvor o‘rinni egallaydi. Ilmiyijodiy faoliyatda innovatsion va novatsion o ‘zgarishlaming amal qilish maydoniga ko‘ra, inson faoliyatining va jamiyatning har bir jabhasini qamrab oladi. Bu holatni biz ilmiy-ijodiy faoliyatning amal qilish xususiyatlaridan ham anglab olishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |