32-umumilmiy metodlar.
Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha metodlar ma’lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya eksperimentlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma’lumotlar yig‘ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.
Albatta ob’ektga ta’sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro`yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g‘ridan-to`g‘ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta’sir qilish jarayonida ham qo`llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to`g‘ridan-to`g‘ri muloqot metodi orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi» dan to`g‘ridan to`g‘ri kuzatuvchiga nisbatan qo`llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so`rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o`zini erkin tutadi. Asosiy mezonlar mavjud bo`lib bu quyidagilardan iboratdir:
Eksperimental kuzatuv, sistematik kuzatuv yoki korrelyatsion kuzatuv. Ularni xususiyati shundaki, kuzatuvchi korrelyatsion asosiy o`tish davrlari o`rtasida aloqalarni aniqlaydi. Buning uchun u sara kuzatuvchilarni tanlab, ular bilan ish olib borish ketma-ketligini rejalashtiriladi.
Tabiiy eksperiment va kuzatuvlar, suhbat, klinik metod, ayrim hollarni tushuntirish metodi va hokazolar. Bu metodlar inson xulq-atvorini xususiyatlarini yuzaga chiqaradi, empirik umumiyliklarga xizmat qiladi.
Eksperimentni o`tkazish bu eng asosiy jiddiy, javobgarlikni talab etadi. Kuzatuvchi ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi zarur. Eng zo`r g‘oyani ham kuzatuvchi malakasizligi tufayli ham buzib yuborishi mumkin. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi sinaluvchiga ta’sir jarayonini tashkillashtiradi. Qonun- qoidalar bilan tanishtiradi, kerak bo`lsa o`rgatish, tayyorlash ishlarini olib boradi va nihoyat kuzatuvchi eksperimentdan so`ng sinaluvchi bilan so`rovnoma o`tkazadi (posteksperimental intervyu).
Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o`z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog‘liqligini tekshirib ko`rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo`llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yo`li bilan qo`lga kiritilgan faktlarning asosiy ko`pchiligi psixologiyada eksperimental yo`l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo`llab bo`lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funktsiyalar ko`proq eksperiment yo`li bilan o`rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko`pgina qobiliyatlar) ham shu metodda o`rganiladi. Lekin harakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment metodi bilan o`rganib bo`lmaydi.
Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo`llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo`lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo`llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng ko`llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervyu metodi ham so`roq-javob metodiga tegishlidir. Ko`pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o`xshatib, ya’ni ko`p masalalar yuzasidan ko`plab javoblar olishni ko`zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to`g‘ri keladi. Biroq bilimlarni va o`rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o`rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo`llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar – bolalar bog‘chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa rahbarlari, harbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baholarni ko`proq xususiyatlarning sifat jihatidan namoyon bo`lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suhbatlarda o`tkazilsa ancha foydaliroq bo`ladi), balki o`rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya’ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baholash tarzida o`tkazilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog‘liq bo`lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish – ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.
O‘z-o`zini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so`nggi yillarda yana ma’lum ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Chunonchi, suhbat va so`roq-javob metodlarini o`z-o`zini kuzatish metodi orqali olingan ma’lumotlarsiz qo`llab bo`lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savol-javob o`tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o`z-o`zini kuzatish, garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo`lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. O‘z-o`zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya’ni tetik kayfiyatni, achchiqlanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog‘liq bo`lgan sermahsul ishlarni o`rganishda ayniqsa foydali bo`lishi mumkin.
Testlar metodi. Testlar, ya’ni ozmi yoki ko`pmi standartlashtirilgan (bir xillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki yomon asoslangan bo`lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan o`tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Arxiv metodi.
Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxivlik metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o`tkazuvchi psixolog sinaluvchining aktual xulqini kuzatmaydi va o`lchamaydi, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o`quv yoki ijodiy faoliyatini analiz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |