Umumiy toksikologiyaning aso Toksikologiya fanining maqsadi va uning vazifalari. Bu harakat haqidagi ta’limot tanadagi zaharli moddalarning kirib kelishi, tarqalishi yo’llari metabolitik transformatsiya (biotransformatsiya) va ajralib chiqish. Shuning uchun toksikologiyaning birinchi vazifasi - bu aniqlash va kimyoviy moddalarning toksik xususiyatlarini tavsiflash organizmdagi patologik о‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin bо‘lgan zaharli moddalarni о‘rganish.
Zaharning organizm bilan о‘zaro ta’siri ikki jihatdan kо‘rib chiqiladi: qanday qilib modda tanaga ta’sir qiladi (toksikodinamika) va organizmdagi modda ta’sirida nima sodir bо‘ladi (toksikokinetikasi).
Toksikologiyaning ikkinchi vazifasi - о‘rganilayotgan kimyoviy moddalarning toksik ta’sir zonasini aniqlash (toksikometriya). Toksik ta’sirni organlar va tizimlardagi funksional yoki tarkibiy о‘zgarishlar yordamida baholash mumkin.
Shuning uchun toksikologiyaning uchinchi vazifasi о‘rganishdir. Zaharlanishning klinik va patomorfologik belgilari tanaga zahar olishning turli usullari, shuningdek zaharning tanlab toksikligi, ya’ni organizmga tushgan zaharli modda boshqa a’zolarga ta’sir qilmasdan ma’lum hujayralar yoki tо‘qimalarni shikastlantiradi.
Toksikologiyaning hozirgi vaqtdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- ishlatilgan zaharlovchi moddalarning zaharlilik darajasini va organizmlarga turli yо‘llar bilan tushgan zaharlovchi moddalar hamda boshqa yuqori toksik birikmalarning ta’sirlash xususiyatini aniqlash;
- organizmga bir marta yoki takror-takror ta’sir kо‘rsatganda rо‘y beradigan zaharlanishning klinik manzarasini tasvirlash;
- moddaning organizmga ta’sir qilish mexanizmini va ayrim a’zolar funksiyasini qanday izdan chiqarib borishini kuzatish;
- biror a’zo yoki sistemaning boshqa a’zolardan kо‘proq yoki kamroq zaharlanishini aniqlash va ularni patomorfologik jihatdan ta’riqlab berish;
- zaharlanganlarga davo qilish yо‘llarini aniqlash, kuchli ziddi-zaharlarni qidirib topish va ishlatish;
- tibbiy evakuatsiya bosqichlarida shu ziddi-zahar vositalarni maqsadga muvofiq ravishda turli usullarda qо‘llash;
- qо‘paruvchanlik (diversion) maqsadida zaharlovchi moddalar ishlatilganda yaradorlar hamda shaxsiy himoya о‘tkazish bо‘yicha tibbiy xizmat kо‘rsatish chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- harbiy xizmatchilar orasida texnik suyuqliklardan, qо‘ziqorinlar va zaharli о‘simliklardan tasodifan zaharlanishlarning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Bu vazifalarni bajarishda quyidagi asosiy qoidalarga:
- zaharlovchi moddalar bilan zaharlanishda paydo bо‘ladigan patologik о‘zgarishlarni aniqlashni yagona tushinish;
- zaharlangan kishilarga davolash bosqichlarida va xizmatchilarga tibbiy yordam kо‘rsatish tadbirlarini tashkil qilishda yordam bera olishga yagona qarash;
- zaharlovchi va boshqa kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda zaharlanishning oldini olish, davolash vositalarini о‘z vaqtida qо‘llash va ketma-ket ishlatish usullariga rioya qilish kerak.
Toksikologiya fanining bо‘limlari. Har bir zaharlovchi modda organizmga turlicha ta’sir qilishi sababli, zaharlanganlarga turli soha mutaxassislari (terapevt, nevropatolog, dermatolog, jarroh va boshqalar) turlicha yordam kо‘rsatadilar. Shuning uchun ham turli sohadagi mutaxassis vrachlar tayyorlash jarayonida zaharlovchi moddalar va shunga о‘xshash moddalarning xossalarini, zaharlanish natijasida kelib chiqadigan klinik simptomlarni, himoya vositalaridan qanday foydalanish usullarini о‘rganish majburiy hisoblanadi.
Toksikologiyani 5 ta bо‘limga ajratish mumkin:
Tajribiy-nazariy.