Tajribiy-nazariy toksikologiya moddalar bilan tirik organizm о‘zaro ta’sirining asosiy qonuniyatlarini о‘rganadi. U hayvonlar ustida о‘tkaziladigan tajribalarga asoslangan.
Profilaktik toksikologiya tirik organizmlarga moddalarning zararli ta’sirini, oldini olish usullarini, zaharli moddalar bilan ishlash jarayonidagi texnika xavfsizligi qonun qoidalarini о‘rganadi. Profilaktik (gigienik) muammolarni о‘rganish kimyoviy toksikologik xavf darajasini aniqlash moddalar atrof muhitga ta’sir unga qarshi chora-tadbirlar va usullarni ishlab chiqadi. Zaharli moddalarning toksik ta’siridan himoya qilidi. Shuning uchun u ekologik xarakterga ega toksikologiyaga bо‘linadi:
• qishloq xо‘jaligi (pestitsidlar);
• sanoat (sanoat ifloslantiruvchi moddalar)ishlab chiqarish muhiti;
• maishiy (atmosferadagi kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar) havo, suv, tuproq;
• oziq-ovqat.
Klinik toksikologiya atrof – muhitdagi kimyoviy moddalarning inson organizmiga ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni tadqiq qiladi.
U о‘z ichiga oladi toksikologiya:
• о‘tkir zaharlanish;
• surunkali zaharlanish;
• dori vositalari bilan davolash;
• dorivor.
Sanoat toksikologiyasi sanoat ishlab chiqarishda inson uchun mehnat sharoitini yanada muhofazalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadiga qaratilgan holda, ushbu sharoitda zararli moddalarning inson organizmiga zararli ta’sirini о‘rganadi.
Ekologik toksikologiya moddalarning tirik obyektlarga, populyatsiya, ekologik sistemalarga ta’sirini о‘rganuvchi toksikologiyaning bir bо‘limi. Bunda e’tibor alohida olingan bitta organizmga emas, balki biogeitsenoz, ekosistemalar, shuningdek moddalarning tabiatdagi aylanishiga qaratilgan.
Toksikologiyaning asosiy tushunchalari.
Zararli moddalar haqida tushuncha. Toksikologiyaning asosiy tushunchasi – zararli modda haqidagi tushunchadir. Zararli modda deb, organizmda tug‘ma yoki keyin shakllangan qobiliyatiga mos tushmaydigan, shuning uchun zararli reaksiyalar keltirib chiqaradigan, ya’ni organizmni normal hayot faoliyatiga tо‘g‘ri kelmaydigan kimyoviy komponentlardir.
Qanday moddani zararli modda, ya’ni zahar desa bо‘ladi va umuman zaharli bо‘lmagan moddalar mavjud bо‘ladimi? XIII asrda Paratsel’s aytgan edi, hamma narsa zahar va hech narsa zaharsiz bо‘lmaydi, ya’ni amalda organizm yoki ekosistemaga uning hayot faoliyatini о‘zgarishgacha olib keladigan miqdorda tushgan barcha moddalar zaharli bо‘lishi mumkin. Oddiy yoki nisbatan kam miqdorda olinganda ham zaharli ta’sir kо‘rsatsa – zahar deyiladi.
Demak bir modda uning miqdori, organizmga ta’sir qilish jarayonlarida zahar ham, malham ham, hayot uchun zarur vosita ham bо‘lishi mumkin.
Ksenobiotiklar (xenos-begona, BIOS-hayot) tirik organizmlar uchun yot, begona bо‘lgan turli-tuman organic birikmalar. Inson xо‘jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan va moddalar aylanishining biologic davrasi bilan bog‘liq kimyoviy moddalar. Bularga pestitsidlar, maishiy kimyoviy preparatlar, har xil dori-darmonlar, kir yuvish vositalari, mineral о‘g‘itlar va boshqalar kiradi. Ksenobiotiklar atrof muhitga kо‘p miqdorda tushganda tirik organizmlarga halokatli ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Ksenobiotiklar organizmda turli allergic kasalliklar va irsiy о‘zgarishlar paydo qilishi, immunitetni susaytirishi va boshqa oqibatlarga olib kelishi, tabiiy tizimlarda boradigan jarayonlarga ham ta’sir etib, ularni izdan chiqarishi mumkin. Ksenobiotiklar atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqarish uchun zarurdir.
Ba’zi moddalar kam miqdorda olinganda manfiy ta’sir zonalaridan holi bо‘lishlari mumkin. Ular о‘rinbosar moddalar deb ataladi.
2. Har bir modda asosiy ekologik parametr yо‘l qо‘yiladigan konsentratsiya, ya’ni REK – ruxsat etilgan konsentratsiya bilan xarakterlanadi. Bu kimyoviy birikmaning shunday maksimal konsentratsiyasiki shu miqdorida insonga uzoq vaqt davomida ta’sir etilganda uning organizmida hech qanday о‘zgarish yoki kasallik keltirib chiqarmaydi.
Kо‘pchilik moddalar uchun manfiy ta’sir zonalari katta konsentratsiyalarda ham mavjud. Masalan, oqova suvlar bilan atrof muhitga tushadigan xrom birikmalari tirik organizmlar uchun xavf tug‘diradi.
Xromning ish sharoitidagi havodagi REKi 0.01 mg/m3 (Sr2O3). Aholi punktlaridagi havodagi о‘rtacha kunlik REMi 0.0015 mg/m3 (Sr2O3). Sutdagi REK -0.1 mg/l. Gо‘shtdagi REK – 0.2 g/kg.
Bu konsentratsiyalarning ortishi kasallikka olib keladi. Havoda ular о‘pka, bronxlar rakini keltirib chiqaradi. Sr +16 ioni mutagen aktivlikka ega. Allergik kasalliklarni, dermatit egzemalarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga Sr – biologik aktiv element. Nuklein kislotalar almashinuvida ishtirok etuvchi biologik aktiv element bо‘lib, insonning ferment sistemasi tarkibiga kiradi.
Katta odamlarning Sr ga bо‘lgan bir kunlik ehtiyoji 150-200 mkg/sut. Xrom yetishmasligi hayvonlarda о‘sishning pasayishi, hayotining qisqarishi, moddalar almashinuvining buzilishi, kо‘z gavharining, kо‘zning shikastlarini keltirib chiqaradi.
Organizmga zararli ta’sir kо‘rsatadigan moddalar, zararli moddalar yoki zaharlar deyiladi (“toksigent”, “toksikant”). Ular organizm ichida hosil bо‘luvchi zararli moddalar – endogen zararli moddalar, tashqi muhitdan organizmga tushuvchi zaharli moddalar – ekzogen zararli moddalar deyiladi.
3. Zararli moddalar, toksiklik va xavflilik darajalari bilan xarakterlanadi. Toksiklik – moddaning tirik organizmga ziyon yetkazish xususiyatidir. Moddaning hayot bilan bir-biriga о‘lchovidir (I.V.Sanotskiy, 1970). Moddaning xavfliligi moddalarni ishlab chiqarilishi va qо‘llanilish sharoitlarida zararli ta’sir kо‘rsatish ehtimolligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |