3-MAVZU: PUL NAZARIYALARI
REJA:
Pul nazariyasining mohiyati
Pulning metallik nazariyasi
Pulning nominallik nazariyasi
Pul nazariyasining mohiyati
Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlarning
bazisi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul
yoki u bilan bog‘ liq munosabatlarni o‘ zida aks ettirmagan bo‘ lsa.
Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘ lib, qator konsepsiyalarda uning mavjudligini
tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni ―tovarli‖ va
―tovarsiz‖ konsepsiyalarga ajratish mumkin
35
.
Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e‘tibor real foydali
hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik
nazariyasi e‘tiborga olinadi.Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish
huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga e‘tibor
qaratiladi. Albatta, pul nazariyasining ko‘p qirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya
sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan
e‘tirof etilgan. E‘tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va
mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi
haqidagi qarashlari, ta‘limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir – biridan farq qiladi.
Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar,
mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha
ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir. Jamiyatda mehnat
taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‘lab turadilar, ular o‘rtasida
mahsulotlar va resurslar almashuvini ta‘minlaydigan mexanizmni amal qilishini talab
etadii. Ushbu mexanizm bozor bo‘ lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va
ularning manfaatlarini bir – biriga mos kelishini ta‘ minlaydi. Kishilar faoliyatini
harakatga keltiruvchi, ular o‘ rtasidagi ayirboshlashni ta‘ minlovchi va ularning
manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi. Ma‘ lumki,
jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar barterdan juda
keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya‘ ni tovarni – tovarga
almashtirish jarayoni ma‘ lum qiyinchilik va qo‘shimcha vaqtni talab etishi natijasida,
bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar. Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti
sifatida maydonga chiqadigan ―maxsus tovar‖ bo‘lib, uning yordamida barcha
tovarlar qiymati o‘lchanadi. Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyusiyasi bilan
bog‘ liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu
iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi
quyidagi uchta guruhga ajratib o‘ rganiladi. Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi XVI – XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik sifatida
jamg‘ arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi.
Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘ irlik miqdorini kamaytirish) ga qarshi
kurashda progressiv (ijobiy) rol o‘ ynadi. Bu nazariyalar o‘ sha davr ruhi va vujudga
kelayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar
tarafdori bo‘ lib chiqdilar.Bu nazariya o‘ sha davr kapitalizmining eng rivojlangan
Angliya davlatida maydonga keldi. Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat
iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a‘ zolarining jamg‘ arishga
bo‘ lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini o‘ rganishlariga sabab bo‘ ldi.
Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e‘ tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi
mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta‘ minlaydi. Shunday qilib, ilk metallik
nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular
pulning hamma funksiyalarini bajaradi deb hisoblar edilar. Ma‘ lumki, pul birligining
sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi, metall tangalar o‘ zida pulning haqiqiy
qiymatini aks ettirib, ulardan tanga (moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pul
nazariyasini qo‘ llab – quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog‘ oz pul
nazariyasini inkor etadiilar. Metall pul nazariyasi vakillari ushbu ta‘ limotni yoqlab
chiqqanlarida asosan nodir metallarni, ya‘ ni kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar.
Ularning ta‘ limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul
bo‘ lib, ular o‘ z qiymatlarini yo‘ qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin pullar
ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda
inflyasiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya ta‘ kidlaydilar. Ushbu olimlarning
ilmiy karashlaricha mamlakatning boyligi pulning ko‘ payishi bilan belgilanishi kerak
xamda metall pullar faqat oltin va kumushdan yaratilishi lozim. Bundan kelib chiqadiki,
metallistlar nazariyasiga ko‘ ra: pulning moxiyati ijtimoiy zaruriy mehnatning
rivojlanishi bilan belgilanmasdan oltin va kumushning tabiiy xususiyatlari bilan
belgilanadi, ya‘ ni qanchalik ushbu metallar sifatli bo‘ lsa pulning qadri shuncha yuqori
bo‘ ladi. Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy etdi.
Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘ irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda
progressiv rol o‘ ynadi. Bu nazariyalar o‘ sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya
ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‘ lib chiqdilar.
Bu nazariya o‘ sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga
keldi. Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford (1554-1612 y.) edi. U o‘ z
qarashlarini o‘ zining Londonda 1581 yilda chop etilgan
«Vatandoshlarimizning ba‘ zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu
oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.), Fransiyada
bu ta‘ limotni A. Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728- 1787y.) va
boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy
taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a‘ zolarining jamg‘ arishga bo‘ lgan
intilishi iqtisodchilarning boylik manbaini o‘ rganishlariga sabab bo‘ ladi. Ular bu
manbani savdodan izladilar. Ularning e‘ tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi
mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta‘ minlaydi.Shunday qilib, ilk metallik
nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular
pulning hamma funksiyalarini bajaradi, deb hisoblar edilar. Ilk metall nazariya
tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:
ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga
muvofiq kelishini tushunib yetmadilar;
ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan
tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;
ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‘ arishni tushundilar va
«bunday boylik manbai savdodir» degan noo‘ rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy
qadriyatlar yig‘ indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariya targ‘ ibotchilari
savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII
asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi
manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o‘ z mavqeini yo‘ qotdi. Ammo XIX
asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis (1821-
1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g‘ oyaning qayta tiklanishiga 1871-1873
yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo‘ ldi. K. Knis targ‘ iboti
metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina
metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham e‘ tirof etdi. Bu paytga kelib
xo‘ jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‘ la boshladi va bu oltin monetalar bilan birga
muomalada bo‘ lib, ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil
etdi. K. Knis banknotalarni tan olgan holda, hech nima bilan ta‘ minlanmagan qog‘ oz
pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha, pul muomalasi metall bilan ta‘ minlangan
banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog‘ oz pullar xuddi «qog‘ oz
bulka» kabi ma‘ nosiz narsadir. K. Knis ta‘ kidlashicha, oltin o‘ z tabiatiga ko‘ ra
puldir. I Jahon urushidan so‘ ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta
tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘ z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin
quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab
chiqdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |