Fan/modul kodi


Pulning nominallik nazariyasi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

 
Pulning nominallik nazariyasi 
Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta‘ limotida yuzaga kelgan bo‘ lib, bu 
ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga tarkibini buzish (tanganing og‘ irlik 
miqdorini kamaytirish)ni ko‘ rko‘ rona madh etuvchilar bo‘ lganlar. Yemirilib ketgan 
tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda yurganligiga asoslanib, ular 
pulning metall miqdori emas, balki nominali muhimdir deb da‘ vo qilib chiqdilar.Nominal pul 
nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘ oz pullar e‘ tirof etilishini 
e‘ tiborga oladigan bo‘ lsak, shuningdek nominal pul nazariyasining amal qilishining 
asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan belgilanishi va uning 
ta‘minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadigan bo‘lsak,


nominal pul nazariyasini ―qog‘oz pullar nazariyasi‖ tarzida ifodalash ham mumkin 
bo‘ladi.Nominal pul nazariyasini ―qog‘oz pul nazariyasi‖ tarzida yuritilishi uning 
aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday 
farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi. 
Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyinchalik 
feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta‘ limotlarida kuzatish mumkin. Pulning 
nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo‘ lmagan metall pullar 
kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘ oz 
pullar emas, balki haqiqiy bo‘ lmagan tanga monetalar tashkil etgan.Pulning nominal 
nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli (1685 – 1780) 
va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi. Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita 
holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan 
aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya‘ ni qog‘ oz 
pulda ko‘ rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi.Nominal pul nazariyasi 
tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning ta‘ limotiga ko‘ ra pulning qiymatini 
davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega 
ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati 
talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘ jalik doirasida to‘ lov 
vositasini bajaradigan pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy 
valyutalarga bo‘ lgan talab asosida o‘ zgarib turadi. Nominalist pul nazariyasi 
vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga 
to‘ g‘ ri kelib, uning ko‘ zga ko‘ ringan tarafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp 
(1842 – 1926) hisoblanadi. G.Knappning pul nazariyasini, uning ta‘limoticha ma‘lum 
qiymatga ega bo‘lmagan monetalarda emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga 
harakat qiladi. бNominal pul nazariyachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning 
ta‘limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘ oya ilgari suriladi. 
Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta‘ limotida inobatga 
olinmaydi va e‘ tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullarning qiymati davlat 
tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan nominal qiymatga 
ega bo‘ lib, ushbu qiymat o‘ zgarishga moyildir, ya‘ ni ularni muomalaga chiqargan 
emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab qolish imkoniyatiga ega 
bo‘ lmaydilar.Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari qog‘ oz pullarning 
qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va 


ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli 
hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‘ oyani ilgari suradilar. Nominal pul 
nazariyasi vakillarining ta‘ limoti Germaniya tomonidan birinchi jahon urushini 
moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi emissiya jarayonida 
namoyon bo‘ ldi. Biroq, ushbu ta‘ limotning haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada 
1920 yillarda yuz bergan giprinflyasiya sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz 
ravishda emissiya qilingan juda katta miqdordagi qog‘ oz pullar juda tez muddatda 700 
– 800 foiz darajasida inflyasiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya 
tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga bo‘ lgan qiziqish pasayib, 
kishilar moddiy ne‘ mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne‘ matlarni 
sotish hisobiga qo‘ shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab 
chiqarish va qo‘ shimcha moddiy ne‘ matlarni yaratish ma‘ lum darajadagi vaqtni talab 
etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyasiya natijasida o‘ zining qiymatini 
yo‘ qotar edi. 
Tahlillar natijasi shuni ko‘ rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning 
markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu tuzumda 
pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‘ rnatilib, uning amal qilishi ham to‘ liq 
nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan 
ta‘ limot o‘ zini oqlaydi. Ta‘ kidlash joizki, markazdan boshqarish tuzumi yoki 
markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘ oz pullarning nominali davlat tomonidan 
o‘ rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan 
belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning 
harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu 
rejaning bajarilishi to‘ lig‘ icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning 
Pulning miqdoriylik nazariyasi klassik maktab iqtisodchilari tomonidan 
XIX-XX asr boshlarida ishlab chiqilgan edi va umumiy daromadnini nomimal 
qiymatini aniqlashga bag„ishlangan edi. Bu
 
nazariya berilgan umumiy daromad miqdorida qancha pul
 
mavjudligini izohlashi bois, u pulga talab nazariyasi ham hisoblanadi. 
Ushbu nazariyaning eng muhim hususiyati shundaki, u
 
61 
foiz stavka pulga bo„lgan talabga ta‟sir etmaydi deb ta‟kidlaydi
1
.
 


amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan muomalaga 
emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy 
qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini mustahkam yoki zaif 
bo‘ lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘ lib, davlat unga ta‘ sir o‘ tkazish 
imkoniyatiga ega bo‘ lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini vujudga 
kelishiga sabab bo‘ ldi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish