Ayirboshlash funksiyasi.
Bizning iqtisodiyotimizdagi mavjud deyarli barcha bozor iqtisodiyoti tamoyillarida
yuzaga keladigan operatsiyalarda pul naqd pullar yoki cheklar ko‘ rinishida tovarlar va
xizmatlar to‘ lovi uchun foydalanilib ayirboshlash funksiyasini namoyon qiladi. Pulning
ayirboshlash vositasi sifatida foydalanilishi ayirboshlash operatsiyalarida vaqt
xarajatlarini kamaytirib iqtisodiyotning samaradorligini oshiradi. Nima uchun aynan
shunday ekanligini tushunish uchun tovarlar va xizmatlar to‘ g‘ ridan-to‘ g‘ ri boshqa
tovar va xizmatlarga ayirboshlanadigan barter iqtisodiyotni ko‘ rib chiqamiz. Misol
tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya‘ ni iqtisodiyot
bo‘ yicha ma‘ ruza o‘ qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter iqtisodiyotda
nafaqat unga mos keladigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan balki uning iqtisodiyot
bo‘ yicha ma‘ ruzalariga qiziqadigan ferma topishiga to‘ g‘ ri keladi. Ko‘ rinib
turibdiki, Elen faqatgina uning leksiyalariga muhtoj bo‘ lgan odamlarga ma‘ ruza
o‘ qiy olishi ko‘ p vaqt va kuch talab qiladi. Bunday holat ochlikdan o‘ lishiga olib
kelishi mumkinligi bois u ma‘ ruza o‘ qishni to‘ xtatib, fermerlik bilan
shug‘ ullanishiga to‘ g‘ ri keladi. Tovar va xizmatlarni ayirboshlashga sarflangan vaqt
– operatsion xarajatlar hisoblanadi. Barter iqtisodiyotda operatsion xarajatlar juda
yuqori hisoblanib, odamlar ―xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish‖ ni
qondirishlariga to‘g‘ri kelib, ular zaruriy tovar va xizmatlarga ega va bir vaqtning
o‘zida ushbu tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashni xohlaydigan kishilarni topishi
zarurdir. Elenning iqtisodiyotida pullar paydo bo‘ lsa, nimalar sodir bo‘ lishini ko‘ rib
chiqamiz. Bunday holatda uning ma‘ ruzalari uchun pul to‘ laydigan har bir odamning
hisobini yuritish imkoniyatiga ega bo‘ ladi. Keyinchalik u har qanday fermer
(supermarket) ga borishi yoki ma‘ ruza o‘ qishi natijasida ishlab topilgan pullarga
zaruriy ist‘ emol maxsulotlarini sotib olishi mumkin bo‘ladi. ―Xohish va istaklarni
ikki hissa moslashtirish‖ muammosi tugatilsa, Elen kuplab vaqtni tejashi orqali, o‘zining
eng sevimli ishi hisoblangan dars berish bilan shug‘ullanadi. Ko‘rib chiqilgan misoldan
ko‘rishimiz mummkinki, pullar iqtisodiyotning samaradorligini oshirib, tovarlar va
xizmatlarni ayirboshlashga ketadiigan vaqtni tejash imkonini beradi. Odamlarning
yuqori malaka to‘ plash orqali ma‘ lum ishlarga ixtisoslashuvi iqtisodiyotning
samaradorligini oshishiga olib keladi. O‘ z navbatida, pul – iqtisodiyotning muhim
tarkibiy qismi hisoblanib, o‘ zining xususiyatiga ko‘ ra moylovchi material sifatida
operatsion xarajatlarni kamaytirish, ishchi kuchini ixtisoslashuvi va taqsimlanishini
chuqurlashtirish xisobiga iqtisodiyotning ancha moslashuvchanligini oshiradi. Pulga
bo‘ lgan talab shu darajada yuqoriki, eng primitiv ko‘ rinishidagi jamiyatdan tashqari
xar qanday jamiyat pulni o‘ ylab topadi. Xar qanday tovar pul sifatida samarali ishlashi
uchun bir nechta talablarga javob berishi zarurdir: birinchidan, osonlik bilan uning
qiymatini aniqlash uchun standartlashgan bo‘ lishi; ikkinchidan, umumqabul qilingan
bo‘ lishi; uchinchidan, qismlarga bo‘ linishi; to‘ rtinchidan, bir joydan ikkinchi joyga
osonlik bilan ko‘ chirilishi; beshinchidan, tezda parchalanib ketmasligi lozim. Insoniyat
tarixida ushbu talablarga javob beruvchi pullar sifatida ko‘ plab noodatiy shakllar,
ya‘ ni amerikalik xindular tomonidan foydalanilgan marjonlardan tortib birinchi
amerikalik kolonistlar tomonidan foydalanilgan tabaka va viskilar hamda ikkinchi jahon
urushida harbiy asirlar uchun lagerlarda sigaretlargacha ishlatilgan. Pulning turli
shakllaridan foydalanish – ishlab chiqarish vositalarining va tilning rivojlanishi kabi
insoniyat topqirligining yana bir belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |