202
3.
Hukumatga beriladigan kreditlar ma’ lum muddatga,
kredit shartnomasi
asosidaberiladi (1 ball) .
4.
Markaziy bank tomonidan hukumatga beriladigan kreditlar bo‘ yicha
cheklovlar Markaziy bank to‘ g‘ risidagi qonunda ko‘ zda tutilmagan (0) .
5.
Markaziy bank Hukumat qimmatli qog‘ oz!ari birlamchi bozorining
ishtirokchisi emas (Markaziy bank to‘ g‘ risidagi qonunning 25-moddasi) (1 ball)
.
6.
Markaziy bank o‘ zining foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi (Markaziy
bank to‘ g‘ risidagi qonunning 27-moddasi) (1 ball) .
7.Markaziy bank tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat
qiladi (0 ball) .
Jami: 4 bali.
GMT indeksi bo‘ yicha O‘ zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining
mustaqiilik darajasi 8 ballni tashkil qilgan bo‘ lib, bu ko'rsatkich o‘ rta darajadagi
mustaqillik darajasini anglatadi.
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat
uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng
asosiysi malakatda monetar
siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhiin o‘ rin tutadi.
Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyo-tida turli xil
yondashuvlar mavjud. Ulardan so‘ nggilari sifatida “ The New Index for Central
Bank Independence” reytingli baholash ko‘ rsatkichini keltirish mumkin.
Ushbu
ko‘ rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini
aniqlaydi. Bunda asosiy mezon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat
mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM)
ko‘ rsatkichlariga jaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.
A. Monetar siyosat mustaqilligi (MSM)
A1
. Markaziy hankning konservativlik darajasi yoki samarali maqsad va
vazifalarni o ‘ rnatishdagi mustaqilligi:
1)
Monetar siyosatning maqsadi faqatgina baholar barqarorligi yoki baholar
barqarorligi asosiy hisoblanib, u uzoq muddatga moTjallangan monetar siyosatning
203
vazifasi boTsa
(3 ball.)
2)
Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi
va boshqa aspektlar,
masalan, moliyaviy barqarorlik, valyuta kursi barqarorligi
hamda bank sektori
barqarorligini ifodalasa
(2 ball) .
3)
Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va iqtisodiy o'sish hamda
ish bilan bandlik barqarorligini ifodalasa
(1 ball) .
4)
Monetar siyosatning maqsadi to‘ g‘ ridan-to‘ g‘ ri iqtisodiy o‘ sish va ish
bilan bandlik barqarorligini qisman ta'minlasa
yoki baholar barqarorligini
ta'minlashga imkoni yo‘ q boTsa
(0 ball) .
Do'stlaringiz bilan baham: