Fan/modul kodi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

 
 
MAVZU: MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI 
REJA: 
1.
 
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi 
mezonlar 
2.
 
Markaziy bankning mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar 
3.
 
O‘ tish iqtisodiyotida markaziy banklar 
 
Markaziy bank mustaqilligining mezonlari va zarurligi 
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘ rni va ahamiyati hamda uni mamlakat 


194 
hududida bo‘ layotgan iqtisodiy jarayonlami tartibga solish-dagi roli haqida 
munozarali bahslar bir necha marotaba o‘ ziningn rivojlanish yo‘ nalishlarini 
o‘ zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyot-dagi bank tizimining birinchi 
pog‘ onasida real o‘ zgarishlar bo‘ lishiga sabab bo‘ ldi. Bu esa birinchi navbatda 
davlat boshqaruv organlariga bo‘ Igan munosabatlarda namoyon bo‘ ldi. Mazkur 
muammoni tahlil etishda asosiy e’ tibor-mamlakat Markaziy bank siyosatining 
davlat iqtisodiy siyosati yo‘ nalishiga qaramligi, ya’ ni aniqrog‘ i bu tobelikning 
darajasiga bog‘ liq. Markaziy bankning pul-kredit siyosati milliy iqtisodiyotni 
tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog‘ liq bo‘ lsa, bunday bog‘ liqlikni 
samarali deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu 
bog‘ liqlik Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u 
kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi 
metodlami va yo‘ na-lishlami tanlashda hamda qonun bo‘ yicha Markaziy bank 
mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim.
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solish-dagi o‘ rni 
ko'p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib 
chiqadi. Lekin, umumiy yo‘ nalishlami ham asosiy iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarga taqqoslagan holda ko‘ rib chiqish mumkin. Shundan kelib chiqib, 
Markaziy bankning tartibga solish mexa-nizmini xarakterli xususiyatlari bilan 
xuddi shu davrda amal qilayotgan iqtisodiy nazariyalar yo‘ nalishlari o‘ rtasida 
etarli darajada o‘ xshashlik-larni tnisol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi 
kuchaygan davrda (keynschilar tarafdorlari nazariyasi bo‘ yicha) Markaziy 
banklarning o'rni kuchayadi, tartibga solishning ma’ muriy metodlarini qo'llash 
kengayadi, va aksincha, monetaristlar nazariyasining ta’ siri kuchayishi va 
davlatning 
iqtisodiyotga 
aralashuvining 
kamayishi 
oqibatida 
marka-ziy 
banklarning iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexanizmlaridan foydalanishga 
o‘ tishiga majbur bo‘ ladilar. Markaziy bank shunday vaziyatlarda o‘ zining 
vakolatining bir qismini ichki pul-kredit va valyuta siyosatidagi muammolarni 
echish uchun Moliya Vazirligiga beradi. 
Biroq, g‘ arb iqtisodchilari nuqtai-nazarlarining tahlili shuni ko‘ r-satadiki, 


195 
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘ mini o‘ zgarishiga subyektiv omillar ham 
katta ta'sir ko‘ rsatishi mumkin, shu jumladan, hatto bank rahbarining shaxsiy 
sifatlarini ajratib ko‘ rsatish muinkin. 
Misol qilib, G‘ arbiy Yevropadagi mamlakatlar Markaziy bank-larining 
rolini o‘ zgarishini o‘ rganishga bag‘ ishlangan tadqiqotlarda bir qator 
iqtisodchilar 70-yillarda Markaziy banklarning kuchayishini shu milliy bank 
tizimining boshqamvida ko‘ zga ko‘ ringan hukuinat va halqaro doiralarda obro‘ -
e’ tibori yuqori bo‘ lgan moliya arboblari boshqarganligini ta'kidlaydilar. Buning 
oqibatida o‘ sha davrdagi milliy valyuta raqobatbardoshligiga xavf soluvchi 
hukumatning iqtisodiy chora-tadbirlariga qarama-qarshi “ qattiq siyosat”
qo‘ llash mumkin bo‘ lgan edi. U yoki bu Markaziy bankning o‘ z faoliyatidagi 
mustaqillik dara-jasini aniqlash uchun ularning mustaqillik mezoni (belgisi) ga 
xolis baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklarning musta-
qilligini aniqlashning bir necha usullari qayd etilgan. Asosan markaziy banklaming 
iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib (farqlanib) turadi. 
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-kredit 
siyosatini tanlash va o‘ tkazishda davlat boshqaruv organlariga ko‘ proq yoki 
kamroq qaramligiga e’ tibor beriladi. 
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi-bu uning o‘ z instrumentlaridan 
o‘ zi xohlagan yo'nalishda va chegaralanmagan miqdorda foydalana olishiga 
aytiladi. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklarini turkumlanishi 
pul-kredit siyosati masalalarini hal etishdagi mustaqilIigi xorijiy adabiyotlarda turli 
mezonlarga qarab amalga oshiriladi. 
Umuman olganda markaziy banklarning mustaqilligini ustun-ligini 
o‘ rganish tadqiqotlarida subyektiv yoki obyektiv faktorlarga baho berib ajratish 
mumkin. Masalan, subyektiv faktorlar sifatiga mamlakat Markaziy banki bilan 
hukumat o‘ rtasidagi o‘ zaro rasmiy munosabatlami hamda Markaziy bank 
rahbarlarining hukumat doirasi bilan bo‘ lishi mumkin bo‘ lgan norasmiy 
aloqalarni tanlab ko‘ rsatishgan. 


196 
Chet el mualliflarining tadqiqotlarida mustaqilikning 4 baliik tizimi 
tanlangan: 1-ballga-markaziy banklaming davlat boshqamvidan past darajada 
mustaqiliigi, ya’ ni to‘ la qaramligi; 4-ballga-mustaqillik darajasi juda yuqori 
bo‘ lgan markaziy banklar kiradi.
7j
Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklarining mustaqilligini 
obyektiv faktorlariga baho berishda, masalan, quyidagi inezonlarni kiritish 
mumkin: 
>
Markaziy bankning kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki; 
>
bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ulaming l'aoliyat 
ko'rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat 
qilish shakli; 
>
Markaziy bank vazifalarini aniqlashni qonunchilikda yoritilish darajasi; 
>
Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o‘ matilgan qonun bilan 
to'xtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo‘ nalishi bilan Markaziy bankning 
pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi; 
>
mamlakat Markaziy bankining davlat harajatlarini to‘ g‘ ri va egri 
moliyalashtirishni tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va shakllari. 
Markaziy bankning monetar siyosatni amalga oshirish va faoliyatini tashkil 
etishda mustaqilligining ta’ minlanishi mamlakatda bozor iqtisodiyotining 
muvaffaqiyatli rivojlanishi va milliy valyutaning barqarorligini tahninlash, 
shuningdek aholi va mijozlarning bank tizimiga bo‘ lgan ishonchning 
mustahkamlashda muhim hisoblanadi. O‘ zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki to‘ g‘ risidagi qonunda “ Markaziy bank o'z vakolatlari doirasida qarorlar 
qabul qilish borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankning majburiyatlari 
yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar 
boMmaydi, basharti, ular o‘ z zimmalariga bunday majbu-riyatlarni olmagan 
bo‘ lsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘ lsa”
74
, deya 
belgilab qo‘ yilgan. 
Xalqaro amaliyotda Markaziy banklaming mustaqilligi quyidagi mezonlar 
asosida aniqladi: 


197 
>
pul siyosatining ochiq e’ lon qilingan maqsadlari mavjudligi; 
>
hukumat Markaziy bank bashorat qilgan inflyatsiya ko‘ rsatkichlarini qabul 
qilish tartibi; 
>
Markaziy bankning qaror qabul qilish jarayonida hukumat yoki boshqa 
organlar tomonidan aralashuv darajasi; 
>
Markaziy bankka mansabdor shaxslarni tayinlash tartibi. 
Maqsadlami belgilashda mustaqillik, agar asosiy maqsad yokipul-kredit 
siyosatining maqsadlari mamlakat qonunchiligida aniq ko‘ rsatiImagan bo‘ lsa, 
markaziy bank o‘ z faoliyatini mustaqil ravishda belgilashi mumkin. Operatsion 
mustaqillik, markaziy bank o‘ z-o‘ zidan amalga oshi-radigan oraliq va monetar 
siyosatning asosiy yo‘ nalishlarini belgilaydi, bu esa pul-kredit siyosatining 
yakuniy maqsadlariga erishish orqali milliy valyutaning barqarorligiga 
yo‘ naltiriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlarini mustaqil 
ravishda belgilash 
va operativ 
mustaqillikka erishish huquqi sifatida 
joylashtirilishi, moyil hukumatning pul-kredit siyosatiga ta’ sir ko‘ rsatish 
qobiliyatini kamaytirishga yordam beradi deb taxmin qilish mumkin. Monetar 
siyosat vositalarining mustaqil bo‘ lishi, o‘ z maqsad-lariga erishish uchun siyosat 
vositalarini tanlashda Markaziy bankning to‘ liq mustaqilligini nazarda tutadi. Bu 
pul-kredit siyosati sohasida tezkor qarorlar qabul qilish vakolatini pul hokimiyatiga 
topshirish uchun hukumat (asosiy) va markaziy bank (agent) o‘ rtasida bir xil 
kelishuvni tuzish deganidir. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish