Fanidan o‘quv uslubiy majmua


Yuqori oltingugurtlik darajasidagi mazutlar yoqilganda azot oksidlarining paydo bо‘lishi



Download 9,17 Mb.
bet25/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

3.Yuqori oltingugurtlik darajasidagi mazutlar yoqilganda azot oksidlarining paydo bо‘lishi

Oltingugurt angidridi hosil bо‘lish jarayonini kinetik tahlili ustida olib borilgan tajriba natijalariga kо‘ra, SO3 ning paydo bо‘lish reaksiyalari asosida SO2 va atomar kislorod turishi isbotlangan.


Ortiqcha miqdordagi molekulyar kislorodning parchalanishi yonish jarayonida SO2 ning faol molekulalarini tо‘qnashishi natijasida sodir bо‘ladi:
(4.1)
Atomar kislorodning paydo bо‘lishida kislorod molekulasining termik parchalanishi kam rol о‘ynaydi. SO3 ning paydo bо‘lish yо‘lidagi keyingi kechadigan reaksiyalar quyidagi ketma-ketlikda kechadi. Yonish jarayonida hosil bо‘layotgan gazsimon yonish mahsulotlari ichida oltingugurt oksidi eng oksidlanuvchisi bо‘lib kislorod atomi bilan reaksiyalanadi va ortiqcha energiyali molekulasiga aylanadi:
(4.2)
Bunda kislorodning ortiqcha energiyasi yutiladi, qisman qо‘shimcha bug‘ hosil qilishga sarflanadi yoki boshqa molekulalar bilan tо‘qnashuvga sarflanadi. Yuqorida keltirilganlarni quyidagi tartibda yozish mumkin:
(4.3)
yoki (4.4)
bu yerda hv – kvant nurlanish; M – inert modda molekulasi.
Keltirilgan reaksiyalardan kо‘rinadiki, (4.1) va (4.2) reaksiyalardagi ortiqcha kislorod hisobiga SO3 paydo bо‘ladi. Yoqilg‘i yonishining zanjirli reaksiyalanishida hosil bо‘layotgan kislorod atomlari SO2 bilan reaksiyaga kirishishga ulgurmaydi, u yoqilg‘i uglevodorodlari bilan reaksiyalanishga sarf bо‘lib ketadi. Boyitilgan (α < 1) yonuvchi aralashmani yondirish sharoitlarida о‘tkazilgan tajribalar ham bu holatni tasdiqlaydi. Shuning bilan birga, tajribalar kо‘rsatishicha, ortiqcha molekulyar kislorod konsentratsiyasining ortishi bilan atomar kislorodning va SO3 ning konsentratsiyalari kamayib boradi. SO3 konsentratsiyasining kamayishi о‘txona gazlarining havodagi ortiqcha kislorod bilan aralashib ketishi tufayli ham sodir bо‘lishi mumkin. Buni tushunish uchun quyidagini anglash lozim, havoning ortiqchalik kо‘rsatkichi ortishi bilan faol SO2 konsentratsiyasi kamayadi va о‘z navbatida, tо‘qnashuvlar natijasida paydo bо‘lishi kerak bо‘lgan atomar kislorod miqdori kamayadi, bu holat esa SO3 miqdorining kamayishiga olib keladi.
Shuningdek, ortiqcha kislorodning bо‘lmasligi (α = 1), SO3 ning ham paydo bо‘lmasligini ifodalaydi. Shuning uchun ortiqcha kislorod konsentratsiyasining ayrim qiymatlarida SO3 ning konsentratsiyasi maksimal bо‘lishi shart.
Yonish mahsulotlari tarkibida SO3 ning konsentratsiyasiga qattiq zarrachalar, ayniqsa qurum va koks katta ta’sir kо‘rsatadi. Buni ularning ortiqcha energiyasini faol molekulasi va kislorod atomiga yutilishi bilan izohlash mumkin:
(4.5)
(4.6)
Yonish zonasidagi SO3 ning maksimal konsentratsiyasi paydo bо‘lishini quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
(4.7)
bu yerda K1 va K2 – SO3 ning paydo bо‘lish va parchalanishining tezlik konstantalari.
Maksimal konsentratsiyalarning paydo bо‘lish vaqti haroratga bog‘liq bо‘ladi, masalan t = 1500 °C bо‘lganda τmaks = 0,028 s ni tashkil qiladi.
Demak, SO3 ning asosiy qismi yonish zonasida hosil bо‘lar ekan, biroq uning bir qismi suyuq yoqilg‘i kuli komponentlaridan ayrimlarining (vanadiy va temir oksidlari) 400 °S gacha harorat intervalidagi katalitik ta’siri ostida SO2 ning ikkilamchi oksidlanishi natijasida paydo bо‘ladi.
Qaralayotgan jarayonda SO3 ning paydo bо‘lishi tufayli kechadigan past haroratli oltingugurt korroziyasi tezligini pasaytirish va qizdirish yuzalarining yemirilishini kamaytirish uchun mazutni yondirish jarayonini ortiqcha havo koeffitsiyentini kichik αo’ = 1,02÷1,03 qiymatlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Buning uchun avtomatik qurilmalar yordamida har bir yondirgichga kiritilishi kerak bо‘lgan yoqilg‘i – havoni nisbatini porsiyalash va shu miqdorni saqlash zarur. О‘txona oxirida ortiqcha havo miqdori 2 – 3% bо‘lsa, past haroratli korroziyani 0,2 – 0,3 mm/yil gacha pasayishiga erishiladi. Bunda quvurli havo qizdirgichlari metallining harorati taxminan 75 °S, regenerativ havo qizdirgichlarida esa – 85 °S ga teng bо‘lishi shart. Bunday harorat rejimini ta’minlash uchun chiqish gazlarining harorati 140 – 160 °S bо‘lganda rekuperativ havo qizdirgichning kirish joyidagi havoning harorati 70 °S dan, regenerativ havo qizdirgichining kirish joyidagi havoning harorati esa 60 °S dan kam bо‘lmasligi talab etiladi.
Bundan tashqari, mazut kulining tarkibida oltingugurt oksidi bilan birikib sulfitlar va sulfatlar hosil qiluvchi ishqoriy metallar ham bor. Sulfatlar oson eriydigan birikma bо‘lib, ular yuqori haroratlarda о‘ta qizdirgich quvurlarida zich va yopishqoq chо‘kmalarni, past haroratlarda esa ekonomayzer va havo qizdirgich issiqlik almashinish yuzalarida nam va birikuvchan chо‘kmalarni hosil qiladi.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish