Fanidan o‘quv uslubiy majmua


MA’RUZA № 7: IESNING ISSIQLIK SXEMASIDAGI BUG' QOZONXONASINING O'RNI



Download 9,17 Mb.
bet23/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

MA’RUZA № 7: IESNING ISSIQLIK SXEMASIDAGI BUG' QOZONXONASINING O'RNI


1. Gaz-mazut о‘txonalari.
2. Qizdirish yuzalarining yuqori haroratli va past haroratli korroziyalari.
3. Yuqori oltingugurtlik darajasidagi mazutlar yoqilganda azot oksidlarining paydo bо‘lishi.


Tayanch iboralar: kapital qо‘yilma, forsunka, ekonomayzer, havo qizdirgich, issiqlik almashinish yuzalari, yо‘ldosh gaz, domna gazi, gaz zichlamali ekran tizimlari.


1. GAZ-MAZUT О‘TXONALARI
Gaz va mazut yoqilg‘ilarini yoqish uchun gaz-mazut о‘txonalaridan foydalaniladi. Gaz va mazut yoqilg‘isida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining qurilma va inshootlariga ajratiladigan kapital qо‘yilmalar qattiq yoqilg‘idan foydalaniladigan elektrostansiyalardagiga nisbatan 20-25 % kam bо‘ladi, birinchi tur bug‘ generatorlarining f.i.k. 1 – 3 % ga yuqori; ularda о‘z ehtiyoji uchun elektr energiyasi sarfi kam; kulli tashlandiqlar chiqmaydi; tо‘liq avtomatlashtirish imkoniyati mavjud va xizmat kо‘rsatish xodimi uchun mehnat sharoitlari yaxshi.
Gaz yoqilg‘isiga mо‘ljallangan о‘txonalarda zahira yoqilg‘isi – mazutni yoqish uchun alohida havo uzatish liniyasiga ega mazut yondirgichlari qо‘llanilishi mumkin. Bu holatda, alohida yondirishli havo uzatish tizimining boshqaruv organlari murakkablashib ketadi. Bundan tashqari, bug‘ generatorini ishlatish va avtomatlashtirish tizimi ham murakkab kо‘rinish oladi. Bu ikki turdagi yoqilg‘ilardan birini ishlatilayotganda о‘chirilgan yondirgichni sovitish uchun havo uzatib turish shart. Havoning bu miqdoridan samarali foydalanish imkoni yо‘q va u havoning ortiqcha miqdorini kо‘payib ketishiga, hamda shunga mos ravishda f.i.k.ning pasayishiga sabab bо‘ladi. Mana shu kamchilik havo uzatish birlashgan tizimidan kombinatsiyalashgan yondirgichlarni olib tashlanishiga olib keladi.
Gazsimon yoqilg‘ilar juda kam mineral aralashmalarga ega bо‘ladi. Mazut yoqilg‘isi ham kam miqdorda kul tarkibiga ega. Shuning uchun gazsimon yoqilg‘i va mazut yoqiladigan о‘txona qurilmalari kul chiqarish moslamalari bilan jihozlanmagan.
Gazmazutli о‘txonalar tagidan о‘t yoqiluvchi parallelepiped kо‘rinishida tayyorlanadi. Barcha devorlar zich ekranlashtiriladi, ya’ni ta’minot suvi – kondensat sirkulyatsiyalanadigan quvur tizimi bilan qoplanadi. Tabiiy sirkulyatsiyali bug‘ generatorlarining pastki qismi qiya (4.1 – rasm), majburiy sirkulyatsiyali bug‘ generatorlarining pastki qismi esa gorizontal konstruksiyada tayyorlanishi mumkin.
Gaz yoqilg‘isini yaxshi aralashma hosil qilishini ta’minlash hamda suyuq yoqilg‘ilar yoqilganda mazut va bu yoqilg‘ilarni yondirish uchun zarur bо‘lgan havo о‘txonaga yondirgich orqali uzatiladi.
Yondirgichlar gaz yoqilg‘isini yoki purkalayotgan suyuq yoqilg‘ini havo bilan dastlabki aralashma hosil qilishi uchun mо‘ljallangan. Ularni bug‘ generatorida joylashtirish komponovkasiga kо‘ra yondirgichlar yonishni turg‘unlashtirish, yonuvchi aralashmaning yonish jarayonini issiqlik va aerodinamik tashkillashtirish uchun xizmat qiladi.
Mazut yondirgichi registr va unga о‘q bо‘ylab о‘rnatilgan mazut forsunkasidan tarkib topgan. Markazdan qochma spiralsimon kо‘rinishdagi markazdan qochma yoki tangensial kurak moslamasiga ega registr va kanalda radial о‘rnatilgan hamda yondirgich о‘qiga nisbatan burchak ostida burilgan kurakdan iborat aksial turdagi registrlar qо‘llaniladi. Registrdan о‘tayotgan havo oqimi uyurma hosil qiladi va sachratilgan mazut bilan yaxshi aralashadi hamda о‘t olish sharoiti yaxshilanadi.
Gaz-mazut yoqiladigan bug‘ generatorlari, hamda alohida bu yoqilg‘ilardan birida ishlaydigan bug‘ generatorlarida yondirgichlarni front devorida bir yoki bir nechta yarusda joylashtirish maqsadga muvofiq. 45 kg/s (160 t/s) gacha ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlarida yondirgichlar bir yoki ikkita yarusda, 64 kg/s (230 t/s) ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlarida – uch yarusda, 116 kg/s (420 t/s) va undan katta ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlarida esa – tо‘rt yarusda о‘rnatiladi.
Masalan TGM-84 bug‘ generatorida front devorida joylashtirilgan 24 ta yondirgich mavjud (10.1 – rasm). Har bir yondirgichning ish unumdorligi 11,6 MVt (10·106 kkal/s), mazut bо‘yicha – 0,347 kg/s (1250 kg/s), tabiiy gaz bо‘yicha – 0,4 m3/s (1400 m3/s); о‘txona hajmining issiqlikdan kuchlanishi 0,203 MVt/m3, (175·103 )
Yondirgichlarning frontal komponovkasi (joylashuvi) konstruktiv jihatdan ishlatishga qulay sanaladi. Yondirgichga yо‘nalgan gaz va mazut uzatish quvur yо‘llari kichik uzunlikka ega, bir turli va sodda konchstruksiyaga ega bо‘ladi. Gaz quvurlari, mazut uzatish quvurlari, yondirgichlar va ularning boshqaruv organlari stansiyadagi barcha bug‘ generatorlari uchun bir xilda, xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash uchun qulay о‘rnatilgan bо‘lishi shart.
Yonuvchi aralashmani yonish jarayonini yaxshilash uchun yondirgichlarni о‘txonaning yon devorlaridan yoki front va orqa devorlaridan qarama-qarshi holatda joylashtirish uslubi qо‘llaniladi. Agar front va orqa devorlarda yondirgichlar joylashtirilsa о‘txonaning kо‘ndalang kesimidagi issiqlik kuchlanishi 7000 kVt/m2 gacha ortishi mumkin.
Yondirgichlarni qarama-qarshi о‘rnatilishini tо‘g‘ri oqimli bug‘ generatorlarida qо‘llash maqsadga muvofiq. Bu holatda, nominal yuklamadagi yondirgichdan chiqishdagi havo oqimining tezligini 70 m/s ga teng deb qabul qilish mumkin. Yondirgichlar joylashgan devorlar orasidagi masofa 5 dan 10 kalibrgacha (kalibr yondirgich ambrazurasining diametri) bо‘lishi talab etiladi.
Yondirgichlarga uzatilayotgan havo bug‘ generatorining havo qizdirgichlari oldida о‘rnatilgan purkovchi ventilyatorlari orqali haydaladi. Bu holatda bug‘ generatorlari gaz sarfiga mos ravishda havo uzatilishi avtomatik rostlash va havo sarfining ruxsat etilmagan kamayishlarida gaz uzatilishini tо‘xtatadigan avtomatik bloklash tizimlari bilan ta’minlangan.

4.1 – rasm. Ish unumdorligi 110 kg/s (420 t/s) bо‘lgan TGM-84 bug‘ generatorining gaz-mazut yoqishga mо‘ljallangan о‘txonasi.

Ortiqcha havo miqdori kam bо‘lganda havo va yoqilg‘ining uzatilish nisbatlari orasida aniqlikni saqlash uchun har bir yondirgichga havoni individual uzatishni amalga oshirish kerak bо‘ladi. Bu paytda havo uzatish quvuri, bug‘ generatorining ish jarayonida davriy nazoratni amalga oshirish va yondirgichlarni rostlashda havo sarfini ishonchli о‘lchash moslamalariga ega bо‘lishi kerak.


Bug‘ generatori о‘txona moslamalarining о‘lchamlari gaz-mazut о‘txonalarining hisobiy tavsifnomalari asosida aniqlanadi (4.1 – jadval).
Mazut yoki gazsimon yoqilg‘ilar yoqilganda gaz-mazutli о‘txonalarda nuriy issiqlik singdiruvchanlik ulushi katta. Mash’alaning nurlanganlik kо‘rsatkichi uning yorqinligi va haroratdan aniqlanadi. Tabiiy gaz va tabiiy gazni yaxshi aralashtirish sharoitiga ega yondirgichlar kuchsiz yorqinlikdagi mash’ala hosil qiladi. Havoning ortiqchalik kо‘rsatkichi kichik bо‘lganda yuqori harorat hosil bо‘lishi va tez alanga oldirish yolqinsiz mash’alaning nuriy issiqlik uzatishni kuchaytirib yuboradi va uning issiqlik uzatish intensivligi yolqinli mash’alaning issiqlik uzatishiga yaqinlashadi.
4.1 – jadval
Gaz va mazut yoqish uchun mо‘ljallangan, ishlab chiqarish unumdorligi 75 t/s dan yuqori bо‘lgan bug‘ generatorlarining hisobiy tavsifnomalari

Yoqilg‘i

О‘txonadan chiqishdagi ortiqcha havo koeffitsiyenti, αо‘

О‘txona hajmiga kо‘ra issiqlik kuchlanishi, qV, kVt/m2

Kimyoviy chala yonish tufayli issiqlik isrofi, q2, %

Mazut

1,10

280

0,5

Tabiiy yoki yо‘ldosh gazlar

1,10

350-460

0,5

Domna gazi

1,10

230

1,5

Eslatma: 1. Uzoq vaqt mazut yoqilg‘isida ishlaydigan gaz-mazutli bug‘ generatorlari uchun о‘txona tavsifnomalari mazut bо‘yicha qabul qilinadi.
2. D = 120 – 420 t/s ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlari uchun о‘txona hajmining issiqlik kuchlanishi 350 kVt/m2 gacha kо‘tarilishi mumkin.
D  75 t/s bо‘lgan bug‘ generatorlari uchun о‘txona hajmining issiqlik kuchlanishi q3 issiqlik yо‘qotishlarning ta’sirida bir necha barobar kattalashib ketadi, bu holatda ekran quvurlari va о‘ta qizdirgichlarning qizdirish yuzalarini ishonchli ishlashini ta’minlash uchun tadbirlar kо‘rilishsh lozim.
3. Yoqilg‘i va havoni uzatilishini avtomatik rostlashda va о‘txonaga sо‘rilishlar 0,05 dan katta bо‘lmaganda о‘txonadan chiqishdagi havoning ortiqchalik kattaligi, agar mazut yoqilayotgan bо‘lsa αо‘=1,02 – 1,03 ga teng bо‘ladi. О‘ta kritik parametrli bug‘ generatorlarida αо‘ ning bunday kattaligiga tо‘liq payvandlangan gaz zichlamali ekran tizimlarida ruxsat etiladi, boshqa turdagi tо‘siqlar qо‘llanilganda yondirgichlardagi ortiqcha havo koeffitsiyenti αо‘  1,0 tarzida qabul qilinadi, aslida αо‘= αо‘ + Δαо‘.
4. Tо‘liq payvandlangan gaz zichlamali ekran tizimlariga ega bug‘ generatorlarida gazsimon yoqilg‘ilar yoqilganda αо‘=1,05 ga teng deb qabul qilinadi.
5. q3 issiqlik yо‘qotishlarining kо‘rsatkichi nominal yuklamaning 50 – 100 % uchun beriladi va αо‘=1,02 – 1,03 da saqlanib turadi. Mexanik chala yonishdagi issiqlik isroflari kichik bо‘ladi va hisobga olinmaydi.

Gaz-mazutli о‘txonalarda yondirgichlarni kо‘p yarusli qilib о‘rnatish о‘txona ekran yuzalari va konvektiv yuzalari orasida issiqlikni taqsimlanishi nuqtai-nazaridan qulaydir. Bir turdagi yoqilg‘idan ikkinchisiga о‘tishda mash’ala yorqinligining о‘zgarishi о‘txonani nuriy issiqlik singdiruvchanlik ulushini va shunga mos ravishda о‘txonadan chiqishdagi gazlar haroratini о‘zgarishiga olib keladi.


Bug‘li forsunkalarda sachratishga bug‘ sarfining katta ekanligi ma’lum miqdordagi kondensat yо‘qotilishi va natijada bug‘ generatoriga uzatiladigan ta’minot suvi miqdorini kо‘paytirilishi bilan bog‘liq. Mazutni о‘txona kamerasida sachratish uchun foydalanilayotgan bug‘ yonish mahsulotlari bilan aralashib ketadi va chiqish gazlarining umumiy hajmini orttiradi. Bu esa chiqish gazlari bilan issiqlik yо‘qotishlarini ortishiga va о‘txona fazosida haroratni, odatdagidan 100-150 °S gacha pasayishiga olib keladi. Bug‘li forsunkalarda sachratishga katta miqdordagi bug‘ sarfi inobatga olinadigan bо‘lsa, agregatning f.i.k.i ham pasayishi hisobga olinadi. Shu sababli mazut asosiy yoki doimiy yordamchi yoqilg‘i sanaladigan bug‘ generatorlari uchun mexanik forsunkalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Aylanali mexanik forsunkalar qо‘llanilganda suyuq yoqilg‘i oqimda teskari konus shaklida taqsimot qilinadi. Registrdan о‘tayotgan havo oqimi ham yondirgichda konussimon shaklda oqib chiqadi. Bunday yoqilg‘i–havo aralashmasining markaziy sohasida qaynoq о‘txona gazlarining kо‘payishiga sabab bо‘ladi. Havo oqimi va sachratilgan suyuq yoqilg‘i qiziydi, suyuq yoqilg‘i tomchisi bug‘lanadi-da havo bilan aralashadi va yonuvchi aralashmani hosil qiladi. Suyuq yoqilg‘ining mayda tomchilari tezroq bug‘lanadi. Yengil fraksiyadagi bug‘lar alanga oladi va birlamchi alanga frontini hosil qiladi. Shundan keyingi bug‘lanish jarayonining davom etishi alanganing tarqalishini intensifikatsiyalaydi.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish