Fanidan o‘quv uslubiy majmua


Qizdirish yuzalarining yuqori haroratli va past haroratli korroziyalari



Download 9,17 Mb.
bet24/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

2. Qizdirish yuzalarining yuqori haroratli va past haroratli korroziyalari
Energetikada keng qо‘llaniladigan oltingugurtli mazutlarning kuli tarkibida oltingugurt miqdori kо‘pligi tufayli bug‘ generatorlarining f.i.k.ini va ishonchliligini pasaytirib ekspluatatsiya jarayonida jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu qiyinchiliklar yuqori haroratlarda quvurning ichki yuzasiga zich va mustahkam yopishib qolgan va past haroratlarda namlik tufayli birikib qolgan chо‘kmalar paydo bо‘lishi bilan bog‘liq.
Yuqori oltingugurt tarkibiga ega mazut kuli yuqori haroratli korroziyani keltirib chiqaruvchi vanadiy elementini о‘zida saqlaydi. Yonish jarayonida vanadiy odatda V2O5 kо‘rinishidagi tez eruvchan birikma (ter ≈ 690 °C) sifatida ajraladi va bu о‘ta qizdirgichning quvur yuzalarida qattiq chо‘kma hosil qiladi. Quvur metalining yuqori haroratlarida bu chо‘kmalar yumshaydi yoki eriydi, natijada himoyalovchi oksid plenkasini buzadi, metall yuzasini zararlaydi (tiladi) va о‘txona gazlari tarkibidagi erkin kislorod hisobiga bu yuzani oksidlanishini tezlashtirib yuboradi. Biroq bu jarayonda V2O5 oksidlovchi bо‘lolmaydi va boshqa oksidlarni hosil qilmaydi.
650 °S va undan yuqori haroratlarda kechadigan yuqori haroratli korroziya hodisasi bug‘ni yuqori haroratlargacha qizdiruvchi о‘ta qizdirgich yuzalarida, hamda turli sovimaydigan detallar, masalan osmalar, masofaviy tо‘siqlar va h.k.da uchraydi.
О‘txonadan chiqishdagi ortiqcha havo miqdorini 1 %ga kamaytirish ham vanadiyli korroziyani qisqartirilishiga sabab bо‘lishi mumkin.
Yonish mahsulotlari tarkibida oltingugurt angidridining mavjud ekanligi past haroratli korroziyani keltirib chiqaradi [10].
Oltingugurt yoqilganda oltingugurtning SO2 va SO3 oksidlari paydo bо‘ladi. Yonish mahsulotlari tarkibidagi suv bug‘lari oltingugurt oksidlari bilan qо‘shilib sulfat kislotasi bug‘larini paydo qiladi. Bu bug‘lar past haroratli qizdirish yuzalari bilan birlashganda kondensatsiyalanib kuchsiz konsentratsiyali sulfat kislotasi plenkasini hosil qiladi. Natijada past haroratli yuzalarda intensiv sulfat kislotali korroziya sodir bо‘ladi. Shuning bilan birga, kul chо‘kmalari namlanadi va yuzalarning ifloslanishi kuchayadi. Yonish mahsulotlari tarkibida erkin kislorod miqdorining kо‘payishi bilan sulfat kislotasi ionining hosil bо‘lish reaksiyalari tezlashadi. Jumladan, ortiqcha havo koeffitsiyenti ortishi bilan hosil bо‘layotgan SO3 oksidi miqdorining ortishi va shudring nuqtasi haroratining kо‘tarilishi kuzatiladi.
Shuning uchun ham αо‘ kichiklashishi bilan tsh ham keskin pasayadi. Yonish mahsulotlari tarkibida kislorod miqdori 0,2 % ga ortganidan boshlab tsh yoqilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdoriga bog‘liq bо‘lmaydi. Qizdirish yuzalaridagi harorat tsh ga yaqinlashganda esa H2SO4 ning kondensatsiyalanishi kichik bо‘ladi va korroziya tezligi ham katta bо‘lmaydi. Yuzalar haroratining pasayishi bilan H2SO4 ning kondensatsiyalanishi tezlashadi, korroziya tezligi keskin ortadi va maksimumgacha kо‘tariladi, keyin esa, hosil bо‘layotgan H2SO4 ning miqdori ortishda davom etsa ham, minimalga qadar keskin pasayadi.
H2SO4 ning intensiv kо‘payishi 104 dan 138 °S gacha haroratlar intervalida sodir bо‘ladi. Harorat 140 °S dan ortganda H2SO4 gazlar tarkibida tо‘yinmagan holatda bо‘ladi, 104 °S dan past haroratda esa H2SO4 qisman tо‘yingan tuman kо‘rinishida bо‘ladi. Tumanning katta qismi tutun tarkibidagi kul zarralariga sorbsiyalanib atmosferaga chiqib ketadi.
Mazut kо‘mir kukuni bilan birgalikda yoqilganda gaz tarkibidagi kul zarralari H2SO4 va SO3 ni adsorbsiyalaydi. Zarrachalarning H2SO4 miqdorini neytrallashi va tsh ning pasayishi sababli korroziya tezligi sekinlik bilan kechadi. Oltingugurtli mazutlar qо‘llanilganda past haroratli sulfat kislotali korroziyadan saqlanish uchun turli qо‘shilmalar qо‘llaniladi. Ularning qо‘llanilishi yuqori haroratli qizdirish yuzalariga chо‘kadigan chо‘kmalarning bо‘sh strukturaga ega bо‘lishini, shuningdek, bu yuzalardagi korroziya darajasining past bо‘lishini ta’minlaydi.
Turli kimyoviy qо‘shilmalar SO2 va SO3 bilan birlashadi va neytral birikmalar hosil qiladi. Korroziya keltirib chiqarmaydigan qо‘shilmalar SO2 ning SO3 gacha oksidlanishini oldini oladi, kul strukturasini yumshatadi va uning komponentlarini yumshash, erish haroratlarini kо‘taradi. An’anaviy energetikada qattiq qо‘shilma sifatida kaustik magnezit MgO va dolomit MgCO3·CaCO3 qо‘llaniladi.
О‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, SO3 ning asosiy qismi bevosita yonish jarayonining о‘zida, ya’ni yonish zonasida hosil bо‘ladi. Mash’aladagi yonish jarayonida paydo bо‘layotgan SO3 ning miqdori termodinamik tushunchalar asosida hisoblanadigan muvozanat qiymatidan har doim yuqori bо‘ladi. Bu faktdan, alanga tarkibidagi SO3 ning paydo bо‘lishi SO2 ni molekulyar kislorod bilan reaksiyasi mahsuli emas degan xulosaga kelish mumkin.

Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish