4-ob’ekt. Do‘ppido‘zlik namunalari
Hurmatli ekskursantlar! Do‘ppido‘zlik san’ati kashtado‘zlikning ajralmas
qismidir. Do‘ppilarga kashtado‘zlik usullari namunalaridan foydalanilgan.
O‘zbek milliy an’anaviy kiyimlari orasida ko‘rinishi jihatidan kichkina, lekin
eng qadimiy, ko‘p, keng tarqalgani, bu umriboqiy-o‘zbek do‘ppisidir. U erkaklar,
ayollar va bolalar milliy kiyimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, xalqning
hayot tarzi va an’analariga chuqur kirib borgan.
Do‘ppi - yengil bosh kiyimi bo‘lib, islom tarixi va aqidalariga ko‘ra katta
yoshdagi mo‘min-musulmonlar odatda boshyalang yurmaganlar. Yilning issiq
fasllarida uyda, ko‘cha-kuyda, mehmondorchilik va ishxonalarda do‘ppi, qalpoq,
kallapo‘sh deb har joyda har xil ataladigan bosh kiyim kiyishgan. Dastlab Eronda
va turkiy xalqlarda rasm bo‘lib,
keyin
boshqa xalqlarga o‘tgan. XIII asrda
Rossiyada ham paydo bo‘la boshlagan.
245
12.4-rasm. Erkaklar do’ppisi.
Do‘ppi turkcha «tepa» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, nafaqat o‘zbeklar, balki
Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlarning ham milliy bosh kiyimidir.
Boshqa xalqlar do‘ppilaridan o‘zbek do‘ppilarilari o‘ziga xos shakli, bezagi bilan
farqlanadi. Qadimdan erkaklar do‘ppilarini juda qadrlashgan. Birovning do‘ppisini
boshidan tushirib yuborish uni haqoratlash bilan teng bo‘lgan.
O‘zbek xalqining milliy kiyimlar orasida do‘ppining tarixi uzoq davrlarga
borib taqaladi. Miloddan avvalgi 519-yilga oid deb hisoblangan, Behustun
qoyatoshiga o‘yib tushirilgan bo‘rtma odam suratlaridan birining bosh kiyimi
hozirgi do‘ppimizga juda o‘xshar ekan.
Do‘ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning qadim o‘tmishda ham mavjud
bo‘lganligini tasdiqlovchi dalillarni arxeologik yodgorliklar, devoriy yozuvlar,
terrakota haykalchalar, XV-XVI asrlarga oid sharq miniatyuralarida ko‘rishimiz
mumkin. Panjikent tasviriy san’atida ham bir nechta bosh kiyim tasvirlari saqlanib
qolgan. Movarounnahr (XV-XVII asrlar) va Samarqand (XVI asrning birinchi
yarmi) miniatyuralarida ayollarning turli-tuman bosh kiyimlari uchraydi.
Marg‘ilon va Chust (tus) do‘ppilarining tarixi shubhasiz Xitoy bilan bog‘liqdir.
Chunki ola do‘ppi o‘zbek madaniyatini xitoy va butun sharq xalqlari madaniyati
bilan bog‘lasa, iroqi do‘ppilar esa uzoq g‘arb mamlakatlari, Iroq madaniyati bilan
bog‘laydi. Masalan, iroqi do‘ppi O‘zbekistonda dastlab Shaxrisabzda urf bo‘lib,
so‘ngra boshqa shahar va qishloqlarga tarqalgan, keyinchalik bu do‘ppi ham har
bir shaharning o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlangan (rivoyatlarga
246
qaraganda, Amir Temur Iroqdan turli hunarmandlar qatorida do‘ppido‘zlarni ham
keltirgan, shu sababli ular tikkan Do‘ppi iroqi deb nom olgan).
Har bir do‘ppi o‘zining yaratilish uslubiga ega bo‘lib, ular bir-biridan farq
qiladi. O‘zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega, ular
«Kuloh», «Aroqchin», «Tusdo‘ppi» lardir.
Kuloh - konussimon erkaklar bosh kiyimidir. U asosan darveshlar bosh
kiyimidir. Uning matoxi toq uchburchak parchalaridan bichilib tikiladi. Kuloh
hozir juda kam uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |